So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  5 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

O'FA navbatdan tashqari saylov Kongressi 22 fevral kuni bo'lib o'tadi Yangiliklar

O'FA navbatdan tashqari saylov Kongressi 22 fevral kuni bo'lib o'tadi

O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi o'tkazilishi to'g'risida.

Avval xabar berilganidek, O'zbekiston futbol associaciyasi Ustaviga muvofiq, 2025 yil 22 fevral kuni O'FA prezidentligiga saylov bo'lib o'tadi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni O'FA tomonidan o'z azolariga ushbu lavozimga nomzodlar bo'yicha o'z takliflarini yuborishlarini so'rab murojaat qilingan. O'FA rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgan nomzodlar to'g'risidagi malumotlar O'FA Saylov qo'mitasi tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasi Ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq tekshirilib, O'FA Ustavining 30-moddasiga asosan, Kongressdan 30 kun oldin O'FA Kotibiyatiga taqdim etildi.

O'FA Ustavining 33-moddasiga ko'ra, O'FA azolari navbatdan tashqari saylov Kongressining o'tkazilish joyi va kun tartibi to'g'risida Kongress o'tkazilishidan kamida 10 kun oldin xabardor qilinishi lozim. Shu munosabat bilan, Kongressning o'tkazilish joyi va kun tartibi 2025 yil 12 fevral kuni barcha azolarga etkazilishi belgilangan.

Shuningdek, O'FA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy ro'yxati to'g'risidagi malumotlar matbuotda ham elon qilinishi zarurligi keltirilgan bo'lib, O'FA azolari tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti lavozimiga Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston futbol associaciyasi navbatdan tashqari saylov Kongressi 2025 yilning 22 fevral kuni O'FA binosida bo'lib o'tishi malum qilinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика