So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

O'FA mutaxassislari Toshkent shahri bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida barpo etilayotgan maydonni ko'zdan kechirdi Yangiliklar

O'FA mutaxassislari Toshkent shahri bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida barpo etilayotgan maydonni ko'zdan kechirdi

Teglar :  Ravshan Ermatov
Bilasiz, Osiyo futbol konfederaciyasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi ko'plab sohalardagi hamkorlik yanada rivojlanib, o'zaro ishonch va aloqalar borgan sayin mustahkamlanib bormoqda.

Qita futbol konfederaciyasi bilan hamkorlikda yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, “millionlar o'yini” ommaviyligini oshirishga qaratilgan qator loyiha va dasturlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, OFK ko'magi asosida futbol bilan shug'ullanish uchun bir nechta futbol maydonlari barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Maydonlarning har tomonlama sifatli tarzda qurilishini taminlash, qolaversa joylarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bevosita hududiy futbol akademiyalariga tashrif buyurayotganidan xabaringiz bor.

Mutaxassislar guruhi bu safar O'FA qoshidagi Toshkent shahri bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. U erda akademiya tarbiyalanuvchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Qolaversa, yangi barpo etilayotgan suniy qoplamali maydon qurilish ishlari ko'zdan kechirildi.

“Futbolchining rivojlanishida sifatli maydonlarning ahamiyati ancha yuqori. Yaxshi maydonlar bo'lsa murabbiylar tezkor va bugungi kun futboli talabiga javob beradigan ko'plab yosh futbolchilarni tarbiya qila oladilar. SHu boisdan ham mamlakatimizda barpo etilayotgan har bir maydonning sifatli tarzda qurilishi biz uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi”, - deya takidladi Ravshan Ermatov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика