So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  5 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  9 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

O'FA maydonida “Navro'z festivali” boshlandi Yangiliklar

O'FA maydonida “Navro'z festivali” boshlandi

Teglar :  Navro'z festivali
O'zbekiston futbol associaciyasi tavsiyasiga binoan Toshkent shahar futbol federaciyasi 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Navro'z festivali"ni o'tkazishga kirishdi.

Bundan ko'zlangan maqsad  O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini shakllantirish, uning tarkibiga istedodli futbolchilarni saralab-tanlab olishdan iborat.

Saralab olish masuliyati yaqin o'tmishning taniqli futbolchisi Azamat Abduraimov zimmasiga yuklatilgan. 16 yoshli o'smirlar termasini boshqarishga biriktirilgan Abduraimov boshchiligidagi selekcionerlar guruhi  musobaqa davomida Toshkent, Qashqadaryo va Namangandagi istedodli futbolchilarning xatti-harakatlarini kuzatishadi, xulosa qilishadi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilda shakllanadi, 2019 yili Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Agar saralashdan muvaffaqiyatli o'tsa 2020 yil Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Ushbu qita chempionatida yarim finalga qadar etib borgan o'smirlar terma jamoalariga esa  2021 yilda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatida qatnashish yo'llanmasi beriladi.

Bugun O'FF suniy maydonida ikkita o'yin bo'lib o'tdi:

20 mart.
"Paxtakor" (Toshkent) - "Nasaf" (Qarshi) – 2:1
"Odil Junior" (Namangan) - "Lokomotiv" (Toshkent) – 1:1

22 mart.
"Odil Junior" - "Spartak"
"Bunyodkor" - "Nasaf"

24 mart.
"Paxtakor" - "Odil Junior"
"Lokomotiv" - "Nasaf"

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика