So’nggi yangiliklar

15:56Эшшакнинг меҳнати ҳалол, ўзи ҳаром-ми?  0 14:47Интервью. Миржалол Қосимов: "Жиддий айтганда Жаҳон чемпионатига чиқишга энди тайёр бўлдик, бу натижа ўз-ўзидан келмади"  10 14:16Осиё Кубоги-2027 саралаш. Тожикистонда дуранг, Туркманистонда ғалаба  2 14:15Месси Хамесга Аргентина ва Колумбия ўйини вақтида: "Сен жуда кўп гапиряпсан"  4 14:01Игорь Сергеев: "Йиғлаб юборишимга бир бахя қолди"  20 13:27Сане "Бавария"ни тарк этишга қарор қилди. Вингер "Галатасарой"га ўтишга яқин  0 13:15"Манчестер Сити" 70 млн. еврога ярим ҳимоячи сотиб олди  2 12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  5 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  6 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3

O'FA ishchi guruhi Toshkent viloyatida bo'ldi Yangiliklar

O'FA ishchi guruhi Toshkent viloyatida bo'ldi

Teglar :  O'FA
O'FA ishchi guruhi Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi hududlardagi bolalar-o'smirlar sport maktablarining futbol bo'limlari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan futbol maktablarida mavjud shart-sharoitlarni yaqindan o'rganish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash borasida ish olib bormoqda. 

Respublikamizning barcha viloyatlarida bu boradagi mavjud vaziyatni to'liq o'rganib chiqish maqsadida O'FA mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Mutaxassislar dastlab Toshkent viloyatida bo'lib, bolalar va o'smirlar futbolidagi shart-sharoit, kamchiliklar bilan tanishib chiqishdi. 

Dastlab O'FA ishchi guruh Angren, Ohangaron hamda Olmaliq shaharlarida bo'ldi. SHuningdek, O'rta CHirchiq, Bekobod, Oqqo'rg'on, Nurafshon, Piskentga ham tashrif buyurilib, bolalar-o'smirlar sport maktablari futbol bo'limlarining ish-faoliyati, futbol to'garaklarining zarur inventarlar bilan taminlanganligi, murabbiylarning zamonaviy metodlar asosida mashg'ulotlar olib borayotgani o'rganildi. 

Yangiyo'l tumanida joylashgan viloyatning asosiy futbol maskani bo'lmish Futbol mahorati maktabi faoliyati atroflicha o'rganib chiqildi. 

Malumki, viloyat futbol associaciyalari joylarda mazkur sport turining rivojlanishiga bevosita masul sanaladi. SHu boisdan ishchi guruh Toshkent viloyati futbol associaciyasining bugungi kundagi ish jarayoni, 2020 yilda amalga oshirilishi mo'ljallangan rejalari bilan yaqindan tanishdi. 

Toshkent viloyatida o'zbek futbolida o'z mavqeyiga ega 2 ta professional futbol klub faoliyat olib boradi. Ayni vaqtda AGMK va “Metallurg” klublari yangi mavsumga tayyorgarlik olib borishmoqda. Ushbu klublarning stadionlari yangi mavsumga qay darajada tayyor ekani ham ko'zdan kechirildi. SHuningdek, stadionlarda VAR tizimini joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlarga baho berilib, zarur tavsiyalar berildi. 

Bundan tashqari Bekobodda bolalar futbolini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida “Metallurg” klubining akademiyasi uchun barpo etilgan yangi yotoqxona, ovqatlanish majmuasi hamda maydon ko'zdan kechirildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика