O'FA Futbol bo'yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o'yinlari Toshkentda o'tkazilishini tasdiqladi
19 okt 2021 09:50
Yangiliklar
O'FA Futbol bo'yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o'yinlari Toshkentda o'tkazilishini tasdiqladi
U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhidan o'rin olgan o'yinlar O'zbekiston maydonlarida o'tkaziladi.
Ayrim sabablarga ko'ra, Kuvayt mazkur bosqich uchrashuvlariga mezbonlik qila olmasligi malum bo'ldi. SHu sababli OFK saralash o'yinlarini mamlakatimizda o'tkazilishini tasdiqladi.
Malumot o'rnida, “D” guruhidan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt terma jamoalarini joy olgan. Uchrashuvlar joriy yilning 27 oktyabrdan 2 noyabrga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqaning final bosqichi yurtimizda bo'lib o'tadi, shu sababli vakillarimizning saralash bahslaridagi ishtiroki tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Fikrlar