So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

O'FA Aziz Turg'unboev ishini ko'rib chiqadi Yangiliklar

O'FA Aziz Turg'unboev ishini ko'rib chiqadi

O'tgan mavsumni “Navbahor” safida yakunlagan va ayni vaqtda kimga tegishli ekanligini o'zi ham bilmayotgan Aziz Turg'unboev masalasi atroflicha o'rganib chiqiladi.

Turg'unboevning PFL ro'yxatidan o'tkazilgan va “Navbahor”ga tegishli bo'lgan shartnomasi 2018 yilning noyabr oyi so'ngida o'z kuchini yo'qotgan. “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari o'tgan yilning so'nggi oyida futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkazishga urinib ko'rdi. Biroq transfer oynasi 17 dekabr sanasida ochilishidan kelib chiqib, PFL har ikki tomon shartnomasini ham qabul qilmadi.

SHu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg'unboev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani CHempionlar ligasi uchun ro'yxatdan o'tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo'ygan futbolchi “Navbahor” safida xorij yig'inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo'lladi.

Mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O'FAning “Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita”ga oshirildi. Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlaydi. Unda “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari bosh hamda sport direktorlari, futbolchi Aziz Turg'unboevning o'zi va mazkur masala yuzasidan malumotga ega deya tahmin qilinayotgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.

Professional futbol ligasi mazkur masala yuzasidan malumotlarni, faktlarni jamoatchilikka taqdim qilib boradi. Qolgan futbolchilar va klublar bunday vaziyatga tushib qolmasliklari yo'lida bu muhimdir. 2019 yilgi mavsumdan etiboran PFL shartnomalar masalasiga jiddiy etibor qaratmoqda. Tashkilot futbol klublari bilan shu yo'lda ishlash va shartnomalarni hurmat qilishi yuzasidan ishlarni allaqachon boshlagan.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика