So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

"Odil Junior" hafta ichida: Ilk xalqaro medal va Italiya bilan yangi shartnoma! Yangiliklar

"Odil Junior" hafta ichida: Ilk xalqaro medal va Italiya bilan yangi shartnoma!

Faoliyat boshlaganiga endigina 2 yil bo'lgan "Odil Junior" jamoasi qisqa fursat ichida bolalar futbolida o'z o'rniga ega bo'lib borayapti.

"Karpi" FA bilan yangi shartnoma

2017 yil noyabr oyida Italiyaning "Karpi" futbol akademiyasi bilan 1 yillik shartnoma tuzgan "Odil Junior" jamoasi, Evropa metodikasi asosida o'z mashg'ulotlarini olib bordi. 2018 yil yoz faslida Toshkentga 2 nafar italiyalik mutaxassislar kelishdi. 2019 yil fevralida esa huddi shunday tadbir Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etildi. 2019 yilning may oyida 4 nafar futbolchi o'z mahoratlarini ko'rsatish uchun "Karpi" akademiyasi bazasida 1 hafta davomida mashg'ulotlarda ishtirok etadilar. Asosiy maqsad Italiya A va B seriyasining U-19 ligasiga futbolchi etkazib berish. Mazkur ishlar davomiy bo'lishi uchun italiyaliklar bilan 1 aprel kuni yangi shartnomaga imzo chekildi.

Yangi shartnoma bir qator yangi bandlarni o'z ichiga oldi. Unga ko'ra 2019 yil yoz faslida 2 oy muddatga Italiyadan murabbiy keladi va "Odil Junior"ning barcha yosh toifasi vakillari bilan mashg'ulotlarda ishtirok etadi. Mashg'ulot yakunlariga ko'ra 2007 yilda tavallud topgan 4 nafar istedodli futbolchini tanlab oladi va ular 2020 yilda Italiyadan ko'rikdan o'tadilar. 2020 yil esa navbat 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilarga keladi. Sababi "Karpi" futbol akademiyasi 14 yoshdangina futbolchilarni yotoq bilan taminlaydi. Agarda 4 nafar 2006 yilda tug'ilgan futbolchilarimizdan biri ularga maqul keladigan bo'lsa, 2020 yil akademiyaga tahsil olgani kiradi. Albatta buni o'ziga xos hujjatli ishlari ham mavjud.


"Odil Junior" jamoasining telegramdagi rasmiy sahifasi 


Xalqaro arenadagi ilk medal 

"Odil Junior" jamoasining sport direktori Dilshod Nuraliev boshchiligida tarbiya topayotgan 2009 yilda tavallud topgan futbolchilarimizning ilk xorijiy musobaqasi omadli yakunlandi. Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tgan "Dagomys Cup" musobaqasida 3-o'rin uchun kechgan bahsda jamoamiz "Metallurg" (Lipeck) jamoasini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib musobaqaning faxrli uchinchi o'rinini qo'lga kiritdilar. Jamoamiz turnir davomida jami 5ta o'yinda ishtirok etdilar.

Natijalar: 

1-tur. "Odil Junior" - "Metallurg" 0:1

2-tur. "Odil Junior" - Perm jamoasi 6:1

3-tur. "Odil Junior" - "Kolomyagi" 3:0

1/4 final. Mognitogorsk jamoasi - "Odil Junior" 3:9

1/2 final. "Metallurg-A" - "Odil Junior" 4:2

3-o'rin uchun. "Odil Junior" - "Metallurg" 3:0



Toshkentda jajji bolajonlar uchun yangi musobaqa

2011 va 2012 yillarda tavallud topgan jamoalar ishtirokida poytaxtda yangi musobaqa yo'lga qo'yildi. Unda "Odil Junior"ning ikkita jamoasi o'z ishtiroklarini boshladilar. Yakshanba kuni bo'lib o'tgan bahslarda bizga "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilari qarshi maydonga chiqdilar. 2011 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz g'alaba qozongan bo'lsalar, 2012 yil vakillari kichik farq bilan mag'lubiyatga uchradilar.


Toshkent shahar chempionati

14 aprel kuni Toshkent shahar chempionati start oladi. Unda Leonid Koshelev va Jahongir Usmonov 2006 yillarda tavallud topgan jamoalarni musobaqaga qo'yadilar. Zayniddin Tojiev boshqaruvidagi 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilarimiz bir vaqtning o'zida 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etadilar. 2008 yilda tavallud topgan jamoaning "B" tarkibida 2009 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz ham chempionatga qo'shiladilar. SHuningdek 2007 yilda tug'ilgan futbolchilarimizning istedodli futbolchilari 2006 yillar musobaqasiga ro'yhatdan o'tkazildi.

Odil Ahmedov va klub vakillari bilan kelishilgan holda 2019 yilgi mavsumda hech bir jamoamizga natija qo'yilmaydi. Jamoamiz Evropa metodikasini to'liq o'zlashtirib olmaguniga qadar xato va kamchiliklar ustida ishlashimiz kerak bo'ladi.



Namanganda nima gap? 

To'raqo'rg'ondagi "Odil Junior" jamoasining ham ishlari yaxshi ketayapti. 3 nafar tajribali murabbiylar, Alisher Mahmudov, Nuriddin Akbarov, Muzaffar Xoliqov faoliyat olib borayaptilar. Ko'rib turganingizdek, To'raqo'rg'ondagi "Odil Junior"ning ham maqsadlari jiddiy, shuning uchun o'z paytida yuqori saviyada to'p tepgan futbolchilar hozirda murabbiy sifatida faoliyat olib borayaptilar. 2008 yilda tug'ilgan ajoyib darvozabon, 2006, 2007 va 2009 yilda tavallud topgan 6 nafar istedoli futbolchilar ham Toshkent shahar chempionati ro'yhatidan o'tdilar. Bugun SHerzod Jo'raev boshchiligida 2004 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz Toshkentga tashrif buyuradilar va 3ta o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadilar. Rejaga ko'ra aynan shu tarkib oradan 3 yil o'tib "Navbahor" jamoasining o'rinbosarlar tarkibining asosiy o'yinchilari bo'lishlari kerak. SHuningdek, 2005 yilda tarbiya topayotgan istedodli himoyachimiz "Lokomotiv" jamoasi safini to'ldirishi kutilmoqda. Asosiy maqsad, futbolchilarni Namanganda saralab, poytaxtda malakasini oshirib, ularni keyingi faoliyatini xorij yoki vodiyda davom ettirishlariga hissa qo'shish.

2020 yil To'raqo'rg'onda barcha sharoitlarga ega standart tabiiy maydon akademiyamizga xizmat ko'rsatishni boshlaydi. SHundan keyin ish sifati ham ancha oshishi kutilayapti. Yana bir vazifalardan biri Namangan viloyatini vodiy futbol markazi sifatida yuqori cho'qqiga olib chiqish.

"Odil Junior" matbuot xizmati

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика