So’nggi yangiliklar

22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  3 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  63 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9

"Odil Junior" futbolchisi Italiyaga boradi Yangiliklar

"Odil Junior" futbolchisi Italiyaga boradi

SHu kunlarda Italiyaning "Karpi" futbol akademiyasining ikki nafar murabbiyi - Yakopo Kiaramoni bilan Adriano CHesarini ish yuzasidan yurtimizda mehmon bo'lib turishibdi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad, "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasida "Odil Junior" futbolchilarini kuzatish edi. Har ikkala murabbiy "Milliy" stadion hududidagi maydonda o'tkazilgan musobaqani diqqat bilan kuzatib borishdi va 2006-2007 yilda tug'ilgan futbolchilar turniri yakuniga etgach, "Odil Junior"ning Italiyaga qaysi futbolchisini taklif qilishlarini aytishdi.

Gap shundaki, "Odil Junior" hamda "Karpi" futbol akademiyasi o'rtasida bir yillik memorandum imzolangan bo'lib, unga ko'ra o'tgan yil "Odil Junior"ning 2008 yilda tug'ilgan futbolchilari Italiyaga borib beshta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib qaytishgandi. Endi navbat italyanlarning yurtimizga kelishlariga etib keldi va ikki nafar murabbiy 13 avgust kuni Milandan Toshkent sari parvoz qilishdi.

Har ikkala tomon o'zaro imzolagan memorandum ko'ra, "Odil Junior" bolalar futbol maktabining ikki nafar tarbiyalanuvchisi yil so'nggida yoki keyingi yil boshida Italiyaga yo'l olishi belgilab qo'yilgan. Bolakaylar "Karpi" futbol akademiyasiga borib o'z mahoratlarini oshirib qaytishadi.

Yakopo Kiaramoni bilan Adriano CHesarini Toshkentda o'tkazilgan musobaqani kuzatib, "Odil Junior"ning 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchisi 4-raqamli o'yinchi Danil Panfyorovni "Karpi" futbol akademiyasi rahbariyatiga tavsiya qilishlarini malum qilishdi. Ertadan 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasi start oladi. SHuningdek, bir hafta mobaynida mashg'ulotlar ham o'tkaziladi. Ana shundan so'ng italiyalik murabbiylar "Karpi"ga ketadigan ikkinchi yosh o'yinchini tanlab olishadi.

SHuni aytib o'tish joiz, Italiyaga borib keladigan omadli ikki nafar bolaning barcha sarf-xarajati "Tudor" savdo belgisi tomonidan qoplanadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика