So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Odil Hamrobekov: “Murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman” Yangiliklar

Odil Hamrobekov: “Murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman”

“Nasaf”-“Traktorsozi” (2:1) uchrashuvida jamoamiz futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, 18 yoshli Odil HAMROBEKOV 90 daqiqa maydonda harakat qilib, stadionga yig'ilgan minglab muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
Etiborli tomoni u Osiyo chempionlari ligasi musobaqasida debyut o'yinini o'tkazayotganiga qaramay, maydonda o'ta ishonchli harakat qildi. O'yindan keyin “Nasaf” ustozi bu futbolchining harakatlari haqida alohida to'xtalib o'tdi. Hamrobekov klub rasmiy veb-saytiga o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- OCHL bahslarida oddiy raqib bo'lmasligini barcha biladi. O'yin oldin raqibimiz ishtirokidagi o'yinlarni jiddiy o'rganib, murabbiy barchamizga kerakli ko'rsatmalarni bergan edi. Ochig'i, asosiy tarkibda tushganimdan judayam xursand bo'ldim va murabbiyimiz ko'rsatmalarini bekamu ko'st bajarishga urindim. Vazifam – raqib hujumini maydon markaziga yaqin joyda “buzish” edi.  To'g'ri, birinchi bo'limda unchalik o'yinmiz qovushmadi. Mavsumning birinchi rasmiy o'yini, qolaversa bir kun oldin yoqqan yog'ingarchilik tufayli maydonning holatiyam bizni biroz ehtiyotkorlikka undadi. Ammo ikkinchi bo'limdagi ikkita tezkor gol bizga katta madad bo'ldi. SHu bois ikkinchi 45 daqiqalikda ko'proq jamoa hujumlariga ham qatnashib turdim.

 
-Raqibning etakchi o'yinchisi Eron milliy terma jamoasi azosi Adrianik Teymuryan bilan maydonda bir necha marotaba to'qnash keldinglar. U haqda qanday fikrdasiz?

 
-Ilgari o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionatida qatnashgan bo'lsamda, OCHL bu umuman boshqa saviyadagi turnir ekanligiga bevosita guvoh bo'ldim. To'g'ri, o'yin davomida ko'p marta “Traktorsozi” etakchisiga qarshi kurash olib bordim. Bu kabi tajribali futbolchilarga qarshi o'yinlar men uchun maktab vazifasini o'tab beradi. Bu kabi o'yinlarda jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlashi men uchun muhim. Kechagi uyinda ular bu borada menga katta yordam berishdi.  Buning uchun barchaga rahmat deyman. Nasib etsa keyingi o'yinlarda ham murabbiyimiz ishonchini oqlash uchun harakat qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика