So’nggi yangiliklar

20:55Месси навбатдаги ўйинларда ўйнайдими? Мартино жавоб берди  0 20:40Суперлига. "Пахтакор" — "Нефтчи" 0:0 (матнли трансляция)   52 20:32Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" 1:1  0 20:17Суперлига. "Сўғдиёна" қўшиб берилган дақиқада урган голи эвазига "Қизилқум" майдонидаги мағлубиятдан қутулиб қолди  4 20:12Футзал. ЖЧ 1-тури дисквалификациялари  0 19:50"Манчестер Сити" етакчиси АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  0 19:16"Барселона" ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  1 18:51ЖЧ чемпиони "Ҳумо Арена"да машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 18:13"Ҳумо Арена" ёнидаги кўчаларда транспорт ҳаракати чекланади  2 17:48Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Насаф" 3, "Сўғдиёна" ва "Металлург" 2 нафардан йўқотишга эга  1 17:39Суперлига. "Қизилқум" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 17:19Афсус(лар) билан бошланаётган ЖЧ  6 16:48Жозе Моуринью: "Терма жамоа билан ишлаш менга бахт келтирмайди"  1 16:20"Милан" собиқ футболчиси жамоанинг мавсумдаги дастлабки ўйинлари ҳақида тўхталди  0 15:54"Насаф" президенти ва бош мураббийи жамоа мухлислари билан учрашди  6

Odil, Anzur, Sardor, Ignatiy! Oz qolayapti, juda ham oz... Yangiliklar

Odil, Anzur, Sardor, Ignatiy! Oz qolayapti, juda ham oz...

4 yillikning muhim musobaqasiga ham juda oz fursat qoldi. Bugun taqvim 29.12.2018 sanasini ko'rsatib turibdi. 08.01.2019 yil esa shu paytda biz O'zbekiston - Ummon terma jamoalari o'rtasida boshlanadigan o'yinga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lamiz, xudo xohlasa!

Bu kunlar ham tez o'tadi. Men esa Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasini etakchilari va o'zim ishonayotgan futbolchilar haqida qisqacha to'xtalib o'tishni istadim.

Odil Ahmedov (yarim himoyachi, sardor). SHubhasiz, Odil terma jamoamizning etakchisi. Uni o'yini chiqishi, terma jamoaning natijasiga bevosita tasir qiladi. Lekin to'p unda ekanligida, hujumchi va qanot yarimhi moyachilarimiz ham o'z poziciyalarini to'g'ri tanlay olishlari kerak bo'ladi. So'nggi o'yinlarda Odilni bir deganda tushunadigan Geynrix, Jeparov, Haydarov kabi futbolchilarning yo'qligi ko'rinib qoldi. Bugungi avlod shu vazifani uddala olsalar, Ahmedov o'zining zargarona "pas"lari bilan futbolchilarimizni hujumga boshlashi mumkin bo'ladi. Sardorimizdan bu qita chempionatida nafaqat maydondagi futbolchi, balki uning atrofidagi etakchi sifatida ham umidimiz katta. Aynan u Nesterov va Ismoilov bilan birgalikda futbolchilarimizni o'yindan oldin ruhiyatiga ijobiy tomonlama tasir o'tkazishi kerak bo'ladi.

Ignatiy Nesterov (darvozabon). Kiperimiz uchun bu musobaqa beshinchisi. Nesterov Osiyo Kubogini ikir chikirigacha biladigan o'yinchi. Bu bilan u Osiyoda ham o'z o'rniga ega. Ignatiyning eng katta ustunligi, maydonning o'z yarmida murabbiyligi. U tinmay ko'rsatma berib tura olishi bilan ham yillar davomida murabbiylarning ishonchiga kirgan. Bu Osiyo Kubogida uni jarohat olishga haqqi yo'q. Terma jamoa qaergacha borishidan qatiy nazar, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Nesterov Yaponiya bilan bo'lib o'tadigan o'yinda, nasib qilib guruhdan chiqqanimizdan keyin 1/8 finalda o'zini ko'rsatib bersa qolgani "ochilib" ketadi!


Sardor Rashidov (yarim himoyachi). Bilmadim, nima uchundir shu o'yinchiga ishonayapman. Yilni zaxirada o'tkazib yuborgan bo'lsada, Sardor mana shunday musobaqalarda yordam berishini ko'ngil aytayapti. Buni Osiyo Kubogi-2015dan kelib chiqib yozmayapman. Sardor uchun bu so'nggi imkoniyat. Uni terma jamoaga kirishini hammadan ko'ra biz istagan bo'lsak kerak. Sardor Rashidovning keyingi taqdiri qanday kechishi mana shu musobaqaga bevosita bog'liq. Juda ko'p murabbiylar uni himoyaga qaytmasligidan noliydilar. U o'zi shunaqa, noziktab futbolchi. Undan to'g'ri foydalana olishni bilish kerak. Buni faqat Qosimovgina uddalay oldi shu kungacha. Lekin 24 yoshli Sardor bilan, 28 yoshli Sardorni o'rtasida farq bo'lishi kerak. Ummon terma jamoasi, aynan Rashidov maydonga tushib gol urishi mumkin bo'lgan jamoa!

Anzur Ismoilov (himoyachi). Anzur eng kamgap futbolchilarimizdan biri. Uni taniganimga 15 yilga yaqin vaqt bo'ldi. Aziz Haydarov - Odil Ahmedov - Anzur Ismoilov ketma-ketligi bu musobaqada buzildi. Aziz tarkibda yo'q. O'z paytida Ahmedov Haydarovga, Haydarov esa Ismoilovga suyanardi. Bir chiziqda (uzunasiga) saflangan yigitlar edi. Endi Odil va Anzur o'rtasida SHukurovni ko'rishimiz mumkin bo'ladi yoki boshqa Osiyo Kubogini ko'rmagan futbolchini. SHuning uchun ham Anzurga bu safar juda katta masuliyat tushadi. U so'nggi nuqta postida Nesterov uchun qalqon. Uni bu safar xato qilishga haqqi bo'lmaydi. Anzur o'z vazifasini himoyadagi sheriklari bilan maromiga etkaza olishi terma jamoaning guruhdagi o'yinlarida juda katta rol o'ynaydi.

Ikrom Aliboev (yarim himoyachi). Bu boladan ham umidim katta. Unda Ahmedovni Osiyoga tanitgan Osiyo Kubogi-2011dagi o'yinini kutayapman. "Lokomotiv" unga ko'p narsa berdi. O'yin amaliyoti, chempionlik xarakteri, g'oliblik ruhini. Buyog'i o'ziga qoldi. Haqiqiy jaydari, haqiqatga tik boqa olishi bilan o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan futbolchi. 2019 yil 25 yoshni qarshi oladigan yarim himoyachining keyingi faoliyati Koreyada davom etadi. U erga qahramon sifatida kirib borish uchun barchasi o'z qo'lida. Aynan shu futbolchida Ahmedovning yoshligini ko'rish mumkin.

Eldor SHomurodov (hujumchi). Eldordan murabbiylar noto'g'ri foydalanib kelayaptilar. Uni sof hujumchi sifatida o'ynatadigan payt keldi. Kuchli zarbasi bor. To'rt yillikning muhim musobaqasi uning taqdirini ham o'zgartirib yuborishi mumkin. "Rostov"ning to'laqonli asosiy tarkib azosiga aylanishi yoki boshqa biron rus klubiga o'tishi uchun ham bu musobaqa uning uchun juda ham kerak. Terma jamoamizning kelajagi ekanligini isbotlay olishi uchun guruh o'yinlarini o'zida kamida ikkita gol urishi kerak bo'lgan futbolchi, mening nazdimda aynan Eldor!

Odil Hamrobekov (yarim himoyachi). "Nasaf" futbolchisi kelajakda O'zbekiston milliy terma jamoasining etakchisi bo'la oladimi? BAA yashil maydonlari bunga to'liq javob beradi. SHunday ekan barchasi Odilning o'z qo'lida. Ham o'z taqdirini, ham MTJ taqdiri yo'lida bor etiborini, ruhiyatini musobaqa yo'lida birlashtira oliishi kerak. Bu futbol, bunday chetda qarasa undan oson o'yin yo'q, lekin juda qiyin o'yin. Hamrobekovda esa buning imkoniyati yo'q emas. "Nasaf"ning etakchisi bo'la olgan futbolchi, albatta MTJ yo'lidagi jiddiy qadamni tashlay olishiga ishonish kerak.

Yuqorida men sanab o'tgan futbolchilardan tashqari qolgan o'yinchilarimizdan ham umidlarimiz katta. Sizlarni futbolga befarq bo'lmagan barcha kuzatadi. Sayt o'quvchilaridan tortib, jurnalistlarigacha Osiyo Kubogida faqat va faqat Sizlarni qo'llab-quvvatlaydi, ha aynan MTJ azolarini! Saytimiz o'quvchilarini ham guruhdagi o'yinlar yakuniga etmaguniga qadar futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashlarini so'raymiz!

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика