Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi "Flamengo"ga o'tmoqda
27 iyu 2022 09:54
Yangiliklar


Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi "Flamengo"ga o'tmoqda
"SHanxay SIPG"ning braziliyalik futbolchisi Oskar faoliyatini o'z vatanida - "Flamengo"da davom ettiradi.
Malumotlarga ko'ra, braziliyaliklar Oskarning narxi bo'yicha "SHanxay SIPG" bilan yakuniy kelishuvga erishishlari lozim. Qolgan barcha masalalar hal qilib bo'lingan.
Oskarga shuningdek Braziliyaning boshqa klublari - "San-Paulo" va "Internasonal" tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Oskar "SHanxay SIPG"da O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, bugungi kunda O'FA vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Odil Ahmedov bilan to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar