So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  8 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

Odil Ahmedov: "Xitoyga o'tish ortga tashlangan qadam emas" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Xitoyga o'tish ortga tashlangan qadam emas"

"Krasnodar" sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov "SHanxay SIPG" klubiga o'tishi haqida gapirib berdi.

"Menda Xitoy klublari bilan birga, Evropadan ham takliflar bor edi. Biroq, barchasini o'ylab ko'rdim va shu qarorga keldim. Sababi Xitoyga o'tish "Krasnodar"ga maksimal foyda keltirardi. Xitoy chempionatiga o'tish ortga tashlangan qadam deb o'ylamayman, sababi hozir bu chempionatda jahonning eng kuchli futbolchilari o'ynashmoqda va eng kuchli murabbiylari ishlashmoqda. Qaror qabul qilishdan oldin Villash-Boash bilan gaplashib oldim. U jamoadagi vaziyat haqida gapirdi, mening jamoadagi rolimni aytib berdi, shundan keyin o'tishga qaror qildim", - deydi Ahmedov.

"Mening transferim terma jamoaga foydali bo'ladi, sababi meni terma jamoa ustozlari kuzatib borishadi", - deydi futbolchi.




"Afsuski, jamoa bilan xayrlasha olmadim, sababi tatil boshlanishi bilan uchib ketgandim. SHartnomaga qo'l qo'yishdan oldin Sergey Galickiyga qo'ng'iroq qildim, bir birimizga omad tiladik. Sergey Nikolaevich kabi insonlar Rossiya futboliga juda kerak, sababi u mamlakat futboliga ko'p ishlar qilmoqda. Unga jamoa bilan birga Rossiya chempioni bo'lishini tilayman, zero u bunga haqli", - deydi Ahmedov.

Ahmedov "Krasnodar"ga 2014 yilda "Anji"dan ko'chib o'tgandi. Bu klub safida hamyurtimiz 101ta o'yinda maydonga tushib 7ta gol urdi va 13ta golli pas oshirdi. Klub tarkibida Rossiya chempionati bronza medali sohibiga aylandi va Rossiya Kubogi finaliga chiqdi. 2014/15 yilgi mavsumda "Krasnodar"ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика