Odil Ahmedov: "Xalk menga yordam beryapti"
13 jan 2017 10:50
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "Xalk menga yordam beryapti"
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov "SHanxay SIPG"da til bilan kichik muammolar borligini aytdi.
"Andre Villash-Boash kuchli murabbiy, u "SHanxay SIPG" bosh murabbiyiga aylanganidan so'ng, meni jamoasida ko'rishni istadi. U Rossiya chempionatida yaxshi ishladi" - deydi Odil Ahmedov.
Portugal va Xitoy tillarida gaplashadigan futbolchilar bilan muloqotda biroz muammolar bo'ldi, ammo Ahmedovning so'zlariga ko'ra, u o'zini yolg'iz his qilmagan.
"Endi futbol terminlari tarjimasini yaxshiroq bilim oldim. Hozirgi jamoadoshlarim Vu Ley va Yan Juling bilan milliy jamoadagi o'yinlarda tanishganman. Xalk bilan esa bitta chempionatda o'ynaganmiz. Ular menga yordam berishmoqda", - deydi Odil Ahmedov "SHanxay SIPG" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
16:40
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Filippin bilan jangovar durang qayd etdi 5
Fikrlar