So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  2 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Odil Ahmedov va uning akademiyasi "Football Group" agentligi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Odil Ahmedov va uning akademiyasi "Football Group" agentligi bilan shartnoma imzoladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Germaniya va O'zbekiston hamkorligida tashkil topgan "Football Group" agentligi bilan shartnoma imzoladi.

Unga ko'ra agentlik futbolchining keyingi faoliyati bilan shug'ullanadi. SHu bilan bir qatorda "Odil Ahmedov" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga Evropa eshiklarini ochish ustida ish olib boradi. Undan tashqari agentlik, boshqa jamoa futbolchilari bilan ham ishlaydi.


Kompaniya, Ahmedov bilan "Krasnodar"da birga faoliyat olib borgan Marat Izmaylov bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. "Sporting" va "Portu"dagi o'yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan Izmaylov ayni paytda Portugaliyada istiqomat qiladi va u agentlik mijozlarini aynan Portugaliya bozori orqali katta futbolga olib kirmoqchi.



"Men futbolda juda ko'plab do'stlar ortirdim va barcha aloqalarimni "Football Group" agentligiga topshirdim. Ular orasida Marat Izmaylov va uning agentlari ham bor. Undan tashqari, ustozim Villash Boash bilan ham tanishtiraman. O'ylaymanki, u yosh o'zbekistonlik istedod egalariga menga bergan imkoniyatini beradi. Yaqinda men bilan ancha yil birga to'p tepgan Xalk ham Evropadan klub sotib olish niyatini bildirdi va unga tarbiyalanuvchilarimiz ko'pligini aytib qo'ydim. EtoO, Roberto Karlos va Rossiya premer ligasida faoliyat olib borayotgan sobiq hamkasblarim bilan ham aloqalar saqlanib qolgan. Ularning yordamida futbolchilarimizni Evropaga chiqib ketishini chin dildan istayman. Yana, vodiyda shug'ullanayotgan bolalarni legioner saviyasiga chiqishlarida va chet el jamoalarida to'p tepib ketishlari ustida ish olib borishni niyat qilganmiz", - deydi Odil Ahmedov.


Odil Ahmedovning keyingi faoliyati, akademiyasining faoliyati va uning yangi qurilishi kutilayotgan bazasi, O'zbekiston terma jamoasi haqida katta video intervyuni tez kunlarda tomosha qilasiz.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика