So’nggi yangiliklar

08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  0 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  3 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1

Odil Ahmedov, To'labek Akramov, Bahodir Mirzaev va Diyor Imomxo'jaev. PFL Ijroiya qo'mitasi mavsum oldidan yig'ilish o'tkazdi Yangiliklar

Odil Ahmedov, To'labek Akramov, Bahodir Mirzaev va Diyor Imomxo'jaev. PFL Ijroiya qo'mitasi mavsum oldidan yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo'mitasining 2024 yilgi rejalar yuzasidan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ijroiya qo'mitaning 9 nafar azosidan uch nafari yig'ilishda ishtirok etmadi. Qo'mitaning yagona bo'lgan ayol azosi Aziza Tatlimuratova Osiyo futbol konfederaciyasida ish boshladi. SHundan kelib chiqib, uning qo'mitadan chiqishi maqullandi. Turon klubi sobiq prezidenti Olimxon Ahmedov esa Liga bilan iliq aloqalarini saqlab qolishini malum qilib, o'zining Ijroiya qo'mitadan chiqarilishini so'radi. Qo'mita ularning o'rnini qanday to'ldirish masalasida kelishib oldi.

Associaciya vice-prezidenti Odil Ahmedov, Liga bosh direktori Diyor Imomxo'jaev, qo'mita azosi va bir vaqtning o'zida kotibi Oybek Ibrohimxonov, "Lokomotiv", OKMK, "Nasaf" klublari rahbarlari To'labek Akramov, Bahodir Mirzaev hamda Alisher Yusupov yig'ilishda ishtirok etdi, kvorum jam bo'ldi. Xorazm klubi rahbari Maqsud Karimov uzrli sabab bilan yig'ilishda ishtirok eta olmadi.

Yig'ilishda 2024 yilgi rejalar hamda 2025 yilgi mavsumga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi. Liga rahbari qo'mita azolariga 2023 yilgi mavsum yuzasidan moliyaviy hisobot topshirdi. Hisobotda Liga daromadlari qanday ko'rinishda bo'lgani va ular qanday sarf etilgani yuzasidan malumot berildi.

Qo'mita 2024 yilgi mavsum bo'yicha qator masalalarni ko'rib chiqdi hamda qarorlar qabul qildi. Jumladan, 2024 yilgi mavsum uchun qatnashchilik badali miqdori qatorasiga to'rtinchi yil o'zgarishsiz qoldi. Mavjud inflyaciya hisobiga u yildan-yilga kamayib borayotgani etirof etildi. SHuningdek, xorijlik futbolchi va mutaxassis uchun to'lov miqdori ham o'zgarmadi.

Qo'mita ko'rib chiqqan va jamoatchilikka oshkor etilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan Liga rasmiy sayti orqali malumot berib boriladi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика