So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Odil Ahmedov: "Sovrinni MTJning ashaddiy muxlislariga bag'ishlayman" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Sovrinni MTJning ashaddiy muxlislariga bag'ishlayman"

Bugun Odil Ahmedov o'z faoliyatida uchinchi marta "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.
Ushbu unvon munosabati bilan biz "Krasnodar" sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz bilan bog'landik.

"Juda ham xursandman. futbol bu jamoaviy o'yin, shunday ekan MTJ va "Krasnodar" futbolchilarisiz bu unvonni qo'lga kiritmagan bo'lardim. Bu sovrin barchamizniki va men uni O'zbekiston milliy terma jamoasining ashaddiy muxlislariga bag'ishlayman. Jurnalistlarning ovozi menga yanada masuliyat yuklaydi. SHuning uchun yangi boshlanayotgan mavsumda, barcha harakatlarim sizlar uchun bo'ladi. Barchangizga rahmat!", - deydi Odil Ahmedov.

"2014 yilgi mavsum yanada yaxshiroq o'tishi mumkin edimi?" degan savolga vice sardorimiz shunday javob qaytardi:
-  Afsuski, Evropa ligasida keyingi bosqichga chiqa olmadik, shundan biroz qoniqish xosil qilmadim. Afsuski, "Anji"dagi ishlarimizni muvaffaqiyatli yakunlay olmadik. 2014 yilni yaxshi boshlaganimiz bilan poezd ketib bo'lgandi. "Krasnodar" men istagan jamoa edi, bu klubga o'tib, Evropa ligasidagi o'yinlarni davom ettirdim, juda yaxshi turnir.

Odil Ahmedov yil futbolchisi bo'lishda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Unga qadar Pavel Bugalo va Server Jeparov ikki marta "Eng yaxshi" bo'lgandi. Mirjalol Qosimov va tug'ma to'purar Maksim SHackix hisobida esa to'rttadan sovrin bor. Keyingi yillar davomida Ahmedov ham shu ro'yxatdan joy olishi mumkin.

"Siz sanab o'tgan futbolchilarning barchasi o'zbek futbolining tirik afsonalari. Mirjalol Qosimovdan boshqa o'yinchilar bilan bir jamoada to'p tepdim. Hammasi yaxshi insonlar. Ularning qatoridan joy olish men uchun sharaf. Lekin muhimi, sovrin emas, muhimi muxlislarga yoqadigan o'yin qilishimiz" - deydi Ahmedov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика