So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Odil Ahmedov Rauf Inileevni vodiy futboli ravnaqi yo'lida Namanganga taklif etdi Yangiliklar

Odil Ahmedov Rauf Inileevni vodiy futboli ravnaqi yo'lida Namanganga taklif etdi

Vodiyda bolalar futboliga katta ahamiyat qarata boshlagan Odil Ahmedov yoshligidagi ustozi Rauf Inileevni Namanganga taklif etdi.

Inileev Namangandagi sport kollejda murabbiylarining malakasini nazorat qiladi va ularga o'z bilimlarini berib borish bilan bir qatorda 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan faoliyat olib boradi. 

SHuningdek, Rauf Talgatovich sentyabr oyida vodiyda start oladigan chempionlar ligasi musobaqasining rahbari bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, Odil Ahmedov aynan Rauf Inileev qo'l ostida O'zbekiston milliy terma jamoasida o'zining debyut uchrashuvini o'tkazgan edi. O'shanda Odil Xitoy Taypeyi terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan.

"Mendan doim so'rashadi, qaerdagi ishim o'zimga ko'proq yoqqanini. Har safar javobim bir - internatdagi faoliyatim! 80-yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi faoliyatimni yorqin xotiralar bilan eslayman. Mening sinfimdan keyinchalik MTJda o'ynaganlardan Irismetov, Pirmatov, Nazarov kabi yorqin futbolchilarni ko'rsatishim mumkin. 18 nafar shogirdimdan 12 nafari oliy ligada faoliyat olib bordi. Bu - mening yutug'im. Oldimda 2-3ta ish turgan bo'lsa-da, o'ylab o'tirmay Ahmedovning taklifini qabul qildim. Yana bir bor bolalar futbolida faoliyat olib borib rohat olmoqchiman. Vodiy futbolining ravnaqiga o'zimning oz bo'lsa-da hissamni qo'shsam xursand bo'lardim", - deydi 2007 yil "Osiyoning eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan Rauf Inileev.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика