So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Odil Ahmedov: Namanganga atalgan rejalarim katta Yangiliklar

Odil Ahmedov: Namanganga atalgan rejalarim katta

So'nggi marotaba Odil Ahmedov bilan suhbat qurganimizga ham 5 oydan oshibdi. Demak, bu futbolchini SAga bergan ilk intervyusi bo'ldi.
Ahmedov bilan asosan uch mavzu, Anji, MTJ va oliy ligamizni bugungi holati bo'yicha gaplashdik.


- "Anji"da bo'lib o'tgan so'nggi hodisalardan so'ng kayfiyatingiz tushganini ko'rdik. Xayriyat-ki, muhim o'yinimiz oldidan "Anji"ning ishlari o'z joyiga tushdi va Sizda ham o'zgarish bo'ldi...
- Haqiqatdan ham hozir hammasi joyiga tushib ketdi. Buni rahbarimiz Sulaymon Karimov ham tushunib etdi, chunki haddan tashqari yulduzlarni ko'payib ketishi natijasida jamoa buzilib ketgandi. Asosiy tarkibda o'ynab turish har doim yaxshi bo'lgan va hozir kayfiyatim ham, o'yin amaliyotim ham joyida.

- Ko'pchilik uchun qiziq savol, Sulaymon Kerimov jamoada kim sotilsa, sotilsin dedi-yu, ammo sizga kelganda transferingizni to'sib qo'ydi. Hattoki, yarim jamoa bo'lgan Gabulovni ham ushlab qolmadi?
- To'g'risini aytsam bu men uchun juda katta manaviy qo'llab-quvvatlash bo'ldi. Bir tomondan o'zim uchun yoqimli bo'ldi. Sotmaganidan xursand ham bo'ldim. Hamma erda ishonch katta rol o'ynaydi, menga shunchalik ishongan ekan, ularni ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- "Anji"da yoppasiga sotilish boshlanganida, Sizga "SHaxtyor", "Lokomotiv", "Dinamo" (Moskva) klublaridan jiddiy taklif tushdi. Muhit o'zgartirish haqida o'yladingizmi?
- Bunday fikr ham bo'ldi. Lekin kamida 2 yil yana Rossiyada to'p surishni rejalashtirayotgan edim. CHunki bugungi kunda premer-liga ancha oldinga qarab ketyapti.

- Villian gapingizga isbot bo'la oladi. Avvallari Rossiyaga yulduzlar pul ishlash uchun kelishayotgandi, endi Rossiya orqali kuchli beshlikka yo'l olishmoqda.
- Haqiqatdan ham bu o'z isbotini topib boryapti. Bugungi kunda ichki chempionatga katta etibor qaratilyapti. Ukrainada 4ta yaxshi jamoa bo'lsa, Rossiyaning har bir jamoasi katta kuchga ega. Kelayotgan legionerlarning saviyasi ham oshib ketgan. Yaxshi legioner futbol saviyasini o'stirishga zamin yaratadi. Menga rahbariyat, agar davralar oralig'ida yoki mavsum yakuniga etganidan keyin Evropadan jiddiy taklif tushsa qo'yib yuborishga vada bergan.

- "Anji" misolida yana bir bor amin bo'ldik, futbolda guruhbozlik mavjud. Balki Sizga Afrika va braziliyaliklarga qarshi xarakter borasida qattiqo'llik etishmagandir?
- Bazan shunday bo'ladi-ki, hatto bosh murabbiy ham hech nima qila olmaydi. Bu eng yomoni. Siz o'yingacha jiddiy shug'ullanasiz, mehnat qilasiz, ammo o'yin kuni zaxirada qolasiz. Bu har qanday futbolchiga psixologik jihatdan og'ir botadi. Harchand ulardan ustunligingizni ko'rsatmang, zaxirada qolish alamli. To'g'ri, natija uchun murabbiy javob beradi. Ammo guruhbozlik orqali uning ishini yo'qqa chiqarganlar bo'ldi. Futbolda qo'llab-quvvatlash bo'lmasa qiyin. Bizda hammasi ochiqchasiga bo'lib ketdi. Guruhbozlik, kerak bo'lsa, orqadan kelib tepishadi. Futbol erkaklar o'yini va o'zini xurmat qilgan o'yinchi murabbiyning qaroriga qarshi chiqmasligi kerak yoki kurashgisi kelyaptimi, orqadan emas yuzma yuz kelsin.

- Bunga "Anji"ni Mahachqalada emas, Moskvada turgani sabab bo'lgandir. Muxlis o'z jamoasini 90 daqiqa ko'rdi xolos. Qolgan payt jamoa boshqaruvchisiz qolib ketgandek?

- Futbolda hamma narsani pul hal qilmaydi. Agar shunday bo'lganida biz o'tgan mavsum chempion bo'lishimiz kerak edi. Hech bo'lmasa kubokni qo'lga kiritishimiz lozim edi. Siz aytgan gap ham to'g'ri bo'lishi mumkin. Aslini olganda boshidan ularni qo'lga olish kerak edi.

- So'nggi ikki turdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, o'yinda tub o'zgarish bo'ldi. Jamoaviy o'yin paydo bo'lgandek. Avvallari Bussufa faqat Eto’O yoki Traore bilan, Jusiley esa Villian bilan o'ynardi. Endi to'p maydonning hamma nuqtasida harakatda...

- Tajriba yo'q paytda ishtiyoq katta rol o'ynaydi. Bizning tarkib yangilandi, shuning uchun tajriba juda katta emas, ammo ishtiyoq va jamoa manfaati yo'lida hozir katta o'sish arafasidamiz. Bugun yana eski holatga qaytdik. Mashg'ulotlarda ham kayfiyatimiz yuqori.

- Rahbariyat endi to'g'ri xulosa chiqardimi? Menimcha, 2011 yilgi tarkibni shakllantirilganida Anji chempion bo'lishi mumkin edi?
- Gap shunda-ki, rahbariyat futbolga katta qiziqish bildirib yubordi. Yulduzlar bilan chempion bo'lish mumkin emasligini tushunib etishdi. Masalan, CSKAni oling, o'rtamiyona ammo jamoaviy o'yinchilar bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. Ammo yulduzlar ketdi degani, maqsad olib tashlandi degani emas. Suleyman Kerimov 4 yildan keyin bo'lsa-da, chempion bo'lishimiz kerakligini aytgan. Buning uchun endi jamoaviy o'yin va yaxshi muhitni shakllantirishga vaqt kerakligini tushundi.

- Sizdan tashqari ko'plab legionerlarimiz Iordaniyaga qarshi o'yinga yaxshi kayfiyatda kelishdi. SHu kunga qadar asosan mahalliy futbolchilar bilan shug'ullangan bo'lsak-da, o'yin baribir Sizlar orqali quriladi...
- Aslida 14 avgust kuni bo'lishi lozim bo'lgan o'rtoqlik uchurashuvini rosa kutgandik. Ko'pchilik jamoadoshlarim 2 yildan keyin kim bilan o'ynashini bilishadi. Biz aynan shu yo'l borasida oqsayapmiz. Menimcha 5 yillik dasturga ega bo'lishimiz kerak. SHunda jiddiy terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazamiz. Buning uchun esa ishlash kerak. Lekin bu omillar Iordaniya uchun hech qanaqa bahona bo'la olmaydi!

  • - Guruh bosqichidan chiqa olmaganimizga futbolchi va murabbiy o'rtasida ig'vo tarqatganlarning "hissasi" bo'ldimi?
  • - Bo'ldi! Futbolda mayda narsa bo'lmaydi. O'rtada gap tashlaydiganlar bo'ldi. Bu esa o'yin oldidan futbolchilarning kayfiyatiga tasir qildi. Ikki kishining o'rtasidagi munosabatga aralashish kerak emas. Hamma o'z ishini qilgani yaxshi.

- Bugun-chi?
- Hozir hammasi yaxshi. Balki bizga xudo JCHga chiqishga shunday yo'lni bergandir. Oldimizda 4ta muhim o'yin turibdi. Yil so'nggiga qadar hal bo'ladigan ish. Iordaniya to'sig'idan o'tishda hammamizda ishonch bor. Buni futbolchilar ham, murabbiylar ham to'g'ri tushunib turibmiz. Biz bir jamoamiz, vatanimiz bir, muxlisimiz bir. Nega endi bir tanu, bir jon bo'lib kurashmaylik?

- Iordaniyani kuchsiz jamoalar qatoriga kirgazib qo'yishdi. Menimcha, unday emas, Osiyo Kubogida ham bizga oson bo'lmagandi...
- Iordaniya - kuchli jamoa. Deylik, Osiyo Kubogida adashib keyingi bosqichga chiqdi, lekin JCH saralashida adashib qolmagandir? Osiyoda ham terma jamoalar sifati oshib boryapti, qolaversa, Iordaniya OFKda hurmatga ega terma jamoa.

- Nesterovning jarohatiga nima deysiz, undan tashqari Aziz Haydarov ham yo'q...
- Bu og'riqli muammolardan biri. Nesterovning o'rni doim bilinadi. Hozirda uch nafar darvozabon mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. Kim o'yinga ruhan tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Azizga kelsak, u o'yinda ishtirok etishi mumkin. Bir gap bilan aytadigan bo'lsam, terma jamoada hamma futbolchining o'z o'rni bor.

- Iordaniya to'sig'idan o'tsak, Janubiy Amerika vakili jiddiy raqib. Kuchimiz etarmikin?
- SHu kungacha Janubiy Amerika vakiliga qarshi o'ynamaganmiz. Avval Iordaniyadan o'tib olaylik, keyin bu raqib haqida o'ylaymiz. Aslini olganda, har bir jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Bu men va jamoadoshlarim uchun ham yaxshi sinov bo'ladi.

- So'nggi yillarda sizni turli chiziqlarda sinashdi. Gadjiev ikki o'yinda tayanchga qo'ydi va avvalgi o'yiningizni ko'rdik. Muxlislar doim Sizni Odil Ahmedov deb biladi, ular uchun amplua almashtirishingiz qiziq emas. Doimiy ravishda tayanch nuqtasida o'ynasangiz Sizdan foyda kattaroq...
- CHunki bu meni miyamga moslashgan. Tayanch yarim himoyasida to'p tepish orqali men qachon, nima qilish kerakligini yaxshi bilaman.

- Ikki xil uslubdagi o'yiningizni ko'ramiz. Yoki uzoq masofaga pas berasiz yoki 60 metr uzoqlikdan tezlik olib hujum boshlaysiz. O'ng qanot yarim himoyasi yoki hujum ortiga qo'yish orqali sizda masofa qisqaryapti va orqadan yugurgan Ahmedovdan, 30 metrdan yugurgan Ahmedovning farqini ko'ryapmiz...
- Ko'p hollarda o'z jarima maydonchamiz tashqarisida to'pni olaman va atrofni o'rganib ish qilaman. Tezlik olganingizdan keyin istagan futbolchidan o'tib ketasiz. Agar Siz aytgandek himoyachilar zich joylashgan bo'lsa, u holda pas beraman.

- "Paxtakor"ni bugungi inqirozi haqida nima deysiz?
- Juda ham afsusdaman. CHempionatni doimo kuzatib boraman. Bazan rasmlarni ko'rib stadionlarga kelayotgan muxlislarning kamayib ketganini ko'rib achinaman. "Paxtakor" Toshkent uchun aloxida ahamiyat kasb etadigan klub. Balki avlodlar almashinuvi bunga tasir qilayotgandir.

- Balki yoshlar o'tgan yilgi chempionlikka aldanib qolgandir?
- Bu nafaqat "Paxtakor"da boshqa jamoalarda ham bor narsa. Men yoshlarga nima deyishim mumkin, bitta yutuq bilan chegaralanish kerak emas. CHunki keyingi yil siz uchun stadionga keladigan muxlis bo'ladi. Har bir futbolchining o'z muxlisi bor va ularning ishonchini suistemol qilish kerak emas.

- Klublarimizda mahalliy futbolchilarga bo'lgan etibor ham yo'qolib boryapti. Avval baribir boshqacharoq edi.
- CHunki ishonch yo'q. Murabbiylar eski o'yinchilar bilan qoniqish xosil qilib qolishyapti. Geynrix ham o'zidan o'zi chiqmagan-ku, to'g'rimi? O'z paytida meni ham sekin-asta asosiy tarkibga kiritib borishdi. Aksar jamoalarni ko'ring, 35dan oshgan futbolchilarni ko'rasiz. Agar murabbiy yoshlarni ko'ra bilmasa, hech qanday o'sish bo'lmaydi.

- Bu borada Xiddink uslubi qanday? Siz aytgandek bizda nafaqat futbolchilar, balki eski uslubdagi murabbiylar ham aylanib yurishibdi. O'z paytida Nepomnyashiy "Paxtakor"ga kelmaganida balki siz ham soyada qolib ketardingiz?

- Bizda murabbiylar natija yo'lida qo'rqoq bo'lib qolishgan. Murabbiy bo'ldingmi, bilishing kerak. Bugunni emas ertani o'ylash kerak. Yaxshi yoshlarni o'ylash kerak. Mana "Paxtakor"dan chiqib kelyapti-ku. Agar shu Kozak yoki Iskanderovga imkoniyat bermang chiqadimi? Hech kim birdaniga chiqmaydi, sekin-asta imkoniyat berib borish kerak. CHet el bilimlari bilan tanishib borish kerak. Mana bizga Xiddink kelib qo'rqmasdan 2 nafardan futbolchini asosiy tarkibga qo'ya boshladi. Murabbiyning ishonchi juda katta rol o'ynaydi.

- Bugungi avlod, yani legionerlar juda katta bilimlarni olishmoqda. 10-15 yildan keyin O'zbekistonga qaytib zamonaviy ko'rinishda faoliyat olib borish niyatingiz bormi?
- Albatta. Ayniqsa Namanganda. Men qaysi murabbiy bilan ishlamay, barchasining mashg'ulotlar diskini yig'ib boraman. Namanganga esa achinayapman. Bu erda shunchalik ko'p istedodlar borki, asti qo'yaverasiz. Har yili jamoaga 10ta o'yinchi kelib ketadi. Lekin natija bir xil, 10talikka kirish. Undan ko'ra mahalliy futbolchilarni qo'y, mayli, 2 yil shu o'rinni olsin, keyin hammasi joyiga tushadi. Bazi o'yinchilar bor kun o'tsa bo'ldi qabilida ishlashadi. O'rin muhim emas. SHuning uchun Namanganga atalgan rejalarim katta.

- Iordaniyaga ketishdan avval, muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Muxlis bo'lmasa futbolni yig'ishtirib qo'ygan maqul. Bizda sportning bu turini sevadiganlar millionlab topiladi. Aynan shularning hurmati Iordaniya to'sig'idan o'tishimiz kerak. Boshqa yo'l yo'q!

Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика