So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  46 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Odil Ahmedov Kuper va Abramov, "Al Hilol" taklifini rad etgani, Saudiya Arabistoniga nega yutqazganimiz va bolalar futbolidagi korrupciya haqida (matnli) Yangiliklar

Odil Ahmedov Kuper va Abramov, "Al Hilol" taklifini rad etgani, Saudiya Arabistoniga nega yutqazganimiz va bolalar futbolidagi korrupciya haqida (matnli)

Mamlakatimizda futbol mavsumi allaqachon yakuniga etgan.

Xatto, klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini ham boshlab yuborishdi.

Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovni "Championat.asia" ofisiga taklif qildik. Sardorimiz bilan o'tkazilgan suhbatning video variantini saytimizning "Youtube"dagi sahifasi orqali tomosha qilishga ulgurgan bo'lsangiz kerak. Biz esa o'quvchilarimizning iltimoslarini inobatga olgan holda, intervyuning yozma variantini ham etiboringizga havola etamiz.




- Keling, suhbatimizni joriy yil terma jamoadagi faoliyatingiz haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak.
- Yil boshida ozgina nimadirlar qovushmadi, terma jamoaning yil oxirigacha bo'lgan o'yinlarini alo darajada deya olmayman. CHunki, orada mag'lubiyatlar bo'ldi. Ayniqsa, Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvdagi alamli mag'lubiyat... SHunga qaramay chiroyli g'alabalarni ham qo'lga kiritdik. Umumiy qilib o'rtacha baho bergan bo'lardim. Qachon alo baho berish mumkin? Qachon-ki, terma jamoa keyingi bosqich masalasini hal qilsagina. SHu sabab, terma jamoadagi o'yinlarga bu yil o'rtacha baho beraman.

- Yil davomida terma jamoada murabbiylar almashinuvi kuzatildi. Kuperning ketishi bizga nima berdi-yu, nimadan mahrum qildi? O'z navbatida Abramovning kelishi nima berdi-yu, nimadan mahrum qildi?
- Har bir terma jamoaga murabbiy olib kelishdan oldin o'sha jamoaning qanday futbol o'ynashini hisobga olinadi. Himoyaviymi yoki hujumkor futbolni ustun qo'yadigan jamoami. SHunga qarab murabbiy olib kelinadi. O'zbekiston terma jamoasi himoyaviy futbolga moslashgan jamoa emas. Ektor Kuper bizni himoyalanib o'ynatishga harakat qildi. Lekin, bizda 90 daqiqa faqat himoyada turib beradigan himoyachilar yoki yarim himoyachilar yo'q. Biz ko'proq hujumkor futbol o'ynaymiz, himoyachilarimiz ham hujumga ko'p qo'shilishadi. Kuperni kelishi noto'g'ri qaror bo'ldi demagan bo'lardim. SHunchaki, bu pallada taktikaga mos murabbiy olib kelinmadi.

Vadim Abramov terma jamoada oldin ham ishlagan. 2011 yilda yaxshi natijalarga erishgan, uni qanday futbol talab qilishini hamma yaxshi biladi. SHu sabab, Abramov qo'l ostida o'tkazgan oxirgi o'yinlarimizdan muxlislar ham mamnun bo'lishdi deb o'ylayman. Xatto, Saudiya Arabistoniga yutqazgan bo'lsak ham, hujumkor futbol ko'rsatdik. Yaman, Singapur va Falastinni chiroyli o'yin bilan engdik. Boya aytganimdek, qanday murabbiy kelishidan qati-nazar birinchi navbatda natija yaxshi bo'lishi kerak. Ko'zlangan maqsadga erishilganda murabbiyning to'g'ri ish qilganiga baho berish mumkin.


- Abramov kelganidan so'ng, dastlabki 2 rasmiy o'yinda g'alaba (Yaman ustidan Toshkentda 5:0 va Singapur ustidan safarda 3:1) qozondik. Ammo, noyabr oyida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin uchun jamoa deyarli ikki hafta tayyorlandi, Superliga oxirgi turlari ko'chirildi, murabbiylarga barcha sharoitlar yaratib berildi. Ammo, biz yilning eng muhim uchrashuvlaridan birini boy berdik. O'sha bahsda murabbiy sizni markaziy himoyaga qo'ydi, xatto biz markazni raqibga boy berib qo'yganimizda ham siz markaziy yarim himoyaga o'tmadingiz va yakunda alamli mag'lubiyat...
- Futbol millionlar o'yini. Agar o'sha kuni biz saudiyaliklarni mag'lub etganimizda, bizni hamma ishlarimizga to'g'ri baho berilgan bo'lardi. Ikki haqtalik yig'in ham, meni markaziy himoyada tushganim ham to'g'ri bo'lib chiqardi. Futbol xatolar bilan qiziq. Kimdir oxirida gol qo'yib yuboradi, kimdir oxirida g'alabani ilib ketadi.

O'sha uni murabbiy ham bunday bo'lishini kutmagan, agar bilganida balki oxirida 6 yoki 5 nafar himoyachini tushirgan bo'lardi. Bu muhokama qilish juda ham qiyin bo'lgan narsa. Agar yutganimizda hammasi to'g'ri bo'lib chiqardi, afsuski yutqazganimizdan keyin kimdir murabbiyga aylanib ketadi, kimdir taktikani xato bo'ldi, yana kimdir o'zgarishlar xato bo'ldi deydi. Bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Men murabbiy ishini hech qachon qoralamayman, chunki bu juda ham qiyin ish. Zarur paytda to'g'ri qaror qabul qilish kerak, xullas og'ir kasb.

- Vadim Abramov oxirgi ikkita bellashuvda sizni markaziy himoya va tayanch yarim himoyaga qo'ydi. Vaholanki, o'zingizni markaziy yarim himoyada erkinroq his qilasiz. Terma jamoada bu ikki poziticiyada o'ynayotganingiz sizga qanchalik maqul kelmoqda?
- Professional futbolga yarim himoyachi bo'lib kirib kelganman. Menga ko'proq yarim himoyada o'ynash yoqadi, himoyada o'ynash uchun kamida 3-4ta uchrashuvda harakat qilish va ko'nikib olish zarur bo'ladi. CHunki, yarim himoyada o'ynab-o'ynab himoyaga o'tkazilsangiz, hayol markazga ketib qolaveradi. O'shanda murabbiy menga markaziy himoyada o'ynamasam bo'lmasligini tushuntirdi. SHu sabab, himoyada o'ynashga majbur bo'ldim.

- Abramov terma jamoadagi oldingi faoliyatida ham sizni markaziy himoyada o'ynatgan. Lekin, o'shanda tayanch yarim himoyada Aziz Haydarov, markaziy yarim himoyada esa Timur Kapadze hamda Server Jeparov to'p tepgan. Yani, o'shanda yarim himoyamizda 3 nafar top o'yinchi borligi Ahmedovning yo'qligini bildirmagan. Saudiyaga qarshi bahsda esa markazimizdagi futbolchilarning top darajada emasligi Ahmedovning yo'qligini bildirib qo'ydi. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- Aytyapman-ku, agar o'sha kuni g'alaba qozonganimizda boshqacha fikrlar bo'lishi mumkin edi. Yaxshi ham Ahmedov yo'q ekan, o'rtada to'liq ustunlik qildik va g'alaba qozondik deyilardi. Yutqazganimiz uchun ham kimdadir shunday fikr bor. O'rtada bu o'yinchilar ham yaxshi, lekin katta jamoalarga qarshi o'ynaganda tajriba o'z so'zini aytadi. Saudiya bilan o'yinda etibor bergan bo'lsangiz, ular yutqazayotgan bo'lsa ham orqada turib pas o'ynayapti. Biznikilar nisbatan tajribasizroq bo'lgani uchun ham hisobda oldinda bo'lsak ham oldinga borishga va agressiv futbol namoyish etishga harakat qilishdi. Bunday katta o'yinlarda qo'l keladigan narsa bu - tajriba.

Hisobda oldinda borayotgan paytimizda to'pni o'rtaa ushlab turishimiz kerak edi. Biz esa faqat hujum va hujum qilaverdik. Ular esa oxirida bundan unumli foydalandi va bizga dars bo'ladigan o'yin ko'rsatib ketishdi. Hozirgi yigitlarni ham yomon demayman, lekin 2011 yildagi o'yinchilar bilan solishtirganda tarozi pallasini eski avlod bosadi. O'sha paytdagi yarim himoyachilarimiz kuchli bo'lish bilan birga, juda ham tajribali edilar. SHu sabab, ko'p to'qnashuvlarda tajriba evaziga ham g'alabani o'z tomonimizga og'dirib ketardik.



- Oldinda bizni Saudiyada juda ham issiq ob-havo sharoitida o'tadigan qiyin o'yin kutmoqda. O'z maydonimizda imkoniyatni boy bergan jamoani safarda yutib kelishimizga ishonasizmi? Balki, mehmonda ikkinchi raqam bo'lib harakatlanishimiz bizning foydamizga ishlar.
- Bu futbol. Agar vaziyat teskari bo'lganda va biz mehmonda g'alaba qozongan bo'lganimizda siz uyda ham xotirjam yutamiz degan bo'lardingiz. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Hozirdan mehmonda ikkinchi yoki birinchi raqamda o'ynashimizni bilmaymiz. O'sha kunga kelibgina taktika tanlanadi. CHunki, aynan o'yin kuni kim qanday holatda bo'lishiga bog'liq hammasi. Balki, ungacha biz keyingi bosqich masalasini hal qilarmiz, balki saudiyaliklar yutqazib qo'yishar. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q, shu jumladan Saudiyani yutish ham imkonsiz narsa emas. O'sha kuni futbolchilar o'zini qanday his qiladi, issiq havoda o'ynashga tayyor bo'ladimi, yoki bo'lmasa terma jamoa liderlari qanaqa formada bo'lishi ham muhim. Etakchilarni yaxshi formada bo'lishi ham katta rol o'ynaydi. Safarga borib yutib kelish qo'limizdan keladi. Bu yutib bo'lmaydigan Saudiya Arabistoni emas.

- Terma jamoa etakchilari haqida gap ochdingiz. Bu yil porlab chiqqan yangi etakchimiz Eldor SHomurodov haqida fikrlaringiz.

- Eldor uchun juda ham xursandman. Rossiyaga ketishidan oldin ham ko'p gaplashganmiz, u erda yaxshi o'ynab o'zini ko'rsatsa katta yutuq bo'lishini aytganman. O'ylayman-ki, u shu tempda ketadigan bo'lsa O'zbekistonda Maksim SHackix darajasidagi top-hujumchiga ega bo'lamiz. Kelajakdagi faoliyatiga omad tilayman. Eng muhimi, yaxshi futbolchi bo'lish bilan birga juda yaxshi inson ham. Insoniyligini saqlab qolib o'z ustida ishlasa uni top-5 chempionatlarda ko'rishimiz mumkin. Rasman aniq shartnoma taklif qilishsa, Eldor Germaniya yoki Ispaniya chempionati darajasida o'ynay oladi.


SHundan so'ng suhbatimizni klub doirasidagi savol-javoblar bilan davom ettirdik.

- "SHanxay SIPG" bilan oldingi shartnomangiz 2019 yilda nihoyasiga etishi kerak edi va siz shundan so'ng vatanimga qaytaman, farzandlarim O'zbekistonda tahsil olishlarini xohlayman degandingiz. Lekin, bu yil Xitoy klubi bilan kelishuvni 2021 yilgacha uzaytirdingiz. Sabab?
- Bu men uchun xushxabar bo'ldi. CHunki, menga mavsumning o'rtasida yangi shartnoma taklif qilishdi. Hozirgi paytda Xitoy chempionatida legioner sifatida o'ynash ko'p futbolchilar uchun orzuga aylanib boryapti. Ota-onam, oila azolarim va yaqinlarim bilan maslahatlashgan holda shanxayliklar bilan shartnomamni 2021 yilgacha uzaytirishga qaror qildim. Bu o'zim uchun ham, yaqinlarim uchun ham to'g'ri qaror deb o'ylayman.

- Sizga OCHL g'olibi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubidan taklif tushgan ekan. Nima uchun bu taklifni rad etdingiz?
- Saudiya Arabistoni, BAA klublari va yana boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lyapti. Lekin, SHanxayga ko'nikdim, u erda yigitlarni yaxshi bilaman, sharoitni bilaman. O'ynab turgan joyimdan boshqa klubga o'tsam, u erda mentalitet qanday, sharoitlar qay darajada aniq bilmayman, balki ular bilan chiqishib ketolmasman. Ikkita bir xil jamoa turganda o'rgangan jamoangizni tashlab ketolmaysiz.

- Bu tanlovingizda moddiyat qay darajada o'rin tutdi? Balki, "SHanxay" "Al Hilol"dan ko'proq maosh vada qilgandir.
- Ikkala jamoa ham bir xil maosh bilan chiqishdi, shu sabab "SHanxay SIPG"da qoldim.



Ahmedov bilan suhbatimizning so'nggi qismida "Odil Junior" akademiyasi va bolalar futboli haqida gaplashdik.

Hozir 1-2 mln so'm ishlayman deb, kelajakdagi 1-2 mln dollarni yo'q qilayapti.


- "Odil Junior" akademiyasini ochish fikri kimdan chiqqan va uni yuritishda kimlar bilan birga ishlayapsiz?
- Futbol rivoji uchun eng katta ishni bolalar futbolidan boshlash kerak. CHunki, poydevor qo'ymasdan turib tomni yopish befoyda. Bizda ko'pchilik buni tushinib etmayapti. Bizda yoshlar futbolidagi korrupciyani yo'q qilish kerak. Yoshlar o'rtasida biror turnir o'tkazsangiz, o'sha musobaqada birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinni olgan murabbiylar (u xoh kollejda ishlasin, xoh akademiyada)ning maoshi avtomatik tarzda ko'tariladi. SHuning uchun ular uchtalikka kirish maqsadida har narsaga tayyor. Birinchi o'rinni olish uchun kerak bo'lsa hakam bilan gaplashadi yoki raqib jamoa murabbiyi bilan gaplashadi. Hozir 1-2 mln so'm ishlayman deb, kelajakdagi 1-2 mln dollarni yo'q qilayapti. Misol uchun, SHomurodov va Masharipovga o'xshagan yosh futbolchilar ko'p. Faqat yuqoridagi illatlarni yo'qotish kerakligini hammamiz tushunib etsakgina, bizdan ham ko'plab juda kuchli o'yinchilar etishib chiqadi.

Bevosita "Odil Junior"ni ochilishiga keladigan bo'lsak, Nodirxo'ja Yuldashevni taklifi bilan ishga kirishganmiz. Men, Nodirxo'ja va Sodiq ismli do'stim birgalikda harakat qilayapmiz. Maqsadimiz - bolalar futboliga etibor berish va u erdan o'zbek futboli uchun yaxshi o'yinchilarni chiqarib berish. Faoliyatni endigina boshladik, hali oldinda qilinishi zarur bo'lgan ishlar ko'p. Bazida bizga bog'liq bo'lmagan muammolar ham bo'ladi, agar davlat tomonidan ham ozgina qo'llab-quvvatlov bo'lsa, kuchli futbolchilarni etishtirib beramiz.



- Namangan shahrida "Odil Junior" akademiyasi rasman ochildi. Bino, yotoqxona, maydon, xullas barcha sharoitlari bor akademiya. Mana shunday maxsus binoni boshqa viloyatlar yoki poytaxtda ham qurish niyatlaringiz bormi?

- Namangandagi ishimizni Toshkentda ham qilish rejamiz bor. Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Toshkentda bolalar uchun barcha sharoitlarga ega stadion qurish borasida hujjat topshirganmiz. Agar hammasi ijobiy yakun topsa, Toshkentda ham xuddi Namangandagi kabi kompleks qurmoqchimiz.

- Buni kompleksni qurish qachonga mo'ljallangan?
- Nasib qilsa 2020 yilda qurmoqchimiz. Lekin, bizga bog'liq bo'lmagan jihatlar ham bor. SHunday tomonlari bor-ki, biz har qancha harakat qilmaylik vazirlikning ko'magisiz echib bo'lmaydigan muammolar bor. Agar vazirlik hal qilib bersa, moddiy tomonlarini o'zim hal qilib yaxshi kompleks quramiz.

- "Odil Junior" akademiyasiga asosan Italiyadan bolalar murabbiylari kelib master klasslar o'tib ketishmoqda. Bu Odil Ahmedov akademiya tarbiyalanuvchilariga italyancha futbolni singdirmoqchi deganimi?
- Bolalar futbolida murabbiylar Italiyadan keladimi yoki Angliyadanmi, muhimi ishni to'g'ri yo'lga qo'yish. Bizda murabbiylar maktabi yo'q, kuchli bolalar murabbiylari ham barmoq bilan sanarli. Viloyatlarga borib bolalarni qanday shug'ullantirishlarini kuzatib ko'ring. Bazida ko'zim tushib qoladi, 90-yillardagi mashqlarni haligacha yosh bolalarga o'tishadi. Hozir zamon o'zgarayapti, futbol rivojlanyapti, mashg'ulotlar, murabbiylar rivojlanyapti. Futbolda har kuni o'z ustizda ishlamasangiz, o'qimasangiz orqada qolib ketaverasiz. Italiyadan murabbiylar olib kelishimizdan maqsad - Italiya, umuman Evropada bolalar futboli qanday o'sayotgani, murabbiylar qanday ishlayotgani tajribasini o'zbek murabbiylariga berish. Murabbiylarimiz bizda va Evropada mashg'ulotlar qanday olib borishayotganini ko'rib, taqqoslab, o'zlariga xulosa chiqarib olishlari kerak va yosh bolakaylarimizga evropacha futbolni o'rgatish zarur.

- Yuqorida bolalar murabbiylari hozir 1-2 mln so'm ishlab olish uchun kelajakdagi 1-2 mln dollarni yo'q qilayotgani haqida gapirdingiz. Bu anglatadi-ki, yoshlar murabbiylari juda kam maosh olishadi. "Odil Junior" murabbiylari maosh taraflama yaxshi taminlanganmi? Ular ham qachondir shunday qilmasliklariga ishonasizmi?
- Bu erda hamma gap katta yoki kichik maoshda ham emas. Poydevor turibdimi, murabbiy kelajakda shuning ortidan yaxshi bo'lib ketishim mumkin degan fikrga kelishi kerak. Yani, fikrni o'zgartirish kerak. O'zimdan misol qilib oladigan bo'lsam, menga tarbiya bergan ustozlarimdan haligacha xabar olib turaman, qo'limdan kelgancha yordam berib turaman. Hech qaysi futbolchi unga ustozlik qilgan murabbiylarini unutmaydi.

- Instagramda shaxsiy sahifangiz yo'q, faqat fanpeyj bor. Nima uchun instagramda akkaunt ochib yuritmaysiz?
- Bu narsani o'zim va oilam uchun noto'g'ri deb hisoblayman. U erda ikki kishi yaxshi gap yozsa, uch kishi yomon gap yozadi. Bazida juda og'ir gaplarni ham yozib yuboraverishadi. SHu sabab ijtimoiy tarmoqlarda sahifam yo'q, ayolimga ham ruxsat bermaganman. Buni oila mustahkamligi uchun noto'g'ri narsa deb bilaman.



Tolibjon Qosimov suhbatlashdi



Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика