So’nggi yangiliklar

00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  49 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  3 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  6 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  75 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7

Odil Ahmedov: "Kamida avvalgi natijani takrorlashimiz kerak" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Kamida avvalgi natijani takrorlashimiz kerak"

Bugun bo'lib o'tgan qura tashlash marosimidan keyin Odil Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Qiziqarli va teng kuchli terma jamoalardan iborat guruh. 2011 yil ko'rsatgan natijamiz samarasi o'laroq, bu safar birinchi savatchadan joy oldik. Saudiya Arabistoni Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri. KXDR sirli raqib, Xitoydan so'nggi yillarda ustun kelyapmiz. Bu esa bizga qo'l kelishi aniq. Ammo yaxshi tayyorgarlik ko'rsak va o'rtoqlik o'yinlari etarlicha bo'lsa, biz guruhda peshqadam bo'la olamiz.  

- Guruhdan chiqsak, "A" guruhi vakillariga qarshi bahs olib boramiz. Katta ehtimol bilan Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz.

- Bu ikki terma jamoadan avvalgi natijalar uchun alamimizni olishimiz kerak. So'nggi natijalardan kelib chiqib muxlislar oldida biroz ishonchdan chiqqandek bo'ldik. Lekin biz maydonga tushganimizdan keyin, faqat va faqat futbol haqida o'ylaymiz. Bu safargi Osiyo Kubogidan umidim katta. Yaxshilab tayyorgarlik ko'rib, kamida avvalgi musobaqada qayd etgan natijamizga erishishimiz kerak. Muxlislarimiz bizni nima bo'lishidan qatiy nazar qo'llab-quvvatlasalar, biz bari-bir maqsadimizga erishamiz.

- Bunga yoshlar tayyormi?
- Bugun ko'rsatayotgan o'yinlaridan kelib chiqib ha deb aytsam bo'ladi. O'z navbatida 2011 yilgi Osiyo Kubogi biz kabi legionerlarga tramplin vazifasini bajargan edi. Bugungi yoshlarga Avstarliya katta yo'l ochishi mumkin.

Nodirxo'ja Yuldashev 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика