Odil Ahmedov "Imkon Plus"ning "Doda" brendining yuziga aylandi
30 mar 2016 15:59
Yangiliklar
Odil Ahmedov "Imkon Plus"ning "Doda" brendining yuziga aylandi
O'zbekiston milliy terma jamoasiga tashrif buyurgan "Krasnodar" yarim himoyachisi kompaniyaning "Doda" nomli muzqaymog'i roligida suratga tushdi.
"Doda" muzqaymoqni, futbolchilarning "dodasi" reklama qilishi kerak. SHartnoma ikki tomonga ham maqul keldi. Kompaniyamiz, yoz oyida Namanganda vodiy jamoalari o'rtasida "Odil Cup" va qishda "Championat.asia" sayti bilan hamkorlikda Odil Ahmedovning do'stlari ishtirokida shou uchrashuviga homiylik qiladi. Bu hali boshlanishi, terma jamoamiz sardori bilan keyingi yillarda yanada samarali ishlaymiz deb umid qilaman", - deydi kompaniyaning marketing bo'limi rahbari Azizbek Yusufov.
"Muzqaymoqdan istemol qildim, haqiqatdan ham "doda" ekan. Qizig'i menga berishgan muzqaymoq bilan chamasi 3 soatga yaqin reklama roligida tushdim va u erib ketmadi. Sizlarga ham tavsiya qilaman", - deydi Odil Ahmedov.
Siz ham o'z brendingizni rivojlantirish yo'lida yulduzlardan foydalanishni istasangiz, asia@championat.asia elektron manziliga xat yozing.
Fikrlar