So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  2 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  0 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

Odil Ahmedov: "Hali "Barselona" yoki "Real" darajasiga chiqmadim" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Hali "Barselona" yoki "Real" darajasiga chiqmadim"

Krasnodar yarim himoyachisi hamyurtimiz Odil Ahmedov mavsumni uchinchi o'rinda yakunlashgani mumkinligi va Aleksandr Bubnovning gaplariga o'z munosabitini bildirdi.

To'g'risini aytaman, mavsum oldidan "Krasnodar" sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritishiga ishonmagandim. Ayniqsa o'z maydonimizdagi ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'lganimizdan so'ng bu ishonish qiyin edi. O'shanda men kuchli uchlikka kira olmasdik deb o'ylagandim. Mavsumni keyingi qismini shu darajada o'tkazdikki, endi esa faqatgina uchinchi o'rinni olishimiz mumkinligidan biroz ranjimoqdaman. CSKA bilan oradagi farqni yo'qqa chiqarib qo'yganimiz bu ruhiy tomondan bosimni enga olmaganimizdan bo'lsa kerak. "Amkar" va "Torpedo"ga qarshi o'yinlarda "Krasnodar" o'z o'yinini namoyish eta olmadi. Biz gol o'tkazib yuborishdan va ochko yo'qotishdan qo'rqib o'ynadik. Natija uchun o'ynashni boshladik.

Bubnovning gaplariga munosabati:

"Krasnodar"ning o'yin uslubi shunday: har bir futbolchi imkon ko'proq pas orqali o'ynashga harakat qiladi. Himoyachilar menga to'p oshirishadi, men esa darhol yarim himoyachilar yoki hujumchilarni to'p bilan taminlashga oshiqaman. SHunaqangi o'yinlar bo'ladiki, bazida barchasi o'xshab qoladi. CSKA bilan o'yinda aynn shunday bo'lgandi. To'pni oldinga qaramasdan uzataverasan, to'p esa o'z futbolchinga borib tushaveradi.

"Barselona" yoki "Real"? Rostini aytsam, hali bu darajada o'ynashga tayyor emasman. O'z kuchimni kuchliroq chempionatda sinab ko'rish niyatim bor. Umid qilamanki, bunga ulguraman", - deydi Odil Ahmedov Sport-ekspress gazetasiga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика