So’nggi yangiliklar

19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912". Холматов, Фламарион ва Гвазава асосий таркибда  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4

Odil Ahmedov: "CHempionlar ligasida o'ynashni barcha istaydi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "CHempionlar ligasida o'ynashni barcha istaydi"

"Anji" yarim himoyachisi, hamyurtimiz Odil Ahmedov "R-Sport" muxbiri Taras Barabashga bergan intervyusida yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida, yangi jamoadoshi Igor Denisov haqida gapirib berdi.
- Odil, Avstriyadagi yig'in qanday o'tmoqda? Jamoa yangi futbolchilar hisoblangan Igor Denisov, Mixail Kerjakov va Aleksey Ionovni qanday qarshi oldi?

- O'tgan mavsumda biz uchinchi o'rinni oldik, endi yanada yaxshi ishtirok etishni istaymiz. SHu sababli jamoaga kuchli o'yinchilar jalb qilindi. Ionov, Denisov, (Kristofer) Samba, ular bizga yordam berishadi. Mashg'ulotlar odatdagidek o'tdi, bugun bir mahal shug'ullangan bo'lsak, qolgan kunlari ikki mahaldan ishladik. Tatildan so'ng yana formaga qaytish uchun jismoniy harakatlarga ko'proq etibor berdik. Yig'in davomida bunga ko'proq etibor qaratdik.

- O'tgan mavsumda bronza qo'lga kiritildi va Rossiya kubogi finaliga chiqildi. Ammo bundan ko'prog'ini ham qo'lga kiritish mumkin edi, buni anglab etdinglarmi?


- Ha, albatta to'g'ri aytdingiz. Ammo bu futbol, futbolda istalgan narsa bo'ladi. Kubok finalida penaltilar seriyasida CSKAga yutqazib qo'ydik. Penalti – bu lotereya, kimdir gol uradi, kimdir ura olmaydi. Jamoamiz hali yosh. Undan oldingi mavsumda beshinchi bo'lgandik, bu yil uchinchi bo'ldik. Sekin-sekin ko'tarilayapmiz. Balki, yangi mavsumda yanada yaxshi natijani qayd etarmiz.

- Kubok haqida gap ochdingiz, final o'yinida g'alaba qozonishga nima halal berdi?


- Penalti – lotereya. Agar futbol tarixiga etibor bersangiz penaltini hatto mashxur futbolchilar ham ura olishmagan. Darvozabonga ham ko'p narsa bog'liq. U erda barchasi ellikka-ellik – gol bo'ladi yoki yo'q.

- Orzuingiz qanday? CHempionlar ligasida o'ynashmi?


- Albatta! Barcha CHempionlar ligasida o'ynashni istaydi. Barcha muxlislar "Anji"ni CHempionlar ligasida ko'rishni istashadi.

- Yangi mavsumda sizlarning bosh raqobatchilariniz bu CSKA va "Zenit", to'g'rimi? Ko'p hollarda odamlar oltin medallar uchun bir yo'la 5-6 jamoa kurash olib borishini aytishadi.


- Menimcha, bu yil 3-4ta jamoa chempionlik uchun kurashishsa kerak.

- "Anji", CSKA, "Zenit". Yana kim?


- Menimcha, CSKA, "Zenit", "Anji" va yana "Spartak"ni ham qo'shish mumkin.

- Odil, o'zingiz to'p tepayotgan chiziqda qaysi futbolchi yoqadi?

- Tayanch yarim himoyachilar orasida Denisovning o'yinlari yoqadi. To'pni yaxshi olib qo'yadi, hujumni yaxshi boshlaydi.

- Igor bilan gaplashishga ulgurdingizmi? Unga yuqoridagi fikrlaringizni aytdingizmi?


- Yo'q, bu haqda unga aytmadi, ammo gaplashishga ulgurdik.

- Evropadagi futbolchilardan kim ko'proq yoqadi?


- Evropadan menga (Andres) Inesta va Xavining o'yinlari yoqadi. Ular tayanch yarim himoyachi bo'lishmasa ham juda yaxshi o'ynashadi. Ular maydonda spektakl namoyish etishdi.

- "Anji" sizning qadrdon klubingizga aylanib bo'ldi, bu erda o'zingizni juda yaxshi his qilayotganingizdan ham buni bilsa bo'ladi.


- Ha, shunday desa bo'ladi. Uchinchi yildirki shu erdaman, bu er ikkinchi uyimga aylanib bo'ldi.

- Bir kun kelib Evropada o'ynash niyatingiz bormi?


- "Anji"da hammasi yaxshi! Ammo bir kun Evropada, Germaniya yoki Ispaniya chempionatlarida o'ynashni orzu qilaman. Nafaqat "Anji" safida balki Evropada ham sovrinlar yutishni istayman.

- Odil, O'zbekiston terma jamoasi qachon Jahon chempionatida o'ynaydi? Sizlar bunga juda yaqin kelgandinglar.


- Bizda Braziliyadagi JCHda ishtirok etish uchun ham imkoniyat bor. Mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun imkoniyatlarimiz juda yaxshi edi. Koreyaga qarshi safarda yutqazib qo'ydik, keyin Toshkentda Qatarni mag'lub etdik, Koreya esa o'z uyida Eronga yutqazib qo'ydi! Ochkolar bo'yicha Koreya bilan teng ko'rsatkich qayd etdik, ammo to'plar nisbatiga ko'ra ular JCH-2014ga chiqishdi. Biz kurashishda davom etamiz, oldinda yana to'rtta o'yin bor. Barcha O'zbekiston xalqi Jahon chempionatiga chiqishimizni kutayotganini biladi. 2014 yil Xudo xohlasa biz Jahon chempionatida o'ynaymiz. Dastlab Iordaniya bilan o'ynaymiz, agar uni yutsak Janubiy Amerikaning 5-jamoasi bilan yo'llanma uchun kurashamiz.

Narzulla Saydullaev tarjimasi
 

O'zbekiston oliy ligasi uchun FIFA.UZ sayti ishga tushirilganidan ko'pchilikni xabari bor. Ushbu loyiha ishga tushgach ko'pchilik ishtirokchilar Evropa milliy chempionatlarini ham FIFA.UZ ga qo'shinglar degan fikr bilan chiqqandi. SHu kunlarga ham etib keldik. Evropada milliy chempionatlar kuz-bahor tizimida bo'lib o'tadi. SHu bois biz ushbu chempionatlarning yangi mavsumidan boshlab sizlarga FIFA.UZda jamoa tuzib boshqa jamoalar bilan bellashishni taklif qilamiz.

Ular orasida eng birinchi bo'lib Rossiya premer ligasida start oladi. Ko'p vaqt qolgani yo'q, mana shu dam olish kunlari Rossiyada navbatdagi mavsum boshlanadi. 14 iyul kuni chempionatning ilk o'yinlari bo'lib o'tadi. 1-tur dedlayni aynan 14 iyul kuni soat 12:00ga qadar belgilangan. Ushbu vaqtga qadar jamoa tuzing va ilk turdanoq ochkolarni yig'ishni boshlang.

Endi Siz Samuel Eto’O, Vagner Lav, Igor Akinfeev kabi futbolchilardan tashqari o'zbekistonlik Odil Ahmedov va Vitaliy Denisovni o'z jamoaingizga sotib olishingiz mumkin! Rossiya premer ligasi uchun ham sovg'alarimiz bisyor. Hozircha ular haqida aytmay turamiz, ammo kafolat beramizki mavsum davomida biz turli sovg'alar o'ynaymiz. Mavsum tugagach esa eng ko'p ochko yiqqan jamoani tuzgan “murabbiy”ga FIFA.UZ nishoni tushirilgan oltin medal topshiriladi.

SHuni unutmangki Rossiyada transfer oynasi sentyabr oyiga qadar davom etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика