So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  0 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  2 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Odil Ahmedov: "Bo'sh stadionda to'p tepish bizga ham yoqmaydi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Bo'sh stadionda to'p tepish bizga ham yoqmaydi"

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov KXDRga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi (4:0) haqida fikr bildirdi.

- Birinchi golgacha jamoa qiynaldi, buning ustiga himoyada ham muammolar bo'ldi. Adashmasam, darvozaga aniq zarba berish bo'yicha raqib ustunlik qildi (1-4)...

- Uyda o'ynadik, biroz bosim bo'ldi. Buning ustiga raqib himoyada o'ynagani uchun birinchi golga qiynaldik. Birinchi goldan so'ng KXDR ochildi va bizda xavfliroq hujum qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Asosiysi - g'alaba. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Uchrashuvga umumiy nazar tashlaydigan bo'lsak, ustunlik biz tomonda bo'ldi.


- "Milliy" stadioni chimi yangilanganidan so'ng birinchi rasmiy uchrashuv o'tkazildi. Uga qanday baho berasiz?

- CHimga biroz vaqt kerak. U hali erga jipslashmagan. Ko'rganingizdek bazi muammolar bor. Menimcha, biroz vaqt kerak. Hozircha 100% tayyor emas.


- Anchadan beri bu arena muxlislar bilan to'lmagan edi, bu haqida nima deysiz?

- Futbol faqat muxlislar uchun o'ynaladi. Bo'sh stadionda to'p tepish bizga ham yoqmaydi. SHuning uchun bizni qo'llashdan charchamang. Qo'limizdan kelganini qilishda davom etamiz. Uchrashuvga kelgan ishqibozlarga futbolchilar nomidan katta rahmat aytaman.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика