Odil Ahmedov Baqoev va Qosimovga etib oldi
15 jan 2015 15:00
Yangiliklar

Odil Ahmedov Baqoev va Qosimovga etib oldi
Kecha 2015 yilgi Osiyo Kubogi 3-turida O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi o'ynab 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Yarim himoyachimiz Odil Ahmedov birinchi bo'limda raqib darvozasiga gol urishga erishdi. SHu tariqa Ahmedov Osiyo Kuboklarida o'zining 8-o'yinida 3 bor to'p kiritdi. Ulug'bek Baqoev va Mirjalol Qosimov hisobida ham qita chempionatlari final bosqichida 3tadan gol bor.
Bu borada O'zbekiston terma jamoasida eng yaxshi ko'rsatkich Aleksandr Geynrixga tegishli. Hujumchi Osiyo Kuboklarida 6ta gol urgan. Maksim SHackix hisobida 4ta gol bor.
Bundan tashqari Ahmedov ikkinchi qita chempionatida o'z hisobiga gol yozib qo'ygan beshinchi futbolchiga aylandi (2011 va 2015). Geynrix bu borada ham yaqqol peshqadam. Sasha uchta musobaqada (2004, 2007 va 2011) gol urishga muvaffaq bo'lgan. Maksim SHackix (2007 va 2011), Ulug'bek Baqoev (2007 va 2011) hamda Mirjalol Qosimov ikkita (2000 va 2004) Osiyo Kubogida to'p kiritgan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar