So’nggi yangiliklar

08:05Асрор Алиқулов: "Бизга бу ўйинда иккинчи куч етишмади"  0 07:35Суперлига. Бугун Қаршида турнинг марказий ўйини бор  4 07:15Баҳодир Жалолов, Абдумалик Халоков, Акбар Жўраев ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида қатнашадиган спортчиларимиз рўйхати  3 00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  5 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  3 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  26 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  6 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 3-qism Yangiliklar

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 3-qism

O'tan safar "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari haqida to'xtalgandik.

Endi navbat uchinchi qismga, yani bronza medali sohibi, O'zbekistonda 3-raqamning ramziy manodagi haqiqiy egasi - "Nasaf" haqida gaplashamiz.


Barcha jamoalarimiz kabi Qarshining "Nasaf" klubi ham o'tgan yili OCHL musobaqasida guruh bosqichidan nariga o'ta olmagandi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa so'nggi turga qadar guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qolgandi. Biroq o'z maydonida kechgan Saudiyaning "Al Ahli" jamoasiga qarshi bellashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi va bu yakunda qimmatga tushgandi.
Bu yili "Nasaf" xalqaro musobaqada qanchalik ishonchni oqlaydi?

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoaning hozircha eng katta yutug'i bu "Nasaf" etakchilarining hech qaerga ketmaganligida. Eldorbek Suyunov, SHerzod Azamov, SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev va Erkin Boydullaev kabi futbolchilarga bir qator takliflar bo'lganiga qaramay, ular yana bir yil "ajdarlar" safida qolishni maqul ko'rishdi. Aynan ushbu sanab o'tilgan futbolchilarning katta xizmati evaziga "Nasaf" o'tgan yili OCHLda ishonchliroq o'ynagandi. "Nasaf"ning boshqa jamoalarimizga nisbatan yaxshi ishtirokining asosiy sababi himoya chizig'i va darvozabon. CHunki "Nasaf" raqiblariga qarshi "avtobus" taktikasida o'ynagandi. Bu holatda esa hamma ish orqa chiziq vakillari gardaniga tushadi.



Murabbiy nega bu taktikani tanladi degan savolga javob izlash qiyin emas. CHunki "Nasaf"ning oldingi chizig'ida arab jamoalarida bo'lgani kabi yuqori malakali futbolchilar, kuchli legionerlar yo'qligidan. Ro'ziqul Berdiev va bizning ko'pchilik murabbiylarimiz aytganidek, imkoniyatimizdan kelib chiqib. O'tgan yili shu kabi savollarning barchasiga bir xil javob - sharoitimiz kuchliroq legionerni sotib olishga yo'l qo'ymaydi degan javobni olgandik.

Nega o'tgan yilgi o'yinlar, gaplar va natijalar haqida ko'p gapirib yubordim? Sababiki, bu yil ham deyarli hech narsa o'zgarmayapti. Turishidan Ro'ziqul Berdiev yana eski taktikasiga tayanib o'ynaydiganda o'xshaydi. Boshqa chora bormi-yo'qmi hozircha bilmadim-u, ammo men boshqa variantni ko'rmayapman.

Xo'sh, endi savol tug'iladi! Nega murabbiy o'ziga kerakli sharoitlarni so'rab olmayapti? Nimaga umid qilmoqda? Qaysi futbolchi "Nasaf"ni OCHLda ishlarini "5" qilib bera oladi? Berdievning ishongan futbolchisi kim? Darvozabon va himoya chizig'idan ko'ngil to'q. Lekin himoyada bazi kemtiklar yo'q emas. Boshqa poziciyalarga kamida bittadan yangi, yangi bo'lganda ham kuchli va mahoratli futbolchilar kerakku. Hozircha transfer bo'yicha deyarli shovqin ko'targani yo'q "Nasaf". Bu kabi savollarni murabbiy rahbariyat berganiga ishonamiz. Ammo javob qanday bo'lgani bizga qorong'u. Javob qanday bo'lganidan qatiy nazar, murabbiy shu bor sharoitga qanoat qilib ishlashda davom etmoqda va bundan qisman qanoatlanmoqda. Demak natija uchun murabbiy javobgar.
OCHLda ishtirok etgan to'rttala jamoamizning uchalasi: "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ning oldiga har yili VAZIFA
qo'yiladi. Xoh ichki chempionat, xoh xalqaro musobaqada. "Nasaf"da bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev takidlagandek hech qanday vazifa qo'yilmaydi. "Nasaf" doimo yuqori maqsadlar (bronza) uchun o'ynashini bilamiz, eshitganmiz va ko'rganmiz. OCHLda ham maqsad guruhdan chiqish. Bu yili balki jamoa oldiga vazifa qo'yilar, chunki hali mavsum boshlanishiga ancha bor. Har holda shunga umid qilamiz.

"Nasaf"ni bu yilgi mavsumda etakchilari tark etishgani yo'q. Birgina SHohruh Gadoev katta ehtimol bilan yangi mavsumni boshqa libosda boshlashga yaqin turibdi. Bu jamoa uchun yo'qotish emas. CHunki bu haqda Ro'ziqul Berdiev o'tgan mavsum so'nggida Gadoev "Nasaf"dan ketishiga qarshi emasligini va o'yinidan qoniqmayotganini aytib o'tgandi. Demak Gadoevni o'rnini kim bilan to'ldirishni Berdiev yaxshi biladi.


O'tgan yili hujum chizig'ida futbolchi olishda adashganini tan olgan Berdiev bu yili Oleksandr Koblash darajasidagi hujumchini olib xatoni takrorlamasligi kerak. Umuman "Nasaf"da selekciya ishlari u qadar maqtanarli emas. Sobiq futbolchi va hozirgi kunda agentlik bilan shug'ullanayotgan Oleg Sobirov topib bergan Roy Rokni hisobga olmasa, "ajdarlar" o'tgan mavsumda tuzukrok futbolchi olib kela olishmadi. Koblashning faoliyati qanchaga cho'zilganini eslatish shart emas, nazarimda. Roy Rok ham mavsum oralig'ida tibbik ko'rikdan o'ta olmadi va uning ham "Nasaf"dagi faoliyati hech bo'lmaganda shartnoma yakuniga qadar cho'zilmadi.

Kuchli legionerlar boshqa masala, ichki chempionatdan ham etarli malaka va tajribaga ega futbolchilarni qo'ldan chiqarayotgan "Nasaf", qo'shnisi "Mashal"dan Zohir Qo'ziboevni o'z safiga chorladi. O'yin uslubi Ilhom SHomurodovga o'xshaydigan Qo'ziboev "Nasaf"ga qanday foyda berishini bilmadim-u, ammo OCHLda "Nasaf"ga nafi tegishiga ishonish qiyin. CHunki Berdiev katta ehtimol bilan "avtobus" orqali o'yin quradi va bunda "Nasaf"ga epchil, chaqqon va tezkor hujumchi kerak. Ilhom SHomurodovning oldida tezkorroq, texnikasi yuqori, chaqqon hujumchi bo'lgani SHomurodovning ishini engillashtiradi. Bir xil tipdagi hujumchilarni ko'paytirgandan ne naf? Zohir Qo'ziboevning o'yiniga pas nazar bilan qaramoqchi emasmiz, biz shunchaki oddiy faktni keltiryapmiz. Zohir Qo'ziboev "Nasaf"ga o'z gollari bilan foyda keltirishni juda istaymiz. Biroq "Nasaf"ning OCHLda amalda qo'llaydigan taktikasiga mos futbolchi qidirishi tarafdorimiz. Ilhom SHomurodov - Zohir Qo'ziboev zo'r tandem bo'la oladimi? O'yini jihatdan olib qaralganda bu ikki hujumchi bir-biri bilan tandem xosil qilishi qiyin masala. Azamat Allaniyazov, Ilhom SHomurodov va Zohir Qo'ziboev bir xil qolipda o'ynaydigan hujumchilar. O'rinbosarlar tarkibidan chiqib kelayotgan Dilshod Xushbakov bor deyilsa, u ham ushbu uchlik singari faqat jarima maydonchasi futbolchisi hisoblanadi. Hammasi bo'ydor, ustun jihati bosh bilan yaxshi o'ynay olishadi.
O'ziga-o'zi vaziyat yarata oladigan, raqibni esankiratib qo'ya oladigan futbolchi, hujumchiga muhtoj bugungi "Nasaf". Ro'ziqul Berdiev OCHLda yana "avtobus"dan foydalonmoqchi bo'lsa, unda avtobusning oldi g'ildiraklarini yangilashi lozim. Yangisini olganda ham "chuqur"larni bildirmaydigan "myagkiy" "balon" kerak.
Bu borada yaxshilab bosh qotirish zarur.


Himoyadagi kemtiklar degandim. O'tgan mavsumda SHerzod Azamovning o'zining ishonchli o'yinlari bilan olqishlarga sazovor bo'lgandi. Biroq mavsum uzoq va futbolda jarohatlar ko'p uchrab turadi. Katta musobaqalarda ishtirok etadigan jamoalar doimo har ehtimolga qarshi ikkita teng kuchli tarkibga ega bo'lishlari lozim. SHu boisdan qarib qolgan, tezligi pasaygan Maqsud Karimov va Hamza Karimovning o'rnilariga yaxshiroq himoyachi olib kelish shart. Ildar Mamatkazin qanchalik yaxshi formada bo'lmasin, hali bu futbolchi OCHLda asosiy tarkibda tushib, kerakli darajada o'ynab berishiga ishonish qiyin. Katta arenalarni ko'rmagan futbolchi bilan xalqaro musobaqada himoyadagi bo'shliqni yopish qiyin masala.


CHap qanot himoyasi ham "Nasaf"ning og'riqli nuqtasiga aylanib qoldi. Sababi - bu chiziqda o'ynashi mumkin bo'lgan to'rttala futbolchi ham hozirda "Nasaf" bilan emas. Botir Qoraev avvalo qarib qoldi va yangi mavsumda jamoa bilan birga qolmasligi deyarli aniq. Roy Rok hali tibbiy ko'rikdan o'tmagan va uning masalasi ochiqligicha qolmoqda. Farruh Sayfiev yaqinda Moskvada jarrohlik stoliga yotqizildi va futbolchi mavsum startini o'tkazib yuboradi. Bu poziciyada o'ynashi mumkin bo'lgan SHohruh Gadoev jamoadan ketgan. Uning qaytishi juda katta savol. Demak bosh murabbiy chap qanot himoyasiga ikkita yaxshi futbolchi topishi kerak. "Nasaf"ning universal va vaziyat taqozo etsa istalgan joyida o'ynab berib turadigan Odil Hamrobekovning yuragida muammolar borligi sabab ancha muddatga safdan chiqqan. Uning o'rnini Berdiev yangi futbolchi bilan yopa olmagan taqdirda, yoshlarga imkoniyat tariqasida Aziz G'anievni o'ynatishi mumkin. Aziz G'aniev qanchalik istedodli bo'lmasin, OCHLda jamoa nimanidir ko'zlasa va maqsad qiladigan bo'lsa, unda o'rta chiziqda Erkin Boydullaevning oldiga yana bitta yaxshi markaziy yarim himoyachini olib kelishi lozim. SHuningdek, jamoaga chap qanot yarim himoyachisi ham juda zarur. Bu o'rin ham hozirda bo'sh turibdi. Jamoa o'zagi deyarli saqlab qolingani bilan muammolar hal etilgani yo'q. CHunki bu muammolar o'tgan yiliyoq ko'rinish bergandi. "Nasaf" bir tarkibli jamoaga aylanib qolganiga qaramasdan, bosh murabbiyning topqirligi va futbolchilarning katta fidoiyligi evaziga "ajdarlar" OCHLda nisbatan yaxshiroq ishtirok etishgan, chempionatda o'zining bronza medallarini qo'lga kiritishgan va O'zbekiston kubogida zafar quchishgandi.  Bir xatoni ketma-ket takrorlash bu nafaqat noprofessionallik, balki boshqacharoq ham ataladi.

"Nasaf" etakchisi, sardori va ishongan futbolchi Artur Gevorkyan o'tgan yili o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qilib bera olmadi. "Nasaf"ning va Araning eng katta yutug'i bu standart vaziyatlari bo'ldi. Aynan shu standartlar Gevorkyan yomon mavsumini ham yuvib keta oldi. Bu yili ham Gevorkyandan olam-shumul nimanidir kutmasakda, undan jamoaga o'zgacha ruh bag'ishlab turishiga ishonamiz. Gevorkyan qachonki jamoa himoyaga tayanib o'ynaydigan bo'lsa o'zining nimalarga qodirligini to'liq ochib bera olmaydi. SHunga qaramay Arturning yana bir ustun tomoni bu jarima zarbalari. Har qanday holatda ham Artur Gevorkyan "Nasaf"ning "yuzi" bo'ladi. Ishonamizki, bu yilgi mavsumda Gevorkyan o'tgan yilgidan samaraliroq o'ynab beradi. Uning qay tarzda o'ynashi va harakati jamoadagi boshqa futbolchilarga ham keskin tasir etishi shubhasiz. Artur Gevorkyan nafaqat "Nasaf"ga o'zgacha ruh bag'ishlaydi, balki raqibni "duxi"ni olishda ham uning o'rni katta bo'ladi.


"Nasaf" avvalo OCHLda yurtimiz shanini himoya qiladi. Buni barchamiz juda to'g'ri tushunib turibmiz. Lekin bizdan ko'ra buni klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar ich-ichlaridan his etishlari lozim. Keling, buyog'iga turli baxonalarni emas, borimiz shu ekanda deb oxirida qo'l siltab qo'yib emas, barcha imkoniyatlarni ishga solib, o'z oldimizga qo'ygan vazifalarni sidqidildan bajaraylik. Xalqaro maydonda shuncha uyalib qolganimiz etar, yuzlar qizarib ketdi.

"Nasaf"da jamoa oldiga vazifa qo'yishga asoslar ham, sharoitlar ham etarli. SHunchaki yuqori maqsadlarni ko'zlaymiz deb o'ynashni yig'ishtirish kerak. Murabbiylar shtabi avvalo rahbariyat oldida masuliyatni his etib turishi lozim. Buning uchun esa, rahbariyat avvalo sharoitni yaratib berib, keyin dadillik bilan bu yilgi mavsumda vazifa bunday deb qo'ymog'i lozim. SHunda jamoada yanada masuliyat ortadi va katta kuch bilan harakatlaniladi.

"Nasaf"ni shunchaki grand jamoa deyilmaydi. Grand jamoalar oldida har doim yuqori vazifalar qo'yiladi. SHunchaki kuchli jamoa boshqa, grand jamoa boshqa. Bular turli tabaqaga bo'linadi.


Umid qilamizki, "Nasaf" bu yili O'zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qiladi.

Bu safar uyalib qolmasligimiz kerak!

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 1-qism 

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 2-qism


SHahboz Beg'amov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика