So’nggi yangiliklar

08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  0 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  1 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  6 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  0 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  16 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  14 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  13 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  16 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 1-qism Yangiliklar

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 1-qism

Teglar :  PaxtakorOCHL
Hademay yangi futbol mavsumi ham boshlanib qoladi.


Oliy liga jamoalari allaqachon yangi mavsumga hozirlik ko'rishni boshlab yuborishgan. O'zbekistonda ham transfer oynasi ochilganiga ancha bo'lib qoldi. Jamoalarimiz imkon qadar o'z tarkiblarini kuchaytirishni maqsad qilib, shunga monand harakat qilishmoqda.

Bizni ko'proq OCHLda ishtirok etadigan jamoalarimizning transfer siyosati, ularning qay darajada tayyorgarlik ko'rayotgani qiziqtirmoqda. CHunki aynan ularning OCHLdagi ishtiroki biz uchun juda muhim hisoblanadi.


Demak O'zbekiston chempioni - "Paxtakor"dan boshlaymiz.

Mamlakatimiz chempioni "Paxtakor" jamoasi hozircha katta shov-shuvli transferga qo'l urganicha yo'q. Jamoani kuchaytirib yubora oladigan futbolchi safni to'ldirmagan. No'mon Hasanov boshchiligidagi "sherlar" ayni paytda BAAda yig'in o'tkazishmoqda. Aynan o'sha erda jamoa ko'rigida bir qator yangi futbolchilar paydo taxmin qilinmoqda. Ishonamizki, yig'inda O'zbekiston chempioni Qozog'iston birinchi ligasi yulduzlariga etibor qaratmay, imkon qadar kuchli, tajribali futbolchilarni izlashadi. Galim Bersugurov kabi futbolchining "Paxtakor"ga nimadir bera olishiga shaxsan men ishonmayman. Umuman bu kabi futbolchilar O'zbekiston chempioni tarkibida paydo bo'lishlari ular uchun foydadir, ammo biz uchun emas.

Yangi mavsum oldidan "Paxtakor"ning haqiqiy etakchisi Kaxi Maxaradze tark etdi. SHuningdek, himoya qo'rg'oni vakili Egor Krimec "sherlar" bilan xayrlashdi va ijara asosida "Beyjing Goan"ga yo'l oldi. Buni albatta "Paxtakor" uchun juda katta yo'qotish deyish mumkin. "Paxtakor" hujumchisi Bahodir Pardaev ham "sherlar" bilan qolgisi kelmadi. Klub ketgan futbolchilarni o'rnini munosib ijrochilar bilan to'ldira oladimi? Bu hozircha qorong'u.


Jamoaga shu kunga qadar kelgan yangi futbolchilar xususida to'xtaladigan bo'lsak, "SHo'rtan"dan hujumchi Suhrob Berdiev "sherlar" safiga kelib qo'shildi. "Navbahor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov yangi mavsumdan boshlab "Paxtakor" sharafini himoya qilishi oydinlashdi. Azim Ahmedov katta ehtimol bilan Kaxi Maxaradze o'rnini qoplash uchun kelgan bo'lsa, Suhrob Berdiev hujum chizig'ida raqobatni oshirishi maqsadida jamoaga olib kelindi. O'tgan mavsumni ijara asosida "Qizilqum"da o'tkazgan Navro'z Alimov ham "Paxtakor" bilan BAAda shug'ullanmoqda. Ushbu hujumchi yangi mavsum oldidan yana birorta jamoaga ijaraga berib yuborilsa ajab emas. "Buxoro"dan kelgan Akobir To'raev faoliyatini tugatgan Anvar Solievni o'rniga jamoaga taklif etilgan bo'lishi mumkin.


Yo'qotishlar o'rniga kelgan futbolchilarga etibor qaratadigan bo'lsak, tarozi pallasini jamoadan ketgan futbolchilarning og'irligi bosib qolishi aniq. "Paxtakor"ga kelgan yangilar chempionatimizda o'rta darajadagi futbolchilar hisoblanishadi.
Ishonamizki, "sherlar" selekciya ishlarini hali davom ettirishadi va jamoaga kerakli bo'lgan mahoratli futbolchilarni jalb etishadi. Vaholanki hozirgi tarkib bilan OCHLda bir karomat ko'rsatish bu juda qiyin masala. "Paxtakor" jamoasi bu musobaqada O'zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadi va biz "sherlar"dan munosib o'yin va kamida guruh bosqichidan o'tishlarini kutib qolamiz. Bunga haqqimiz bor.
Buning uchun esa jamoa avvalo hozirgi tarkibida qolgan boshqa etakchilarni olib qolishi va kuchayishi lozim bo'lgan chiziqlarni esa kuchli, OCHL darajasiga mos tushadigan futbolchilar bilan to'ldirishi zarur.


Jamoa to'purari Igor Sergeevning taqdiri hali ochiqligicha qolmoqda. Agarda Sergeevga xorijdan yaxshigina taklif tushadigan bo'lsa, unda klub rahbariyati Igorni ortiqcha ushlab o'tirmasligi aniq. SHu boisdan klub unga ham munosib zaxirani tayyorlab qo'yishi lozim bo'ladi.

Hali Krimecning o'rnini tajribali himoyachi bilan yopish kerak. Umuman jamoa selekcionerlariga oson bo'lmasligi tabiiy. Ayni paytda "Paxtakor" har bir chiziq bo'yicha kamida bittadan kuchli futbolchi muhtoj.

Rosti, bu yilgi "Paxtakor"ning shashti u qadar baland emasdek guyo.

Umid qilamizki, tez orada "Paxtakor" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish ishlarini tezlashtirib, OCHLga munosib ravishda tayyorgarlik ko'rishadi. O'tgan yilgi xatolarni takrorlash emas, tuzatish kerak.


SHahboz Beg'amov  

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика