So’nggi yangiliklar

10:30“Манчестер Юнайтед“ “Ювентус“ футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:03“Галатасарой“ Санедан сўнг яна бир ТОП футболчи билан шартнома имзоламоқчи  0 09:38“Зенит“ Бразилия терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолашга яқин  0 09:10Ҳакамларимиз янги бренд либосларида майдонга тушади  2 08:43“Наполи“га “Ливерпуль“ ҳужумчиси керак  0 08:18Суперлига. ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  0 07:47Хоразмдаги стадиондаги асосий муаммолардан бири бартараф этилди  2 07:20Расман: Томас Франк — “Тоттенхэм“ бош мураббийи  0 01:25Пеп Гвардиола омадсиз мавсум ҳақида: "Барселона" ёки "Реал"да бўлганимда мени аллақачон ишдан бўшатишган бўларди"  10 00:55Клублар ўртасидаги ЖЧга қизиқиш жуда паст  16 00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  3 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  4

OCHL yaqinlashmoqda, qiziqarli o'yinlar boshlanishiga oz qoldi Yangiliklar

OCHL yaqinlashmoqda, qiziqarli o'yinlar boshlanishiga oz qoldi

Teglar :  OCHL
23 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasining guruh uchrashuvlariga start beriladi.

SHu kundan etiboran butun qitaning etibori mana shu musobaqaga qaratiladi, lekin biz ko'proq G'arb mintaqasini kuzatib boramiz.

1-turda O'zbekistonning har to'rttala klubi Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi bahs olib boradi. "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'z o'yinini 23 fevralda o'tkazsa, ertasi kuni "Nasaf" bilan "Paxtakor" guruhdagi ilk o'yinni o'tkazishadi.

OCHLning ikki karra g'olibi (2004, 2005) "Al Ittihod" Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi. Bu o'yinga qiziqish juda yuqori. CHunki ikkala klub safida mahoratli futbolchilar bor va ikkala jamoa ham o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'yadi. Malumki, "Al Ittihod" pley-off bosqichida "Al Vihdat"ni 2:1 hisobida dog'da qoldirib, guruh o'yinlariga yo'l oldi.

Jiddaliklar safida Salli Muntari, Gelmin Rivas kabi mahoratli legionerlar bor. "Lokomotiv" esa o'z tarkibini mohir yarim himoyachi Server Jeparov bilan to'ldirib oldi. SHuningdek, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, SHerzod Fayziev kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. 23 fevral kuni "Lokomotiv" stadionida bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi deb ayta olamiz.

SHu kuni "Bunyodkor" ham o'z o'yinini o'tkazadi. "Qaldirg'ochlar" safarda Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "Al Nasr" mehmoni bo'lishadi. "Bunyodkor" bungacha pley-offda "Al SHabab"ni ortda qoldirdi va endilikda guruh bahslarida o'z omadini sinab ko'radi. Jamoa tarkibi asosan yoshlardan iborat va ularga o'yinga chanqoq. Yashirishning hojati yo'q, Saudiya klublari hamma vaqt kuchli bo'lib kelgan va ular bilan o'yin bizning jamoalar uchun oson o'tmagan. SHunday ekan, bu gal ham bizni qiziq bellashuvlar kutib turibdi deya olamiz. O'zbekiston klublariga esa xalqaro uchrashuvlarda omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика