OCHL. Xavi Toshkentga kelmaydi, "Paxtakor"ning uchinchi raqibi - "Al Jazira"
09 fev 2016 23:55
Yangiliklar
OCHL. Xavi Toshkentga kelmaydi, "Paxtakor"ning uchinchi raqibi - "Al Jazira"
OCHL. Pley-off.
"Al Jazira" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) 2:2 (penaltilar seriyasi: 5-4)
Gollar: H.Alsenhoji (22, 88), K.Jones (45), Mabhut (65).
Uchrashuvning asosiy vaqtiga kuchlar teng keldi. Keyinchalik g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha taymlarga o'tildi. Yana 30 daqiqa davom etgan o'yinda hisob o'zgarmadi va jamoalar "lotoreya" orqali o'z omadlarini izlashdi.
Penaltilar seriyasida omad "Al Jazira" tarafda bo'ldi. SHuni alohida qayd etish kerakki, Xavi "Al Sadd"ning dastlabki penaltisini bajardi va uni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi. Yakunda esa bu qatarliklarga qimmatga tushdi.
SHunday qilib "Paxtakor" o'rin olgan "C" guruhining to'rtinchi jamoasi nomi malum - "Al Jazira". Ushbu guruhda shuningdek yana "Traktorsozi" (Eron) va "Al Hilol" (SA) jamoalari bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar