OCHL. Xavi murabbiylik debyutini o'tkazdi, "Al-Ahli" – "Al-Hilol" bahsi esa gollarga boy o'tdi
07 avg 2019 00:05
Yangiliklar


OCHL. Xavi murabbiylik debyutini o'tkazdi, "Al-Ahli" – "Al-Hilol" bahsi esa gollarga boy o'tdi
Qatarning ikki klubi «Al-Duhail» hamda «Al-Sadd» uchrashuvida durang (1:1) natija qayd etildi. Mezbonlardan Yusuf Msakni, mehmonlardan esa Akrom Afif gol muallifiga aylanishdi. Malumot o'rni, muzkur bellashuv ispaniyalik sobiq futbolchi Xavi uchun murabbiy sifatidagi ilk rasmiy debyut bo'ldi.
Al-Duhail SC Youssef Msakni - 44' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 06/08/2019, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Al-Sadd Akram Afif - 30' |
Kunning ikkinchi o'yini esa Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» hamda «Al-Hilol» jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Bahsda hisob 6 daqiqda mezbonlar hujumchisi Omar Al Soma tomonidan ochildi. Keyin esa Bafetimbi Gomis o'rtadagi farqni tikladi. Jorje Janini raqib darvozasini ishg'ol etib, ustunlikni yana «Al-Ahli» tomonga qaytardi. So'ng, yana o'sha Gomis 48 hamda 65 daqiqalarda gol urib, muvozanatni mehmonlar tomoniga og'dirdi. O'yin tugashiga bir necha daqiqalar qolganida esa «Al-Hilol» himoyachisi Abdulloh Al-Hafit raqib darvozabonini dog'da qoldirib, uchrashuvdagi yakluniy hisobni (2:4) belgiladi. Xet-trik va jamoasining g'alabasi franciyalik forvard Bafetimbi Gomis uchun tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a bo'ldi. U bugun 34 yoshni qarshi oldi.
Al Ahli Omar Al Somah - 6', Djaniny - 40' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 06/08/2019, 22:45 4
:
2
Tugadi
|
Al Hilal Bafetimbi Gomis - 15', Bafetimbi Gomis - 48', Bafetimbi Gomis - 65', Abdullah Al Hafith - 81' |
P.S. Bugungi juftliklar o'rtasidagi javob bahsi 13 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar