So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  1 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  4 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

OCHL voqealari. "Lokomotiv" guruhidagilar musobaqani tark etdi, "Bunyodkor" guruhidagilar chorak finalda Yangiliklar

OCHL voqealari. "Lokomotiv" guruhidagilar musobaqani tark etdi, "Bunyodkor" guruhidagilar chorak finalda

Teglar :  OCHL
Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final javob uchrashuvlaridan so'ng qiziq voqealar ro'y berdi.

Gap shundaki, musobaqani davom ettirish uchun "A" va "B" guruhidagi jamoalardan hech kim qolmadi. "S" va "D" guruhidagilar esa keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Guruh o'yinlarida "Lokomotiv"ga o'zida javobsiz to'rtta gol urgan "Al Ahli", shuningdek "Ozodi" stadionida 2:0 hisobida zafar quchgan "Istiqlol" musobaqa bilan xayrlashdi. "Loko" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev "A" guruhini eng kuchli guruh deya aytib o'tgandi, ammo nimchorak finaldan so'ng hech kim qolmadi.

"Bunyodkor" guruhidagilar esa ancha kuchli chiqib qolishdi. Xususan, "Al Ayn" o'z maydonida "Istiqlol"ni 6:1 hisobida mag'lub etib musobaqadan chiqarib yubordi. Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi esa Dubaydagi nomdoshini safarda mag'lub etdi.



"V" guruhida bahs olib borgan "Lahviya" bilan "Istiqlol Xuziston" ham bu yilgi chempionlar ligasi bilan xayrlashdi. Aksincha, "D" guruhidan chiqqan jamoalar - "Al Hilol" bilan "Persepolis" endi chorak finalda ham kurashni davom ettirishadi.

Aytish mumkinki, bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi barcha uch klubimiz uchun muvaffaqiyatsiz tugadi. "Nasaf" guruh bosqichiga chiqa olmagan bo'lsa, "Lokomotiv" bilan "Bunyodkor" faqat bitta o'yinda g'alaba qozongan holda o'z guruhlarida oxirgi bo'lishdi. Bundan tashqari, ikkala jamoa ham oltita o'yinda bir xil 12 tadan to'p o'tkazib yuborishdi. Endi bor umid keyingi yil bo'lib o'tadigan o'yinlardan.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика