So’nggi yangiliklar

21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:5 (матнли трансляция)  15 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  1 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  6 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  3 19:30Де Брюйне ФИФА ва УEФАни танқид қилди  2 18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  1 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  1 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  21 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  5 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  3 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  4 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  3 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  7

OCHL va Superligada faqat g'alaba qozonayotgan, lekin optimal formaga kirmagan "Paxtakor" haqida Yangiliklar

OCHL va Superligada faqat g'alaba qozonayotgan, lekin optimal formaga kirmagan "Paxtakor" haqida

Barcha sport tadbirlari, shu jumladan Superliga-2020 bellashuvlari ham vaqtincha to'xtatilganidan xabaringiz bor.

Bir muddat oldin "Nasaf" jamoasining dastlabki 3 turdagi o'yiniga bag'ishlangan maqolani etiboringizga havola etgandim.

Foto "Nasaf" to'xtamayapti, jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yiladigan payt keldimi?! Kuchaygan "Nasaf" haqida

Bugun esa vaqtincha to'xtab qolgan chempionatimizning yana bir peshqadami "Paxtakor"ga to'xtalib o'taman.

Avvalo, mavsum oldidan "Paxtakor"ga kelgan va ketgan o'yinchilarni keltirib o'taman.

"Paxtakor"ga kelganlar:
Eren Derdiyok ("Geztepe", Turkiya)
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Abror Ismoilov ("Surxon")
Umar Eshmurodov ("Nasaf")
Asalbek Sobirjonov

"Paxtakor"dan ketganlar:
Transfer

Bahrom Abdurahimov - AGMK

Erkin agent
Marat Bikmaev - "Lokomotiv"
Marko Simich
Sobit Sindarov - "Qo'qon-1912"
Andrey Sidorov - "Xo'jand", Tojikiston
Bobur Asqarov

Ijara
Doston Ibrohimov - "Qizilqum"
Husniddin G'ofurov - "Surxon"
Hojimat Erkinov - AGMK
SHohruh Mahmudhojiev - "Navbahor"
Suhrob Nurullaev - "Qo'qon-1912"
Jasur Yaxshiboev - "Energetik-BGU", Belarus


Markaziy himoyachi Umar Eshmurodov "Paxtakor"ga o'tdi va biroz vaqt o'tib ijara asosida yana "Nasaf"ga qaytdi. Ketganlar orasida o'tgan mavsum nisbatan ko'proq o'ynagan Marko Simich va Marat Bikmaev edi. Ularning o'rniga Anzur Ismoilov hamda Eren Derdiyoklar olib kelindi. Yosh iqtidorli o'yinchi Asadbek Sobirjonov "Buxoro"dagi ijara muddati tugab ortga qaytdi. Bundan tashqari, o'tgan yil "Surxon"da juda yaxshi mavsumni o'tkazgan Abror Ismoilov markazdagi raqobatni kuchaytirish uchun olib kelindi. Demak, "Paxtakor" tarkib jihatidan bu yil 2019 yilga qaraganda kuchaydi. Qo'shimchasiga o'rinbosarlar jamoasidan Humoyurmirzo Iminov chiqib kelmoqda. Arveladzening o'yin uslubida markaz o'yinchilarining o'rni katta. SHu sabab mutaxassis aynan markazdagi raqobatni yanada kuchaytirdi.

"Paxtakor" 2020 yilgi Superliga uchun qaysi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi?


"Paxtakor" ustozi SHota Arveladze dastlabki 3 turda qanday taktik sxema va tarkibdan foydalanganini ko'rib chiqamiz.

Superliga, 1-tur
"Paxtakor" – "Navbahor" 2:1

27 fevral 2020 yil
Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Farhod Abdullaev
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Igor Sergeev (pas Dragan CHeran) 51, Igor Sergeev (pas Anzur Ismoilov) 89 - Ivan Solovyov (pas Abbos G'ulomov) 26.

"Paxtakor" ustozi SHota Arveladzening sevimli sxemasi 4-2-3-1. Joriy mavsum barcha o'yinlarda jamoa aynan shu taktik sxemada harakat qildi. "Navbahor" bilan dastlabki tur bellashuvi ham bundan mustasno emas.

O'sha kuni har ikki jamoa ham jangga tushgandek o'yinni boshlashdi. Birinchi bo'limda "Navbahor" futbolchilari juda ko'p yugurishdi, zonalarni tez yopishdi, raqib to'p bilan maydon markazidan o'tishi bilan kuchli pressing uyushtirishdi. Bu esa ko'p vaziyatlarda "Paxtakor" futbolchilarini shoshirib qo'ydi va xatolar yuzaga kela boshladi. Kanchelskis shogirdlari kiritgan gol ham aynan pressing evaziga olib qo'yilgan to'pdan keyin yuzaga keldi. 1-bo'limni "Paxtakor"ning markaziy yarim himoyachilari Odil Hamrobekov hamda Sardor Sobirxo'jaevlar yomon o'tkazishdi. O'tkazib yuborilgan golda ham aynan shu ikki o'yinchining xatosi asosiy rolni o'ynadi. "Lochinlar"ga esa shu kungi o'yin uchun tasanno deyman. Birinchi bo'limda ular amaldagi chempionga imkon berishmadi, har bir to'p uchun keskin kurash kechdi.


Bosh hakam shu kuni yaxshi ketayotgan o'yinni buzib qo'ydi, menimcha. "Paxtakor" maydonda ko'pchilik bo'lib qolganidan keyin katta kuch bilan oldinga o'tdi va tarkibdagi bunday o'yinchilar bilan gol urishi deyarli aniqdek edi. Mehmonlarning qizildan keyin ikki hissa yugurishiga to'g'ri kelgani ham mezbonlar foydasiga bo'ldi. Igor Sergeev esa shu kuni olqishlarga munosib bo'ldi. Ikkita imkoniyat va juda noqulay raqibga qarshi bellashuvda jamoasiga g'alabani olib berdi. Lekin, shu kuni har ikki jamoa ham mag'lubiyatga munosib emasdi. Menimcha, durang eng adolatli natija bo'lgan bo'lardi. "Paxtakor" tarkibidagi o'yinchilarning darajasi va tajribasi oxirgi daqiqalarda o'z so'zini aytdi.

Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yinlar ikki tomon futbolchilarining janjallarisiz o'tmayapti. Bu ijobiy holat emas, lekin "Paxtakor" va "Navbahor"ning so'nggi yillarda principial raqiblarga aylanishgani ham bunga sabab bo'layapti.

SHota Arveladze: "Afsuski "Navbahor" bilan o'yinlarda futboldan ko'ra janjallar ko'proq bo'lmoqda"


Superliga, 2-tur
"Paxtakor" - "Buxoro" 3:0

8 mart 2020 yil
Toshkent. "Paxtakor" stadioni
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Ziyodullo Abdurahmonov, SHohrux Azamov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

Gollar: Dragan CHeran (pas Dostonbek Hamdamov) 65, 81 (pen.), 85 (pas Jaloliddin Masharipov).

Tarkib va o'yin tomonlama katta farqqa ega jamoalar to'qnashuvi. SHu kuni ikki xil o'yin bo'ldi: golgacha va goldan keyin. "Paxtakor" ko'plab vaziyatlar yaratdi, lekin gol urib olguncha ancha qiynaldi. "Buxoro" o'yinchilari birinchi golni o'tkazib yuborgunlarigacha darvozalari daxlsizligini saqlab tura olishdi, ammo birinchi goldan keyin jamoa himoyasi sochilib ketdi. SHu kuni buxoroliklar darvozaboni Zafar Safoev ko'p vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Bejizga garchi 3ta gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, aynan Safoevni saytimiz tomonidan 2-tur ramziy jamoasiga kiritmagandik. O'yinni ko'rgan odam kiper ramziyga munosib o'yin ko'rsatganiga amin bo'ladi.

"Paxtakor" futbolchilari birinchi golni urib olish uchun ancha ter to'kishdi, CHeran hisobni ochgandan keyin esa uyog'iga erkinroq harakat qilishdi va biroz ochilgan raqibni yana ikki bor jazolashdi. Masharipov, Hamdamov va CHeranlarning mahorati yirik g'alabani taminladi.

Video SHota Arveladze: "Paxtakor" futbolchilari tezroq formaga kirishlari kerak"


Superliga, 3-tur
"Paxtakor" – "Metallurg" 4:1

14 mart 2020 yil
Toshkent. "Paxtakor" stadioni
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Farhod Abdullaev
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Dragan CHeran 30, Igor Sergeev 32, Jaloliddin Masharipov 53, Eren Derdiyok (pas Farruh Sayfiev) 72 - Murodbek Bobojonov (pas Stanislav Andreev) 69.

Bu xatolar o'yini bo'ldi. Aleksandr Lobanov 11-daqiqada avvaliga Sergeev, keyin esa CHeranning zarbalarini ajoyib seyv evaziga qaytardi. Lobanov dastlabki 3 turda eng yaxshi kiperlardan biri bo'ldi.

Lekin, shu kuni sheriklarining birin ketin yo'l qo'ygan xatolari Lobanovga ham, "Metallurg"ga ham qimmatga tushdi. "Paxtakor"ning birinchi uchta goliga bekobodliklar o'yinchilari assistentlik qilishdi. CHeran hisobni ochgan vaziyatda Sergeev to'pga bosh bilan zarba berdi, uning zarbasi Akbar Ismatullaevning oyog'iga tegib Draganga borib tushdi. Sergeevning golida esa Kamoliddin Tojiev yosh bolalarcha xato qildi. Igor yo'q joydan gol urib ketdi. Masharipovning golida esa Ixtiyor Toshpo'latov to'pni oldinga tepib yuboraman deb uni Jaloliddinga tashlab berdi. 9-raqam sohibi esa bunday "sovg'a"ni ko'kka sovurmadi. Bu uchrashuvda mezbonlar uchun eng ijobiy jihat jamoaning yangi legioner hujumchisi Eren Derdiyok nihoyat gol urgani bo'ldi, menimcha. Eren gol urishni boshlab olish uchun ko'p harakat qildi va nihoyat "Metallurg" bilan bahsda bu amalga oshdi. Derdiyokning bosh bilan urgan goliga esa tasanno deyish mumkin. SHu joyda Superliga 3-tur sharhida yozgan ayrim gaplarni keltirib o'tmoqchiman: O'sha vaziyatda Eren bosh bilan qay darajada o'ynay olishini ko'rsatib qo'ydi. Evropacha maktab ko'rgani bilindi. Uning bosh bilan o'ynashi menga suriyalik ajoyib forvard Omar Al-Somani eslatib yubordi. Al-Soma ham bosh bilan eng yaxshilardan biri va buni 2018 yil Toshkentda o'tgan o'rtoqlik o'yinida ham isbotlab ketgandi.

Video Arveladze: "Derdiyokni chiroyli goli bilan qutlayman"


Dastlabki 3 turda "Paxtakor" safida samarali harakatlarni amalga oshirgan o'yinchilar:

Gollar:

Dragan CHeran 4ta
Igor Sergeev 3ta
Jaloliddin Masharipov 1ta
Eren derdiyok 1ta

Golli paslar:
Dragan CHeran
Anzur Ismoilov
Dostonbek Hamdamov
Jaloliddin Masharipov
Farruh Sayfiev (hammasi bittadan)


"Paxtakor" hali optimal formada emas

Joriy mavsumda "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarda deyarli bir xil scenariy ko'zga tashlanmoqda. Jamoa birinchi golgacha u qadar yorqin ko'rinmayapti, xatolar ko'p bo'layapti. Lekin, goldan keyin o'ziga kelmoqda. SHuningdek, jamoa deyarli har safar birinchi bo'limni yomon o'tkazmoqda. Sust harakatlar, brak paslar va passiv o'yin. Tanaffusdan keyin "sherlar" o'yinni o'zgartirishmoqda. Bu "Paxtakor" hali optimal formada emasligidan darak. Sobirxo'jaev ko'plab xatolarga yo'l qo'ya boshladi va uchinchi turga kelib SH.Arveladze unga dam berib Abror Ismoilovni tushirdi. O'tgan mavsum katta hajmdagi ishni bajargan Hamrobekov va Sobirxo'jaev bu mavsumni yaxshi boshlay olishmadi. Hammasi iziga tushib olishi uchun ularga vaqt kerak. Endi ularda vaqt keragidan ham ortiq, afsuski. Hamrobekovga ijobiy jihat ham bor, yani Odil oldingidan farqli o'laroq tez-tez raqib darvozasi tomon zarba berishni boshladi. Bu yaxshi.

Anzur Ismoilov ajoyib transfer bo'lgani ko'rinib turibdi. U o'zining darajasini ko'rsatib qo'ymoqda, so'zsiz zo'r himoyachi. SHota Arveladze E.Krimec, SH.Azamov va A.Ismoilovdek 3 nafar ajoyib markaziy himoyachilarga egaligi uning katta yutug'i. O'zi umuman murabbiy tarkibni ancha kengaytirib oldi va bu qisqa vaqtda ko'p o'yin o'tkazishga to'g'ri keladigan pallalarda yaxshigina qo'l keladi. Markazda o'ynatish uchun Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Abror Ismoilov, Humoyunmirzo Iminov bor. Sadriddin Abdullaev jarohatdan qutulsa yana bir o'yinchiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, Kozak ham markazda o'ynay oladi. O'yin uslubida markaziy yarim himoyachilar muhim rol o'ynaydigan SHota uchun markazda shuncha futbolchining borligi yutuq.

Hujumda Masharipov, Hamdamov, CHeran va Sergeev so'zsiz asosiy o'yinchilar. Derdiyok va Asadbek Sobirjonovlar esa zaxiradan tushib o'yinni buzib qo'yishmayapti. Hali Javohir Sidiqov safga qaytsa raqobat kuchayadi. SHu o'rinda Asadbek Sobirjonovni alohida tilga olishni xohlardim. Juda iqtidorli ushbu yosh vinger o'tgan mavsum "Buxoro"da ajoyib mavsumni o'tkazdi. Bu yil esa SHota uni jamoada olib qoldi. Masharipov qachondir kuchliroq chempionatga yo'l oladigan bo'lsa aynan Asadbek uning o'rnini egallasa kerak. Bu shunchaki mening taxminim.


"Paxtakor" formaga kirib olmagan bo'lsa-da, bu mavsum barcha rasmiy o'yinlarda g'alaba qozondi. Bu jamoaning hozirgi salohiyati bilan bog'liq. "SHerlar" shunday darajaga chiqib olishdi-ki, o'yin kutilganidek chiqmayotganda ham natija qilib keta olishmoqda. Arveladzening o'zi ham futbolchilari tezroq formaga kirib olishlari kerakligini aytib o'tgandi. "Paxtakor" formaga kirib olganidan keyin esa ularni to'xtatib qolish Superligada yanada qiyin ishga aylanib qolishi mumkin.



O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> SUPERLIGA

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика