So’nggi yangiliklar

22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  4 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  0 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  3 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  17 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0

OCHL. "V" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida Yangiliklar

OCHL. "V" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"V" guruhida ishtirok etayotgan mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" kecha "Al Ayn"ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. "Paxtakor" shu kuni gol urishdan tashqari hamma ishni qildi. Nechtalab burchak to'pi va jarima zarbalari amalga oshirildi, biroq bari befoyda bo'ldi. SHunga qaramay, "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatni saqlab turibdi.

"Al Ayn" ham kuchli o'yin ko'rsatdi deb bo'lmaydi, faqat ularning slovakiyalik legioneri Miroslav Stox bir vaziyatda kuchli va aniq zarba yo'llab, "Paxtakor" darvozasiga to'p kiritdi. Keyinchalik bu futbolchi hakamlarga etiroz bildirgani uchun "qizil" olib chetlatildi. SHunga qaramay, "Al Ayn" 20 daqiqadan ko'proq bir kishi kam bo'lib o'ynagan bo'lsa-da, kichik hisobdagi g'alabani saqlab qola oldi.

Guruhdagi narigi bellashuvda esa "Naft Tehron" "Al SHabab"ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag'lub etdi. Endi navbatdagi tur o'yinlari 7 aprel kuni o'tkaziladi. Guruh peshqadami "Al Ayn" ikkinchi o'rinda borayotgan "Paxtakor"ni qabul qilsa, oxirgi o'rinni egallab turgan "Al SHabab" o'z maydonida "Naft Tehron" bilan kuch sinashadi.

SO'Z
- Bizda nafaqat Krimec yoki Hoshimov, balki Merzlyakov ham o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. Tan olamiz, himoyada xatolar ko'p va ularni bartaraf etish ustida ishlaymiz (Samvel Babayan "Paxtakor" himoyasidagi xatolar xususida).

3-tur. 18 mart
"Paxtakor" - "Al Ayn" 0:1
"Naft Tehron" - "Al SHabab" 2:1

JADVAL

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Al-Ain 3 1 2 0 2 - 1 1 5
2 Pakhtakor Tashkent 3 1 1 1 4 - 4 0 4
3 Naft Tehran 3 1 1 1 4 - 4 0 4
4 Al Shabab 3 0 2 1 3 - 4 -1 2


Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 7 aprel
"Al Ayn" - "Paxtakor"
"Al SHabab" - "Naft Tehron"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика