So’nggi yangiliklar

08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  2 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0

OCHL-2021. "Paxtakor" to'rtinchi marta durang o'ynadi va guruhda qolib ketishi aniq bo'ldi Yangiliklar

OCHL-2021. "Paxtakor" to'rtinchi marta durang o'ynadi va guruhda qolib ketishi aniq bo'ldi

OCHL-2021 guruh bosqichi doirasidagi "Traktor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


OCHL. Guruh bosqichi. 5-tur
"Traktor" (Eron) - "Paxtakor" (O'zbekiston) - 0:0
26 aprel 2021 yil. SHarja. "SHarja" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Hussayn Abu Yahyo (Livan), Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Rovaimi (Bahrayn), Navaf SHukralla (Bahrayn).
Nazoratchi: Holid Xinay (Oman).
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).

"Traktor": 1.Muhammadrizo Axbori, 3.Muhammadrizo Xonzoda, 4.Hadi Muhammadi, 8.Hamid Buhamdan, 9.Peyman Boboyi (48.Said Muhammad, 88), 10.Saman Narimonjahon, 11.Mehdi Tikdari, 14.Meysam Temuriy (18.Ali Fathi, 77), 15.Abulfazl Razzoqpur, 21.Ashkan Dejaga (55.Peyman Keshavarzi, 68), 34.Milad Faxriddini (99.Muhammad Qodiriy, 77).

Zaxira: 23.Habib Farabbosi, 6.Akbar Imani, 7.Masud SHojayi, 30.Said Vaseyi, 33.Muhammad Abboszoda, 77.Muhammad Muslimpur, .

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 15.Egor Krimec (S), 34.Farruh Sayfiev, 19.SHarof Muhitdinov (21.Abror Ismoilov, 56), 27.Sardor Sobirxo'jaev (14.Humoyunmizo Iminov, 87), 18.Hojimat Erkinov ( 42.Abbosbek Fayzullaev, 68), 10.Dragan CHeran, 28.Diyor Xolmatov (8.Azizbek Turg'unboev, 56), 9.Eren Derdiyok (17.SHerzod Temirov, 68).

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 6.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 16.Marlen CHobanov,88.SHahzod Azmiddinov, 99.Po'latxo'ja Xoldorxonov. 

Ogohlantirishlar: Ashkan Dejaga 18,



YANGILASH



90+5. Uchrashuv yakunlandi "Paxtakor" "Traktor" bilan durang o'ynadi va guruhdan chiqa olmasligi oydinlashdi!

90+1. Bu orada "Traktor" futbolchisi maydonga yotib vaqt cho'zmoqda, uni to'g'ri reanimaciyaga olib ketishsa kerak... 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

88. ZARBAAAA! Burchak to'pidan keyin Krimec bosh bilan sherigiga to'p uzatdi, Fayzullaevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

87. O'zgarish. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Iminov tushdi

84. UXXX! "Traktor"ning hujumi, Boboyi o'ng tomondan to'pni jarima maydoniga erlatib uzatdi, Narimonjahonning zarbasi noaniq ketdi!

80. "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra etirozlar uchun ogohlantirildi

77. O'zgarishlar. "Traktor". Temuriy va Fahriddini o'rniga Fathi va Qodiriy tushdi 

72. ZARBAAAAAA! CHeranning birga-bir vaziyatda tepgan to'pini Axbori qaytardi, raqib posboni hujum davomida Temirovning zarbasidan keyin ham xavfni bartaraf etdi

68. O'zgarishlar. "Paxtakor". Derdiyok o'rniga Temirov tushdi, Erkinov o'rniga Fayzullaev tushdi

68. O'zgarish. "Traktor". Dejaga o'rniga Keshavarzi

58. ZARBAAAAAAAAA! Narimonzodaning kuchli zarbasidan keyin yana Quvvatov to'pni qaytardi!

57. ZARBAAAAAAAAAA! "Traktor"ning xavfli hujumi, Dejaganing zarbasi noaniq! 

56. O'zgarishlar. "Paxtakor". Xolmatov va Muhitdinov o'rniga Turg'unboev va Abror Ismoilov tushdi

53. ZARBAAAAAAAAAA! SHarof Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Axbori to'pni qaytardi!

51. ZARBAAAAAAAAAAAA! Dejaganing kuchli zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi! Ajoyib seyv!

47. UXXX! SHarof Muhitdinovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Axbori qaytardi!

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. "Traktor"da jarima to'pi Dejaganing jarimadan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytardi! 

41. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Diyor Xolmatovdan shedevr to'p uzatish va Derdiyok to'pni darvozaga yo'lladi, biroz noaniq! Juda xavfli hujum! 

38. "Traktor"da jarima to'pi, Dejaganing jarimadan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

30. Uchrashuvning 30 daqiqasi ortda qoldi, juda ham lanj o'yin davom etmoqda

23. "Traktor"ning hujumi, chap qanotdan Razzoqpur oshirgan to'pni Quvvatov osongina ushlab oldi

20. UXX! Erkinov to'pni egallashda raqibga nisbatan xavfli o'ynadi, uning oyog'i raqibga tegmadi ham, biroq Hadi Muhammadi boshi yorilgandek maydonga quladi. "Oskar"da yil aktyori nominaciyasini berish kerak shu futbolchiga

18. Ogohlantirish. "Traktor". Ashkan Dejaga

17. CHap qanotdan Sayfiev to'pni uzatdi, Derdiyok to'pni egallab oldi va... va to'pni oldirib qo'ydi. Evropadan palon pulga kelgan hujumchi bu!

17. To'p nazorati "Paxtakor"da, biroq xavfli vaziyatlar deyarli yo'q

16. Dragan CHeran o'ng qanotdan oldinga o'tdi va bir raqibni aldadi, biroq to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi

10. Erkinov o'ng qanotdan oldinga bordi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, darvozabon o'z o'rnida

9. "Paxtakor" ketma ket ikki marta burchak to'piga ega bo'ldi, sal qolsa "Traktor" qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi

7. ZARBA! Sayfievning xatosidan keyin Boboyi jarima maydoni ichidan zarba berdi, noaniq va kuchsiz zarba

3. Diyor Xolmatov chap qanotdan oldinga o'tishga urindi, himoyachi uni yiqitdi, biroq hakam jim

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: -100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика