So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  1 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

OCHL. "Temiryo'lchilar"ning debyuti o'xshamadi: "Al Hilol" - "Lokomotiv" 3:1 Yangiliklar

OCHL. "Temiryo'lchilar"ning debyuti o'xshamadi: "Al Hilol" - "Lokomotiv" 3:1

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Osiyo CHempionlar ligasi-2015
“C” guruhi, 1-tur
25 fevral 2015. Ar-Riyod. “Qirol Fahd” stadioni.
“AL HILOL” – “LOKOMOTIV” 3:1

Gollar:
Saud Kariri 10, - 1:0 (Tiago Neves).Yusuf Salim 14, - 2:0 (Yosir Al SHahroni).Sardor Mirzaev 39, - 2:1 (Sanjar SHoahmedov).Tiago Neves 70, - 3:1 (Salmon Al Faraj)

Hakamlar:
Kim Jon Xyok, Jeong Xae Sang, Yun Kvang Yeol, Kim Dae Yong (barchasi – Janubiy Koreya)
Nazoratchi:
Umar Abu Lum (Iordaniya)
Uchrashuv komissari:
Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)

“AL HILOL”:
28.Abdulloh Al Sdayri, 7.Tiago Neves, 12.Yosir Al SHahroni, 13.Salman Al Faraj, 14.Saud Kariri, 16.Yusuf Al Salim (25.Faysal Darvish, 82), 19.Xolid Kaabi, 23.Kvak Tae Xvi, 26.Diago, 77.Georgios Samaras (11.Abdulaziz Al Davsari, 63).
“LOKOMOTIV”:
44.Abror Karimov, 3.SHavkat Mullajonov (16.Jasur Hasanov (kichik) 62), 7.Ruslan Koryan, 8.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (77.Jasur Hasanov (katta) 58), 13.Lutfulla To'raev (9.Dilshod Rahmatullaev, 75), 18.Timur Kapadze, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 31.Nemanya Yanichich, 33.Oleg Zoteev.

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH


90+3. Uchrashuv yakunlandi "Lokomotiv" guruh bosqichini mag'lubiyat bilan boshladi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi 

86.
Faysal Darvishning zarbasi yo'liga Islom To'xtaxo'jaev to'g'anoq bo'ldi

84.
Mezbonlarda jarima to'pi. 26 metrlardan yo'llangan zarba jonli devorga tegib maydonni tark etdi

82. O'zgarish. "Al Hilol".
Yusuf Al Salim o'rniga Faysal Darvish tushdi

80.
Kichik Jasur Hasanovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Koryan boshi bilan darvozagy yo'lladi, Sdayri o'z o'rnida

77.
Jasur Hasanov burchak to'pini amalga oshirdi, darvozabon to'pni qaytardi

75. O'zgarish. "Lokomotiv".
Lutfulla To'raev o'rniga Dilshod Rahmatullaev tushdi

70. GOL! 3:1. Tiago Neves! Salmon Al Farajning pasidan so'ng Tiago darvozaning uzoq bqori burchagini nishonga oldi.

68. Raqibning xavfli hujumini Yanichich qaytarishga muvaffaq bo'ldi!

66.
Koryanda yaxshi imkoniyat paydo bo'lgandi, biroq u Diagoga nisbatan qo'pol o'ynadi.

64.
Katta Jasur Hasanov jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni Sdayri qaytarib yubordi.

62. O'zgarish. "Al Hilol".
Georgios Samaras o'rniga Abdulaziz Al Davsari tushdi

61. O'zgarish. "Lokomotiv".
SHavkat Mullajonov o'rniga Jasur Hasanov (kichik) tushdi

58. O'zgarish. "Lokomotiv".
Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga katta Jasur Hasanov tushdi

54.
Tiago Neves 36 metrdan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, ancha noaniq.

52. Ogohantirish. "Lokomotiv".
Lutfulla To'raev

49.Ogohlantirish.
"Al Hilol". Salmon Al Faraj

48.KORYANNNNNNN! Lutfulla To'raevning ajoyib pasidan so'ng hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi, Ruslanning bergan zarbasi to'g'ri darvozabonga bordi!

47.
Abduxoliqov hujumda qoida buzdi. "Loko" ikkinchi bo'limni faol boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 2:1.

45+1.
Tiago Neves jarima to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi



40.Ogohlantirish.
"Al Hilol". Yusuf Al Salim

39. CHap qanotdan boshlangan hujumni SHoahmedov markazga ko'chirdi, Sardor Mirzaevning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'qqizligiga kirib ketdi - 2:1.Super gol!

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:1! SARDOR MIRZAEV!

37. Xavfli vaziyat! Samarasning chiroyli pasidan so'ng Xolid Kaabi jarima maydoni ichidan zarba berishga urindi, To'xtaxo'jaev yaxshi o'ynadi! 

35. Ogohlantirish.
"Lokomotiv". Islom To'xtaxo'jaev

33. "Al Hilol" tezkor qarshi hujum tashkil qildi, Tiago Nevesning to'p uzatishi noaniq chiqdi. Raqibning hujumlari juda ham xavfli chiqmoqda!

32.
Mirzaevning havolatib uzatgan to'pini bo'ydor hujumchilar qaytarishdi.

30.
Zoteev jarima to'pi ishladi. Uni Kariri yiqitdi.

28.
Abduxoliqov raqib jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, juda noaniq.

27.
Tiago Nevesning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

25.
"Loko" jarima to'piga ega bo'ldi. Sardor Mirzaevning oshirib bergan to'pini posbon ikkinchi urinishga ushlab oldi.

23. Abduxoliqov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, o'xshamadi.

21.
Zoteevning pasidan so'ng Temurxo'ja zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

18.
Abduxoliqov darvozaga zarba berdi, to'pni Al Sdayri ushlab oldi.



14. GOL! 2:0. Yusuf Salim o'ng qanotdan Yosir Al SHahroni tomonidan oshirilgan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:0.

12.
Ruslan Koryan burchak to'pini amalga oshirdi, to'pni himoyachilar qaytarishdi.

10. GOL! 1:0. Saud Kariri burchakdan Tiago Nevesning oshirgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Abror Karimovning xatosi

7.SAMARAS! Uch nafar futbolchidan qochib ketgan grek darvozaga zarba berdi, noaniq! Juda va xavfli vaziyat!


6. "Al Hilol" to'pni o'zida ushlab turibdi va pozicion hujum tashkil etmoqda. 

3. Sanjar SHoahmedov raqib jarima maydoni yonida to'pni olib qo'yib sheriklariga uni uzatishga urindi, Abduxoliqovga to'p etib bormadi

2. Dastlabki hujum. CHap qanotdan Oleg Zoteev to'pni sheriklariga uzatdi. Anchagina noaniq

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Bugun Vadim Abramov darvozaga qishda "Olmaliq"dan olingan darvozabon Abror Karimovni asosiy tarkibga kiritgan. Yosh darvozabon o'zini yo'qotib qo'ymaydi degan umiddamiz.

- O'zbekistonning qolgan klublari kabi "Lokomotiv"dan ham ijobiy natija kutib qolmiz. Olg'a "temiryo'lchilar"!

- Ikkala jamoa maydonga tushishga tayyor, "Lokomotiv" klubi bugun OCHL guruh bosqichida o'z debyutini nishonlaydi.

- Uchrashuv soat 22:30da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика