So’nggi yangiliklar

17:02ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона пастлади  5 16:49"Машъал" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  0 16:40Ислом Исмоилов иштирокидаги матбуот анжумани ўтказилмоқда  2 16:05Ўзбекистон терма жамоаси афсонаси Қозоғистон жамоасини бошқарадими?  4 15:37"Аҳал" ОЧЛ-2'даги уй учрашувини Эронда ўтказади  3 15:16Қозоғистон футзал термаси устози Кака: "Бизда легионерлардан Игита билан Эдсон қолди"  0 14:54Фабио Каннаваро Қаршидаги футбол академияси билан танишди  12 14:32Ўзбекистон Кубоги финалида жамоалар қандай рангдаги либосларда ўйнашига аниқлик киритилди  1 14:14Футзал бўйича Олий лига 4-тур учрашувларига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум  0 13:59"Олимпик"нинг 11 ўйинлик мағлубиятли серияси якун топган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:40Испания футбол федерацияси президенти АҚШда бўлиб ўтадиган "Вильярреал" – "Барселона" учрашувига муносабат билдирди  9 13:12ФИФА Трампнинг ЖЧ-2026 ўйинлари Бостондан кўчирилиши ҳақидаги баёнотига жавоб берди  3 12:43"Насаф" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:17Буни кўриш керак. Ўзбекистон футзалда ҳам Қозоғистонни мағлуб этди  2 12:10"Сўғдиёна" футболчисига Германиянинг қайси клуби қизиқаётгани маълум  4

OCHL. "Paxtakor" "SHabab Al Ahli" bilan durang o'ynadi va so'nggi turdan oldin ikkinchi o'rinni saqlab qoldi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" "SHabab Al Ahli" bilan durang o'ynadi va so'nggi turdan oldin ikkinchi o'rinni saqlab qoldi

Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "SHabab Al Ahli" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


 OCHL-2020, 5-tur, "B" guruhi
"SHabab Al Ahli" (BAA) - "Paxtakor" (O'zbekiston) - 0:0
Hakamlar:
Muhammad Taqi Al Jaafari, Ronni Koh Min, Abdul Hannan bin Abdul, Mohd Amirul Izvan (barchasi Singapur)
Nazoratchi: Ismoil Adnan (Iordaniya)

"Paxtakor": 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 15.Egor Krimec (S), 34.Farruh Sayfiev, 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (21.Abror Ismoilov, 72), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 65), 10.Dragan CHeran, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeev (77.Eren Derdiyok, 72).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akrom Komilov, 6.Alisher Salimov, 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Asadbek Sobirjonov, 18.Xojimat Erkinov, 29.Vladimir Kozak, .

"SHabab Al Ahli": 55.Majid Nosir, 9.Abdulaziz Haykal, 21.Muhammad Jaber, 5.Volid Abbos, 37.Ahmad Jamil, 78.Eyd Hamis ( 77.Ahmad Alhashmi, 53) (10.Pedro Konde, 76), 15.Abdulla Naqbi (6.Azizjon G'aniev, 62), 88.Majid Hassan, 34.Harib Abdulla (30.Muhammad Juma, 62), 3.Karlos Eduardo, 11.Ahmad Halil.
Zaxira: 17.Hassan Hamza, 2.Salmin Hamis, 7.Ismoil Hammadi, 16.Said Ahmad, 62.Abdulaziz Sanqur, 66.Saud Abdulrazzoq,.

Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo'jaev 7, Volid Abbos 46, Abdulaziz Haykal 49, Karlos Eduardo 78, Abror Ismoilov 85.




Shabab Al-Ahli Dubai FC

AFC Champions League Grp. B . 5-tur

21/09/2020, 00:00

0
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
46'  Walid Abbas
49'  Abdelaziz Hussain
53'  Eid Khamis Eid (Ahmed Al Hashmi)
62'  Abdalla Al Naqbi (Azizjon Ganiev)
62'  Harib Abdalla Suhail (Mohammed Juma Eid)
76'  Ahmed Al Hashmi (Pedro Conde)
78'  Carlos Eduardo
7'  Sardor Sabirkhodjaev
65'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
72'  Sardor Sabirkhodjaev (Abrorbek Ismoilov)
72'  Igor Sergeev (Eren Derdiyok)
85'  Abrorbek Ismoilov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. O'yin tugadi! "SHabab Al Ahli" - "Paxtakor" 0:0

90+4. UXXXXXXX! SAL QOLDI! Azamov to'pni qaytarishda xato qildi, Suyunov yaxshiyam to'pni tepib yubordi 

90. ZARBAAAAA! Jarima to'pidan keyin SHerzod Azamov boshi bilan noaniq zarba berdi!

90. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! Eren Derdiyokning birga bir vaziyatdan to'pni darvozabonga tepdi! SHveycariyadan legioner hujumchi olib kelib bunday o'ynatish bilmadim...




87. UXXXXX! CHap qanotdan Sayfievning uzatgan ajoyib to'p uzatishiga CHeran ham, Derdiyok ham eta olmadi! 

85. Ogohlantirish. "Paxtakor". Abror Ismoilov

84. ZARBAAAAAAAAAAAA! Eren Derdiyok ikki metrdan noaniq zarba berdi! 




84. ZARBAAAAAAAAA! Dragan CHeranning kuchli zarbasini posbon qaytardi! 

78. Ogohlantirish. "SHabab Al Ahli". Karlos Eduardo

76. O'zgarish. "SHabab Al Ahli". Ahmad Alhashmi o'rniga Pedro Konde tushirildi

72. O'zgarishlar. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov, Sergeev o'rniga Derdiyok tushirildi

70. ZARBAAAAA! "SHabab" burchak to'piga ega bo'ldi, Darvoza ustuni! Burchakdan uzatilgan to'p ustunga tegib qaytdi!

69. ZARBA! G'aniev Sobirxo'jaevdan to'pni olib qo'ydi va sherigi darvoza tomon zarba berdi, noaniq!

65. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga Sidiqov tushirildi

64. ZARBAAAAA! Raqibning xavfli hujumidan so'ng Eldor Suyunov to'pni qaytardi

62. O'zgarishlar. "SHabab Al Ahli". Abdulla Naqbi o'rniga Azizjon G'aniev, Harib Abdulla o'rniga Muhammad Juma tushdi

61. "Paxtakor" burchak to'pidan samara chiqara olmadi

58. Xavfli vaziyat! Sayfievning chap qanotdan uzatgan to'piga Sergeev ulgurmadi! 

56. ZARBAAAAAA! Masharipov uzatgan to'pni Hamdamov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Noaniq! 




53. O'zgarish. "SHabab Al Ahli". Eyd Hamis o'rniga Ahmad Alhashmi tushirildi

53. ZARBA! Sergeevning zarbasidan keyin to'pni Majid Nosir qaytardi

50. Masharipov jarima to'pini amalga oshirdi, darvozabon to'pni qaytardi, keyingi vaziyatda Krimec o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

49. Ogohlantirish. "SHabab Al Ahli". Abdulaziz Haykal

46. Ogohlantirish. "SHabab Al Ahli". Volid Abbos 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Tanaffus, hozircha 0:0

45+2. ZARBA! Masharipov uzatgan to'pni Sergeev jarima maydoni tashqarisidan darvozaga yo'lladi, noaniq!

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

45. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Ahmad Halilning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib chiqib ketdi! 


44. SHerzod Azamov raqibni yiqitdi va "SHabab" xavfli jarima to'piga ega bo'ldi

43. ZARBAAAAAA! Masharipovning chap qanotdan uzatgan to'pini Hamdamov boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

39. UXXXX! "Paxtakor"ning "shturmi", Sobirxo'jaevning kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Alijonov noaniq tarzda yo'lladi!



38. ZARBA! Dragan CHeranning bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

36. ZARBA! Ahmad Halilning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

33. ZARBAA! Masharipovning uzatgan to'pi himoyachilardan qaytdi, Sobirxo'jaevning zarbasi esa ancha noaniq ketdi

33. Sobirxo'jaev raqib tomonidan yiqitildi va jarima to'pi ishlab oldi

29. ZARBAAA! Dragan CHeranning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi jonli devordagi futbolchiga tegib qaytdi!

26. ZARBA! Dragan CHeranning zarbasi himoyachiga tegib boshqacha traektoriya hosil qilib darvozaga bordi, Majid Nosir to'pni qaytarib yubordi

21. "Paxtakor" burchak to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni darvozabon qo'lidan chiqarib yubordi, ammo uning yonida o'z sheriklari bor edi

15. "SHerlar" katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda, biroq yakuniy zarba yo'q, hozircha

12. "Paxtakor" jarima to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'p raqib posboniga nasib etdi

11. Xavfli vaziyat! Masharipov oldinga o'tib chap tomondagi Sayfievga to'pni qoldirdi, Farruhning havodan uzatgan to'pini posbon ushlab oldi

10. UXXX! "SHabab"ning hujumi, Abdulla Naqbi to'pga eta olmadi, Suyunov o'z o'rnida 

10. CHeranning to'p uzatishini Hamdamov tushunmadi va hujum to'xtab qoldi

8. "SHabab" futbolchisi Majid Hassanga shifokorlar yordam ko'rsatishdi

7. Ogohlantirish. "Paxtakor". Sardor Sobirxo'jaev

3. Uchrashuv avvalida to'p bilan muomala qilishda "Paxtakor" tashabbusga ega

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика