OCHL. "Persepolis" dastlabki yarim finalchi

Xayrulla Xoliqov
17 sen 2018, 21:48
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/4 final javob uchrashuvlariga start berildi.

O'z maydonida Qatarning "Al Duhayl" klubini qabul qilgan Eronning "Persepolis" klubi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dohada o'tkazilgan birinchi bahsda forslar 0:1 hisobida mag'lub bo'lishgandi. Ammo javob o'yinida ikkita to'p farqi bilan qo'lga kiritilgan g'alaba "Pesepolis"ga yarim final eshiklarini ochdi. Shunday qilib "dahshatli" ko'ringan "Al Duhayl" o'z ishtirokini chorak finalda tugatdi.

"Persepolis" esa birinchi bo'lib yarim finalga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia