OCHL. "Persepolis" dastlabki finalchi

Xayrulla Xoliqov
23 okt 2018, 22:10
Osiyo chempionlar ligasining dastlabki yarim final javob uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Tehrondagi "Ozodi" stadionida "Persepolis" Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qildi. O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Avvaliga 17-daqiqada mehmonlar hujumchisi Bagdad Bunedja hisobni ochgandi. Ammo 49-daqiqaga kelib hisob tenglashdi. Bu vaziyatda Siamak Nemati raqib darvozasiga to'p kiritdi.



Ma'lumki, birinchi o'yin 1:0 hisobida "Persepolis" foydasiga hal bo'lgandi. Javob uchrashuvidan keyingi ijobiy natijadan so'ng eronliklar ushbu nufuzli musobaqaning finaliga yo'l olishdi. Ikkinchi finalchi esa ertaga ma'lum bo'ladi. Quvonarlisi shundaki, bugun bo'lib o'tgan uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik referilar boshqarib borishdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia