So’nggi yangiliklar

23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  3 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  6 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  72 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  9 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  1 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2

OCHL. "Paxtakor" g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" g'alabani qo'ldan chiqardi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "SHarja" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"Paxtakor" – "SHarja" 1:1

Hakamlar: Fu Min, Van Deshin, Ju Fei, Ma Nin (Xitoy). 

Nazoratchi: Suresh Srinivasan (Hindiston). 

Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).

Gollar: Eren Derdiyok 59' – Muhammad Xalfan 87'

"Paxtakor": 32. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov (s), 23. SHerzod Azamov, 34. Farruh Sayfiev, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 19. SHarof Muhitdinov, 28. Diyor Xolmatov (6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 79), 18. Hojimat Erkinov, 10. Dragan CHeran, 9. Eren Derdiyok (21. Abror Ismoilov, 79).

Zaxira: 25. Eldorbek Suyunov, 8. Aziz Turg'unboev, 14. Humoyunmirzo Iminov, 16. Marlen CHobanov, 17. SHerzod Temirov, 42. Abbosbek Fayzullaev, 88. SHahzod Azmiddinov, 99. Po'latxo'ja Xoldorxonov.

"SHarja": 40.Odil Al Husani, 4.SHahin Abdalla (s), 7.Kayo, 8.Muhammad Abdulbasit, 14.Holid Bavazir, 17.Ali Muhammad, 18.Abdalla G'anim, 19.Holid Ibrohim, 23.Salim Solih, 27.Luan Pereyra, 29.Otabek SHukurov.

Zaxira: 12.Humud Muhammad, 3.Alhasan Solih, 5.Hamad Jasim, 11.Saif Rashid, 13.Salim Sulton, 15.Abdulaziz Kaabi, 25.Said Kaabi, 38.Muhammad Xalfan, 79.Abdulrahmon Juma, 10. Igor Koronado.

Ogohlantirishlar: SHarof Muhitdinov (10), Ali Muhammad (64), Sardor Sobirxo'jaev (67), Farruh Sayfiev (80).


O'yin 1-1 hisobida yakunlandi! 

90+2. Zarba!  SHarof Muhitdinovning erlatib yo'naltirilgan zarbasi darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. Eh, SHarof Muhitdinovning yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.  

87. GOL!  Zaxiradan maydonga tushgan Muhammad Xalfan hisobni tenglashtirdi – 1:1.  

85. Zarba!  Erkinovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

84. "SHarja"da o'zgarish: Salim Solih o'rniga Muhammad Xalfan o'yinni davom ettiradi. 

80. Hakam bilan ko'p tortishgan Farruh Sayfiev ogohlantirish oldi. 

79. "Paxtakor"da 2 ta almashtirish: Derdiyok o'rniga Abror Ismoilov, Diyor Xolmatov o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'yinga qo'shildi. 

77. "SHarja" jarima maydoni ichida kichik tortishuv yuzaga keldi, hakam vaziyatga aralashdi.

73. "SHarja"da o'zgarish: Muhammad Abdulbasit o'rniga Saif Rashid tushdi.

67. Uuux!  Sobirxo'jaev SHukurovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

64. O'ng qanot orqali tezlik olgan Erkinov Ali Muhammad tomonidan yiqitildi, aybdorga sariq ko'rsatildi. 

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Derdiyok!   Alijonovning zarbasi yo'liga shunchaki oyog'ini qo'ygan Eren Derdiyok hisobni ochdi – 1:0!   

54. "SHarja" ikkinchi bo'limni juda faol boshladi, "Paxtakor" ham jonlanishi lozim. 

50. Zarba!  Alijonovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi juda xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.  

49. Holid Bavazir chap qanotdan oldinga borib, ichkariga pas uzatishni istadi, biroq  ungacha to'p maydonni tark etishga, Bavazir esa yiqilib tushishga ulgurdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi — 0:0. 

Fu Min birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi. 

45. Zarbaaa!  Diyor Xolmatovning chamasi 12 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

43. Sayfiev chap qanotda SHahin Abdallani aldab o'tmoqchi bo'ldi, biroq "SHarja" sardori uni qo'pollik evaziga to'xtatdi, jarima. 

41.Sayfiev o'ng qanotdan Xolmatovni oldinga boshladi, uning uzatmasini himoyachilar bartaraf qilgandek ko'rinishdi, biroq Derdiyok to'pga egalik qilib, zarba yo'lladi, to'p raqib orqali maydonni tark etdi, burchak to'pi.

37. Uuuux!  Kayo uyg'ondi!  Uning zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 


35. Luan Pereyra himoyadan hujumga chiqib bordi, yakunda Kayoga bergan uzatmasini Anzur Ismoilov egallab olib, Pereyraning shuncha qilgan mehnatini barbod qildi.   

32. O'yinning ko'p qismida "Paxtakor" to'pga egalik qilmoqda, raqib esa juda yopiq o'yin namoyish qilyapti, bu xavfli ham tuyulmoqda. 

28. Hojiakbar Alijonov ijrosida juda noaniq zarbani ko'rdik. To'p stadion tashqarisiga chiqib ketgan bo'lishi ham mumkin. 

25. Tinib-tinchimas Kayo bugun zararsizlantirilgan. "Paxtakor" o'yinchilari unga astoydil qarshilik ko'rsatishmoqda. 

20. Diyor Xolmatovning havolatib uzatgan pasidan so'ng Hojimat Erkinov bosh bilan darvozani poylashga urindi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi. Ikki yosh futbolchining faolligi "Paxtakor"ga gol muvaffaqiyat keltirishi mumkin edi... 

17. Uuuuux!  Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan pasidan keyin CHeran zng oyoqda zarba berdi, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. Eh, attang. 

15. Zarba!  Alijonov o'ng qanotdan uzatmani amalga oshirmadi va kutilmaganda zarba yo'lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan bo'lsa-da, zarbarni qaytardi. 

10. SHarof Muhitdinov maydon markaziga yaqin hududda to'pni yo'qotdi va qarshi hujumga o'tib ketayotgan raqibiga nisbatan qoidani buzdi. Hakam Muhitdinovga sariq kartochka ko'rsatdi. 

6. Zarba! Hojimat Erkinov yaqin masofadan qulay imkoniyatga ega bo'ldi, uning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pdan keyin Derdiyok darvozani nishonga olishga urindi, ammo noaniq.  

3. Hojimat Erkinov o'ng qanotda ikki nafar raqib qarshisida qoldi va kichik qo'pollik ishlatdi. 

1. O'yin boshlandi! 

Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика