So’nggi yangiliklar

15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  7 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20

OCHL. "Paxtakor" - "Istiqlol" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" - "Istiqlol" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar

Bugun G'arb mintaqasida Osiyo chempionlar ligasining 1/8 final bahslariga start beriladi.

Saudiya Arabistoni klubi "Al Hilol" OFK qaroriga ko'ra musobaqadan diskvalifikaciya qilingach, "B" guruhi etakchisi sifatida "Paxtakor" keyingi bosqichga yo'l oldi va bugun chorak final yo'llanmasi uchun "A" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs olib boradi. 

Soat 22:45da start oladigan mazkur to'qnashuv ham Dohadagi "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi. Quyida bellashuvga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

- Bu "Paxtakor" va "Istiqlol" o'rtasidagi uchinchi to'qnashuv bo'ladi. Oxirgi marta jamoalar 2011 yil OCHL guruh bosqichida o'zaro kurash olib borishgandi.

- "Paxtakor" 2010 yildan beri ilk bor guruh o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab keyingi bosqichga yo'l oldi. O'n yil oldin jamoa 1/8 finalda Qatarning "Al Garafa" klubiga qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.

- Yana bir malumot shuki, o'zbek klublari orasida bungacha so'nggi bor 2016 yil "Lokomotiv" guruhdan chiqqan. Mana endi oradan to'rt yil o'tib "Paxtakor" bu ishni uddaladi.

- "Istiqlol" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa Eronning eng mashhur ikkita jamoasidan biri hisoblanadi. Yana biri esa "Persepolis". Eronda "Istiqlol" va "Persepolis" o'rtasidagi bahslar "El klasiko" maqomida kechadi va Tehron derbisi deb nomlanadi. 

- "Istiqlol" OCHLda ishtirok etishni boshlaganidan beri oltinchi marta keyingi bosqichga yo'l oldi. Jamoa bu borada "Persepolis" bilan bir xil ko'rsatkichga ega.

- "Paxtakor" tarkibida Jaloliddin Masharipov eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchi bo'lib turibdi. SHuningdek, eng muvaffaqiyatli dribling ham Masharipovda. 

- "Istiqlol" safida esa Ali Karimi etakchilikni qo'lga olgan. Ushbu futbolchi "Al Ahli" bilan kechgan bahsda o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. Uning hisobida Osiyo chempionlar ligasida 19ta o'yin bor. 

- Raqib tarkibidagi yana bir istedodli futbolchi bu 10-raqamdagi Mehdi Gaedi. Juda tezkor va aldamchi harakatlari bilan raqibni shoshirib qo'ya oladigan Gaedi 1998 yilda tug'ilgan va bo'yi ham baland emas: 166 sm. SHunga qaramay bu o'yinchidan juda ehtiyot bo'lish kerak. 

- "Paxtakor" 11 bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek 11 marta O'zbekiston Kubogida zafar quchgan. 

- "Istiqlol" esa 8 marta Eron chempioni bo'lgan va 7 bor Prezident Kubogida zafar quchgan. "Istiqlol" oxirgi marta 2013 yil Eron chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan. 

- "Paxtakor" o'z tarixida 16-marta OCHL bahslarida ishtirok etyapti. Jamoaning eng yaxshi natijasi 2002/03 va 2004 yilgi mavsumlarda qayd etilgan. O'shanda "Paxtakor" musobaqaning yarim finaligacha borgandi. 

- "Istiqlol" OCHLda eng yaxshi natijasini 2013 yil qayd etgan. O'shanda tehronliklar yarim finalga qadar borib Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bilan kechgan bahsda imkoniyatni boy bergandi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика