So’nggi yangiliklar

17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  0 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  4 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  18 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  8 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  2 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  6

OCHL. "Paxtakor" dastlabki turda "Al Ayn"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" dastlabki turda "Al Ayn"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Osiyo CHempionlar Ligasi 1-turidan o'rin egallagan "Paxtakor" – "Al Ayn" uchrashuvi yakunlandi.

Osiyo CHempionlar Ligasi

1-tur

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00

"Paxtakor" (O'zbekiston) – "Al Ayn" (BAA) 0:3

Gollar: Kodjo Laba (Bandar Al Ahbabi) 11', 66', Xolid Al Balushi (Kodjo Laba) 25'

Bosh hakam: Ko Xyung Jin (Koreya)

Yordamchi hakamlar: Yon Jae Yol, Park Sang Jun (ikkisi – Koreya)

Zaxira hakami: CHae Sang Xyop (Koreya)

VAR hakami: Kim Jong Xyok (Koreya)

AVAR: Kim Dae Yong (Koreya)

Nazoratchi: Komalesvaran Sankar (Hindiston)

Komissar: Li Yon Kyu (Koreya)

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Dostonbek Tursunov (88.SHahzod Azmiddinov 46'), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (77.Dilshod Saitov 72'), 10.Dragan CHeran (s), 19.Pshemislav Banashak, 27.Sardor Sobirxo'jaev (2.Behruz Asqarov 82'), 28.Diyor Xolmatov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov 59'), 30.Metyu Stinvorden, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 1.Nikita SHevchenko, 36.Pavel Pavlyuchenko, 6.Muhammadali O'rinboev, 9.Mixal Kuxarchik, 17.Dostonbek Hamdamov, 40.Kimi Merk, 

"Al Ayn": 17.Xolid Eysa, 3.Kuame Autonne, 5.Park Yung Vu, 6.Yahyo Nodir (22.Falah Valid 64'), 9.Kodjo Laba (90.Eysa Xalfan 81'), 10.Alexandro Romero (30.Hazim Abbos 90+2'), 11.Bandar Al Ahbabi, 15.Erik Menezes, 16.Xolid Al Hashemi, 18.Xolid Al Balushi (8.Muhammad Abbos 46'), 21.Sofyan Rahimi (13.Ahmed Barman 81').

Zaxira: 1.Muhammad Busanda, 12.Sultan Al Mantari, 4.Muhammad SHaker, 27.Sulton Al SHamsi, 44.Said Juma, 66.Mansur Said.

Ogohlantirishlar: Kuame Autonne 43', SHahzod Azmiddinov 62', Muhammad Abbos 62', Hojiakbar Alijonov 68', Park Yung Vu 80', Po'latxo'ja Xoldorxonov 81', Bandar Al Ahbabi 84', Pshemislav Banashak 88' Ahmed Barman 90'

Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Grp. A . 1-tur

19/09/2023, 19:00

3
:
0
Tugadi

Al-Ain

Kodjo Laba - 11', Khalid Al Baloushi - 25', Kodjo Laba - 66'

45'
90'
46'  Dostonbek Tursunov (Shahzod Azmiddinov)
59'  Diyor Kholmatov (Polatkhoja Kholdorkhonov)
62'  Shahzod Azmiddinov
68'  Khoziakbar Alidzhanov
72'  Azizbek Turgunbaev (Dilshod Saitov)
81'  Polatkhoja Kholdorkhonov
82'  Sardor Sabirkhodjaev (Bekhruz Askarov)
88'  Przemyslaw Banaszak
11'  Kodjo Laba
11'  Bandar Al Ahbabi
25'  Khalid Al Baloushi
25'  Kodjo Laba
43'  Kouame Autonne
46'  Khalid Al Baloushi (Mohammed Al Baloushi)
62'  Mohammed Al Baloushi
64'  Yahia Nader (Falah Waleed)
66'  Kodjo Laba
66'  Yong-Woo Park
80'  Yong-Woo Park
81'  Soufiane Rahimi (Ahmed Barman)
81'  Kodjo Laba (Eisa Khalfan)
84'  Bandar Al Ahbabi
90'  Ahmed Barman
90'  Kaku (Hazem Mohammad)


90+6. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. Banashak raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq zarba berolmay, yiqilib tushdi.

80. Po'latxo'ja Xoldorxonov tepgan to'pi esa biroz noaniq bo'ldi.

79. CHeranning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Eysa qaytarib yubordi.

75. Uchrashuvni stadiondan turib bevosita 8117 nafar muxlis kuzatib bormoqda.

71. Laba yana bir bor darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, zarba berdi, lekin "o'xshamadi".

70. O'yin tempi yuqori emas. Masala deyarli haldek ko'rinmoqda, shunday bo'lsa ham umid oxirida o'ladi...

Laba o'ziga uzatilgan to'pni o'ziga to'g'rilab olib darvozaga zarba berdi va gol urdi!

66. GOL! Labadan dubl.

65. Labaning o'tkir burchakdan darvoza tomon bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

60. Alexandro Romeroning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini va erga tegdi, to'pni Quvvatov ushlab oldi.

59. Dragan CHeranning darvoza tomon erlatib tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

53. Sofyan Rahimi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va o'tkir burchakdan zarba berdi, biroz noaniq bo'ldi.

50. Holmatovning uzatma-zarbasi noaniq bo'ldi.

48. Bo'limni "sherlar" ancha faol boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+3. Mehmonlar darvozasi oldida palapartishlik bo'ldi, to'p CHeranga tegib darvoza tomon yo'l oldi, ammo darvoza ustuniga tegib, ortga qaytdi...

45+2. Hamrobekovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Hamrobekovning jarima maydonchasiga erlatib uzatgan to'piga Holmatovning oyoqlari etmay qoldi, Sayfievga kelgan to'pga Farruh zarba berdi, biroq rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

39. Bandar Al Ahbabi jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, Quvvatov mushtlari bilan to'pni urib yubordi.

37. O'yinda ustunlik mehmonlar tomonida bo'lib turibdi.

30. Alexandro Romero jarima maydonchasi ichidan to'pni "aylantirib" tepdi, noaniq bo'ldi.

27. "Paxtakor" ikki gol o'tkazib yuborgach hujumlar sonini ko'paytirmoqda. "Al Ayn" esa qarshi hujumdan imkoniyatini kutyapti.

Xolid Al Balushi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi.

25. GOL! "Al Ayn" hisobni ikkitaga oshirdi.

22. Banashakning bosh bilan bergan zarbasi ham kuchsiz.

21. Alijonovning zarbasi kuchsiz chiqdi.

19. Farruh Sayfievning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Eysa qaytardi.

15. CHeranning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

13. "Al Ayn" futbolchisining qo'liga to'p tekkani bo'yicha "Paxtakor" futbolchilari hakamga etirozlarini bildirmoqda.

O'ng qanotdan uzatilgan to'pga birinchi etib kelgan Kodjo Laba gol urdi.

11. GOL! "Al Ayn" hisobni ochdi!

7. Xolid Al Hashemining bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

4. Bahs anchagina faollik bilan start oldi. O'yin harorati yomon emas.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydona chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: -81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика