OCHL: "Ozodi"dagi "qaynoq" muhitda "qovurilmagan" "Paxtakor"
06 mar 2019 15:27
Yangiliklar


OCHL: "Ozodi"dagi "qaynoq" muhitda "qovurilmagan" "Paxtakor"
Mazkur guruhda vakillarimiz "Paxtakor"ga Eronning "Persepolis", Qatarning "Al Sadd" va Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoalari raqiblik qiladi. Birinchi tur doirasida kecha "Paxtakor" Eronga safar qilgan bo'lsa, "Al Ahli" Saudiya Arabistonida "Al Sadd"ni mehmon qildi.
Persepolis Mario Budimir - 25' |
AFC Champions League Grp. D . 1-tur 05/03/2019, 20:00 1
:
1
Tugadi
|
Pakhtakor Tashkent Marat Bikmaev - 5' |
Tehrondagi o'yin haqida batafsil to'xtaladigan bo'lsak, "Ozodi" stadionida hech bir jamoaga oson bo'lmasligini barcha yaxshi biladi. Osiyo gigantlari cho'chiydigan mazkur stadionda "Paxtakor" dadil va ishonchli o'yin ko'rsatganini alohida etirof etish lozim.
Arveladze bu o'yinda o'z uslubidan voz kechmadi va bahsga doimgidek 4-2-3-1 taktik sxemasini tanladi. Tayanch nuqtasidagi asosiy futbolchiga aylangan Hamrobekov diskvalifikaciya tufayli Toshkentda qolgandi. SHuningdek, Dilshod Rahmatullaevda ham kichik jarohat borligi sabab Arveladze uning ham xizmatidan foydalana olmadi. Mazkur holatda murabbiy aslida ko'proq markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynaydigan Sardor Sobirxo'jaevni Abdullaev bilan tandemda tayanch nuqtasiga qo'ydi. Sobirxo'jaev esa "Paxtakor"dagi debyut bahsini kutilganidan ham yaxshiroq o'tkazishga erishdi. Yakunda aynan Sobirxo'jaev bellashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Tehronda, "Ozodi" stadionida, OCHL doirasidagi "Persepolis"ga qarshi, yangi jamoasi safidagi debyut o'yinda eng yaxshi futbolchi det topilish yoqimli albatta.
Qolgan nuqtalarda Arveladze o'zgartirish kiritmadi. O'yin esa kutilganidek shiddatli boshlandi. Juda yuqori temp va "qaynoq" muhitda boshlangan o'yinning dastlabki daqiqalari vakillarimizning hujumkor ruhda o'tkazishdi. Natijada raqibga nisbatan jarima maydonchasi oldida yuqori pressing qo'llagan va Bikmaevning sai-harakatlari evaziga bosimda qolgan himoyachi to'pni yo'qotdi. Masharipov esa ikkinchi tempda pressingga kirishdi va yakunda raqibdan to'pni olib qo'yib, jarima maydonchasi ichidagi CHeranni ko'rdi.
Aynan CHeran tomon oshirilgan to'pga Dragan boshi bilan yaxshi zarba yo'lladi, to'p esa ustunga tegib Maratning oldiga borib tushdi. Bikmaev esa bo'sh qolgan darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz nishonga oldi. To'g'ri, bu vaziyatda laynsmen qo'pol xatoga yo'l qo'yib offsaydni aniqlolmadi. Biroq qachongacha hakamlar xatosidan biz aziyat chekamiz? Bir safar ularning xatosi bizning foydamizga ishlasa ishlabdida. Har holda o'sha hujumda Marat Bikmaev va Masharipovning jonbozligi, CHeranning faolligi va barchasini boshlagan Bikmaevni kerakli joyda paydo bo'lgani samarasini ko'rdik.
Tezkor gol o'tkazib yuborgan "Persepolis" esa tabiiyki oldinga tashlanish va bosimni yanada kuchaytirishdan boshqa reja tuza olmasdi. "Paxtakor" esa bu orada yana bir xavfli vaziyat sodir etdi. Standart vaziyatidan so'ng yuzaga kelgan imkoniyatdan CHeran unumli foydalanishga juda yaqin kelgandi. Uning bosh bilan bergan zarbasi yo'l-yo'lakay Alirizo Beyranvandning qo'liga tegib mo'ljalni o'zgartirdi. Aks holda "Paxtakor" barcha masalani birinchi bo'limning dastlabki yarmidayoq hal etib qo'yishi mumkin edi.
Aynan mazkur xavfli vaziyatlar "Persepolis" uchun so'nggi ogohlik ko'ng'irog'i sifatida chalindi. Aynan shundan so'ng mezbonlar muxlislari hayqirig'i ostida oldinga tashlandi va o'yin tizginini o'z boshqaruviga olishga urindi. "Paxtakor" esa yuqori tempga bardoshliligi sinaldi. Bir qarashda Arveladze jamoasi tartibli himoyalandi, raqib xamlasiga munosib qarshilik ko'rsatdi. Ammo ketma-ket hujumlar va yuqori tezlik tasirida himoyada bazi kichik bo'shliqlar paydo bo'ldi. Aynan shularning biri taym o'rtasida yuzaga kelishi oqibatida raqib safidagi xorvatiyalik jismonan ancha baquvvat hujumchi Budimir jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va muvozanatni tiklovchi zarbani yo'lladi.
Bu vaziyatda "Paxtakor" himoyadan chiqishni kechiktirib yuborgani va jismonan biroz toliqib qolgani o'z tasirini ko'rsatdi. Lekin o'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Paxtakor" bunga yaxshi reakciya qildi. Yani, o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga qaysidir manoda erishdi.
To'p nazorati asosan "Persepolis" tarafida bo'lishiga qaramasdan, hujumlar keskinligi borasida "Paxtakor" xavfliroq ko'rindi. Pozicion hujumda, qarshi hujum yoki standart vaziyatlarida ham "Paxtakor" faol o'ynadi. Ikkinchi bo'limda har ikkala jamoa ancha ehtiyotkor futbol o'ynashni maqul ko'rdi. Jamoalar birinchi o'rinda xato qilmaslik vazifasini his etgan holda o'ynashdi. Tanaffusdan keyin ham umumiy o'yin kartinasi o'zgarmadi. To'p bilan asosan mezbonlar muomulada bo'lishgan bo'lsada, raqib jarima maydonchasi ichida bo'shliq topishning uddasidan chiqishmadi. "Paxtakor" shu kuni pozicion taraflama juda tartibli va puxta himoyalandi. Ayniqsa bo'ydor va baquvvat eronlik futbolchilarga qarshi yakka kurashlarda vakillarimiz jonbozlik ko'rsatishdi.
Arveladze o'yin davomida dastlab toliqib qolgan Bikmaevni Sergeevga almashtirdi. Keyinchalik pressingda faol o'ynagan va charchab qolgan Masharipov o'rniga Sidiqov tushirildi. Qayd etish kerakki, Sidiqov vaziyatdan kelib chiqib o'zi uchun begona nuqta, yani qanotda o'ynab turdi. CHunki Arveladze jamoa o'yinini engillashtirish uchun yangi futbolchilarni tushirishga majbur bo'ldi.
Uchinchi o'zgarishda ham Arveladze jamoa o'yiniga shamol tegishi uchun tayanch zonasida katta hajmdagi ishni bajargan va toliqib qolgan Sobirxo'jaev o'rniga aslida markaziy himoyachi bo'lgan Simichni tushirdi. Markoning asosiy vazifasi havodagi kurashlarda faol o'ynash va raqib hujumini buzish edi. Zaxirada esa Arveladze ixtiyorida tayanch nuqtasida o'ynaydigan yarim himoyachi yo'q edi. Jahongir Ahmadovni markazga tushirish esa jismonan baquvvat eronlik futbolchilarga qulaylik yaratishini inobatga olib, ikkinchi qavatda ishonchli o'ynaydigan Marko variantiga to'xtalindi.
Aytish kerakki, Arveladze ikki futbolchini begona poziciyalarda tushirib xato qilmadi, aksincha, vaziyatdan kelib chiqib to'g'ri qarorga keldi. Aynan zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'zlariga yuklatilgan vazifalarni yaxshi uddalashdi. Simich oxirgi 10 daqiqada raqib tomonidan uyushtirilgan hujumlarga tug'anoqlik qildi. Sidiqov esa to'pni o'zida saqlash orqali jamoaga kerak paytda nafas rostlab olish imkoniyatini taqdim etdi. Igor Sergeev esa o'yinga kirishishga biroz qiynaldi.
Yaxshi himoyalangan, kerak paytda pozicion va qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlarini poylagan "Paxtakor" Tehron safaridan quruq qo'l bilan qaytmadi. CHo'ntakka muhim 1 ochkoni solib qaytish yomon natija emas har holda. Juda "qaynoq" muhitda "qovurilib" qolmagan, raqibning yuqori bosimiga dosh bergan va hujumda keskin o'ynagan "Paxtakor" "Ozodi"dan OCHLning amaldagi g'olibi "Kashima Antlers" qilgan ishni takrorladi. Yaponiya klubi OCHL finali javob bahsida Tehronda "Persepolis" durang o'ynagandi. "Paxtakor" ham o'tgan yilgi finalchi maydonida jiddiy jamoaga aylanganini amalda isbotladi.
Guruhdagi eng qiyin safar, ilk uchrashuvda bir ochko olindi. Buyog'iga "Paxtakor" o'z uyidagi o'yinlarda yo'qotishlarga yo'l qo'ymasa, guruhdan chiqish vazifasini uddalash osonlashadi. Muhimi, Arveladze qurayotgan jamoada nafaqat o'z falsafasiga mos o'yin uslubi, balki xarakter paydo bo'layotganini payqash mumkin. "Paxtakor" yangi mavsumda hozirgacha uchta bahs o'tkazdi va uchalasi OCHL doirasida. O'yindan-o'yinga uchrashuv qiymati va raqib saviyasi kuchayib bormoqda. Lekin hali yangi mavsumga to'liq kirishib olmagan jamoa bu vazifalarni bajarishda o'ziga xos xarakter ko'rsatmoqda. Jamoada g'oliblik ruhi, mentalitet o'zgarib borayotgani sezilmoqda. Muhimi, jamoa o'z falsafasidan chekinmagan holda o'ynamoqda. Yani, "Paxtakor"da Arveladze o'zining haqiqiy imzosini tushirib oldi.
Qayd etish kerakki, "Persepolis" "Ozodi"da yarim final doirasida "Al Sadd" va amaldagi g'olib "Kashima Antlers" bilan durang o'ynagandi. OCHLdagi qolgan raqiblari Tehron safaridan mag'lubiyat bilan qaytishga o'rganib qolishgandi. "Paxtakor" "Ozodi"dan ochko bilan qaytgan oxirgi yillardagi kam sonli jamoalar qatoriga kirdi.
Malumot o'rnida: "Bunyodkor" va "Al Hilol" so'nggi 10 yillikda "Persepolis"ni "Ozodi"da mag'lubiyatga uchratgan jamoalar sanalishadi.
Mazkur guruhdagi ikkinchi bahsda "Al Ahli" "Al Sadd"ga imkoniyat qoldirmadi. Va birinchi turdan keyin guruhning yakka peshqadamiga aylanib oldi.
Al Ahli Omar Al Somah - 32', Omar Al Somah - 76' |
AFC Champions League Grp. D . 1-tur 05/03/2019, 22:15 0
:
2
Tugadi
|
Al-Sadd |
Kelasi hafta guruh peshqadamiga aylangan "Al Ahli" Toshkentda "Paxtakor" mehmoniga aylanadi. "Persepolis" esa Qatarda "Al Sadd" bilan kuch sinashadi.
Pakhtakor Tashkent Marat Bikmaev - 62' |
AFC Champions League Grp. D . 2-tur 12/03/2019, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Al Ahli |
Al-Sadd Baghdad Bounedjah - 90' |
AFC Champions League Grp. D . 2-tur 12/03/2019, 20:45 0
:
1
Tugadi
|
Persepolis |
SHahboz Beg'amov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar