So’nggi yangiliklar

14:54Йўғе! Дани Ольмо агенти билан бирга Манчестерга учиб келди  1 14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  0 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  4 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  4 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   20 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  12 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  3 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  8 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2

OCHL. O'zbekiston klublarining raqiblaridagi vaziyat qanday? Yangiliklar

OCHL. O'zbekiston klublarining raqiblaridagi vaziyat qanday?

Karim Benzema O'zbekistonga kelmaydi.

Osiyo CHempionlar ligasining 1/8 finalida O'zbekistonning ikki klubi kurashni davom ettiradi. Qashqadaryoning "Nasaf" klubi Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" jamoasiga qarshi bahs olib borsa, Namanganning "Navbahor" klubi Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi bilan bellashadi. Bo'lajak to'qnashuvlar oldidan O'zbekiston klublarining raqiblaridagi holat to'g'risida so'z yuritamiz.

"Al Ayn"

Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi 14 fevral kuni Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi.

20 nafar futbolchi bilan O'zbekistonga yo'l olgan amirliklar bir qator etakchilar xizmatidan foydalana olmaydi. Jumladan, 10-raqamdagi Kaku va chap himoyachisi, 15-raqamdagi Erik Menezes, shuningdek, isroillik futbolchisi, 7-raqamdagi Omer Acili qaydnomadan o'rin olmagan. Biroq jamoaning asosiy xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan futbolchilari marokashlik Sufiani Rahimi hamda togolik Kojo Fo-Doh Laba hisoblanadi. 

Jamoa bir necha kun ilgari Abu Dabi banki kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvi doirasida safarda "Ittihod Kalba"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur bahsdan keyingi matbuot anjumanida "Al Ayn"ning argentinalik bosh murabbiyi Ernan Krespo bor etiborini "Nasaf"ga qarshi o'yinga qaratganini takidladi:

"Kubokning ilk o'yinidagi natija, albatta, yaxshi, ammo hali hammasi hal bo'lgani yo'q. O'z stadionimizda final masalasini hal qilishimiz lozim.

Endi bor etiborimizni OCHL doirasida "Nasaf"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi o'yinimizga qaratamiz".

Bugungi matbuot anjumanida esa Krespo shogirdlari qoniqarli natijaga erishishiga umid bildirishini aytdi:

"Ushbu bosqichga etib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni yaxshi o'yin kutib turibdi. Oldinda hali javob uchrashuvi bor. Albatta, ertangi bellashuv ham ancha muhim. Albatta, raqiblarimizni hurmat qilamiz. O'ziga xos o'yin uslubiga ega, qiyin jamoa. Biroq biz hech nimaga qaramay, o'zimiz uchun kerakli natijaga erishish uchun harakat qilamiz".

Kubok bahsidan avvalroq, amirliklar o'rtoqlik uchrashuvi maqomida O'monning "Dofar" jamoasini 3:0 hisobida taslim etdi, Saudiya Arabistonining "Al Uhdud" jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi hamda "Al Taavon"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi .

"Al Ayn" Osiyo CHempionlar ligasining "A" guruhida Saudiya Arabistonining "Al Fayha", O'zbekistonning "Paxtakor" va Turkmanistonning "Ahal" klublari bilan kuch sinashib, 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan 1-o'rinni egalladi. Etiborlisi, yagona mag'lubiyat aynan o'zbekistonliklardan qabul qilib olindi.

Quradan keyin "Nasaf" xalqaro aloqalar bo'yicha direktori Qobiljon SHodmonov bo'lajak raqibi haqida quyidagicha fikr bildirdi: 

"Al Ayn"ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Biz bu klubni juda yaxshi bilamiz. Ular guruh bosqichida "Paxtakor" bilan to'qnash kelgan va muddatidan ilgari nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Menimcha, "Al Ayn" nafaqat mamlakat, balki Osiyoning eng yirik klubalridan biri sanaladi. Ikki jamoa o'rtasida murosasiz o'yin kutib qolaman. Biz 2016 yil guruh bosqichida "Al Ayn" bilan to'nash kelgandik va bu jamoa ajoyib taassurot qoldirgan. Albatta, bo'lajak bellashuvda muvaffaqiyat qozonamiz degan umiddaman".

Qashqadaryoliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev esa raqibni yaxshi bilishini takidlagandi:

"OCHL musobaqasining bu bosqichida ishtirok etishning o'zi katta yutuq. Uchrashuvning Qarshida bo'lishi muxlislar uchun katta bayram bo'ladi deb o'ylayman. CHorak finalda ishtirok etayotgan jamoalar orasida birorta ham kuchsiz raqibning o'zi yo'q.

"Al Ayn" jamoasini yaxshi bilamiz. Ular ushbu mavsumda "Paxtakor" jamoasi bilan ikki bor bellashishdi. Bu bizga raqibning imkoniyatlarini chamalab olishga imkon beradi. Biz amirlikar jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'yingacha yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi".

Bugungi matbuot anjumanida esa murabbiy jamoasi o'yinga shay ekanligini takidladi:

"Sizlar bilan mavsum oldidan ko'rishib turganimizdan mamnunmiz. Ertangi o'yinga kelsak, ikki jamoa ham tanaffus davrida edi. O'ylaymanki, ertaga yuqori templi o'yin bo'lmaydi. Sababi jamoalar tanaffusda ekanliklari bois ushbu o'yinni uzoq kutishdi. SHunga qaramay, taktik va kurashlarga boy bahs guvohi bo'lamiz. Yigitlarimiz o'yinga shay va ijobiy natija uchun bor mahoratlarini ishga solishadi. Har bir o'yindagi natija juda muhim. SHuning uchun keyingi bosqichni ko'zlagan holda o'ynaymiz".

"Al Ayn" futbolchilari tezkorlikni va zarbalar yo'llashni xush ko'radi. "Xo'jayinlar" guruh bosqichidagi 6 uchrashuvda naq 17 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan. Kiritilgan to'plarning aksar qismida raqib jarima maydonidagi tezkor uzatmalar hamda futbolchilarning individual mahorati muhim rol o'ynagan. Jumladan, to'rtta golda amirlik o'yinchilarning shaxsiy mahorati evaziga tablodagi hisob o'zgargan. 

SHu bilan birga, "Al Ayn" o'z darvozasidan 9 ta to'p olib chiqqan. Gollarning o'tkazib yuborilishida pressing muhim rol o'ynagan. Raqib jamoa pressingi natijasida himoyachilar yoki darvozabon xatoga yo'l qo'ygan va gollarning 1/3 qismini kelib chiqishiga sabab bo'lgan.

"Al Ittihod"

"Al Ittihod" klubi 15 fevral sanasida Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ladi. Jamoaning asosiy yulduzi, "Oltin to'p" sohibi Karim Benzema o'yinga jismonan tayyor emas deb topilib, qaydnomaga kiritilmadi. Braziliyalik Luis Felipe esa jarohatidan forig' bo'ldi va bo'lajak uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. "Al Ittihod"ning argentinalik bosh murabbiyi Marselo Gallardo qaydnomaga 6 nafar xorijlik futbolchini kiritdi, bular: Romarino, Fabino, Luis Felipe (uchalasi ham Braziliya), Ngolo Kante (Franciya) Abdulrazzoq Hamdalloh (Marokash), Ahmad Hegazi (Misr). Ulardan 5 tasi maydonga tushishi mumkin.

"Al Ittihod" qishki transfer oynasida uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jumladan, "Al Ittifoq"dan yarim himoyachi Hamid Al Gamdi 6 oyga ijaraga olindi, "Damak" darvozaboni Muhammad Al Mahasni bilan 3 yillik shartnoma imzolandi hamda "Al SHabab" himoyachisi Favaz Al Squr bilan to'rt yillik bitimga imzo chekildi. 

Qayd etish joiz, "Al Ittihod" yozda "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni qo'lga kiritish uchun 235 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Agar "qizillar" kelishuvga rozi bo'lsa, bu futbol tarixidagi eng yirik transferga aylanadi. Saloh Arab diyoriga kelgan taqdirda, uning maoshi APLdagidan 4 baravar yuqori, yani 85 million evroga teng bo'ladi.

Bundan tashqari, "Al Ittihod" argentinalik futbolchi Matias Sule borasida "Yuventus"ga 30 million evrolik og'zaki taklif bilan chiqdi. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

SHuningdek, jamoa braziliyalik Igor Koronado bilan xayrlashdi. Yarim himoyachi Avad Al Nashiri Germaniyada jarrohlik amaliyotini o'tkazadigan bo'ldi. Himoyachi Turki Al Jadi ham jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgan.

Karim Benzemaning esa murabbiy bilan kelishmovchiligi davom etmoqda. SHunga qaramay, franciyalik futbolchi so'nggi mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

"Al Ittihod" bir hafta ilgari chempionat doirasida "Al Tai" darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. Undan avvalroq esa "Al Faysali"ga to'rtta gol sovg'a qildi.

"Al Ittihod" Osiyo CHempionlar ligasining "C" guruhida OKMK (O'zbekiston), Sepahon (Eron) va "Eyr Fors" (Iroq) bilan kurash olib borib, 15 ochko bilan 1-o'rinni egalladi. Yagona mag'lubiyat iroqliklardan qabul qilib olindi.

Bizdagi malumotga ko'ra, "Al Ittihod" azolari Namangandagi "Oydin Plaza" mehmonxonasiga joylashishadi.

Qura haqida "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan shunday fikr bildirdi: 

"Biz 1/8 finaldagi raqibimizni bilish maqsadida, mazkur qurani kutayotgandik. Bizga qaysi klub raqib bo'lishining farqi yo'q edi, boisi, ushbu bosqichda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi.

Quraga ko'ra, “Al-Ittihod”ga raqib bo'lganimiz va Namanganga yana yulduz futbolchilarning tashrif buyurishlari so'nggi mavsumlarda “Navbahor”ning avvalgi brendini tiklash uchun samarali faoliyat olib borayotgan Namangan viloyati hokimi SHavkatjon Abdurazzaqov, klub rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, shuningdek, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning mehnatlari samarasi hamda jamoaning to'g'ri yo'ldan borayotganligining natijasidir va ushbu tashrif namanganliklar uchun katta bayramga aylanadi.

Biz OCHLda Namangan viloyati bilan birgalikda yurtimiz sharafini ham himoya qilamiz va 1/8 final bahslarida ijobiy natija qayd etish, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz".


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика