OCHL. OAV xodimini urgan "Al Ahli" darvozaboni 6ta o'yinga chetlatildi VIDEO
29 mar 2015 18:31
Yangiliklar

OCHL. OAV xodimini urgan "Al Ahli" darvozaboni 6ta o'yinga chetlatildi VIDEO
Qarshining "Nasaf" klubi bilan bir guruhdan o'rin olgan "Al Ahli" (BAA) klubi posboni Majid Nosir 6ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Darvozabon OCHL 2-turidan o'rin olgan "Traktorsozi"ga qarshi Eronda bo'lib o'tgan uchrashuv yakunlangach OAV vakilini urgan. OFK ushbu vaziyatni ko'rib chiqdi va Majid Nosirga 6ta o'yinlik jazo tayinladi.
TAS-IX
TAS-IX emas
Ushbu qaror shu hafta qabul qilindi. SHu bois ham darvozabon 3-turdagi "Nasaf"ga qarshi bahsda "Al Ahli" darvozasini qo'riqlagandi.
Endi posbon guruh bosqichidan o'rin olgan 3ta o'yinda aniq maydonga tusha olmaydi. Agar klub keyingi bosqichga chiqsa yana 3ta uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Majid Nosir "Al Ahli" klubining asosiy darvozaboni hisoblanadi. Ikkinchi posbon Ahmad Mahmud (Dida) esa harbiy xizmatga chaqirilgandi. Klub rahbariyati aralashuvi orqali Dida harbiy xizmatdan qaytib keldi. Keyingi o'yinlarda jamoa darvozasini aynan shu posbon qo'riqlashi kutilmoqda.
"Nasaf" 7 aprel kuni "Al Ahli" bilan Qarshida kuch sinashadi. Dubaydagi bahsda 0:0 hisobi qayd etilgandi.

Fikrlar