So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  1 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  8 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  738 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  154 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

OCHL. "Navbahor" so'nggi daqiqalardagi kambek evaziga "Nassaji"ni engib, guruh peshqadamiga aylandi Yangiliklar

OCHL. "Navbahor" so'nggi daqiqalardagi kambek evaziga "Nassaji"ni engib, guruh peshqadamiga aylandi

"Navbahor" hamda "Nassaji Mozandaron" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichining 3-tur o'yini yakunlandi.

"Navbahor" - "Nassaji Mozandaron" 2:1

Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahi (Qatar);

Qanot hakamlari: Ramzn Said Al Naemi (Qatr), Majid Hudayres Alshammari (Qatar);

Zaxira hakami: Dilan Perera (SHri-Lanka);

VAR: Abdulrahmon Al Jassim (Qatar);

AVAR: Muhammad Ahmad (Qatar);

Nazoratchi: Saloh Muhammad Almarzuqi (BAA);

Komissar: Mindu Dorji (Butan);

Gollar: 0:1 — 44, Muhammadrizo Azadi, 1:1 — 74, Oston O'runov, 2:1 — 90+7 (avtogol), Said Beigi. 

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Azimjon Ahmedov (7.Oston O'runov, 46), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abror Ismoilov, 19.Doniyor Abdumannopov (77.Asadbek Sobirjonov, 62), 21.Temurxo'ja Abduholiqov, 22.Igor Golban.

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 27.SHohboz Jo'rabekov, 31.Luka CHermel, 56.Abror Karimov, 96.Usmonali Abdukarimov, 98.Davronbek Olimjonov.

"Nassaji Mozandaron"1.Rashid Mazaheri, 3.Vohid Muhammadzoda, 4.Amirmahdi Janmaleki, 5.Said Beigi, 8.Farshid Ismoili (14.Ali Davron, 65), 9.Muhammadrizo Azadi, 11.Mahmud Haydarahmati (6.Mehrdod Abdihanan, 24), 32.Saber Hardani, 77.Muhammad Husseyni, 88.Ismoil Boboi (20.Ahmad Musavi, 65), 96.Muhammadrizo Abbosi (22.Xose Antonio Vilyar, 82)

Zaxira: 12.Hussayn Hatir, 10.Hussayn Zamehron, 18.Mehdi Rizoi, 50.Amirxussan Daliri, 55.Mersad Sayfi, 70.Amirhusayn Mahjuri, 81.Aria Barzegar, 99.Alaa Abbos.

Ogohlantirishlar: Azimjon Ahmedov (7), Igor Golban (27), Muhammadrizo Azadi (87)

CHetlatish: Saber Hardani (52)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! "Navbahor" hisobda oldinga chiqib oldi! Eronliklar 2-golini urishdi, biroq hisob 2:1, namanganliklar foydasiga!

90+6. Sobirjonovning uzatmasiga Abduxoliqov eta olmadi...

90+4. O'runovning yana bir zarbasiga aniqlik etishmadi.

90+2. Ismoilovning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90+1. Mehmonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi, baxtimizga vaziyat osoyishta yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga naq 11 daqiqa qo'shib berildi.

87. Azadi hakam tomonidan ogohlantirildi.

81. Xavfli vaziyat! Ostonning zarbasi rekoshet hosil qilib, raqib posboniga etib bordi.

80. O'runovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlar jarima zarbasi amalga oshiradi.

78. Darvozaga teskari turgan Abduxoliqovning bosh bilan yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

77. Mehmonlarning burchakdan uzatmasi "Navbahor" himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! O'RUNOV raqib himoyachilari orasidan "Nassaji" darvozasining olis burchagini aniq nishonga oldi!

73. Mezbonlarda yana bir yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, so'nggi pallada qulay nuqtada turgan Ivanovich "uxlab qoldi".

71. O'runovdan yana bir zarba! Biroq bu urinish uncha kuchli chiqmadi.

69. Xavfli vaziyat! Raqib posbonining oldinga chiqqani payqagan O'runov o'z omadini sinab ko'rdi, Mazaheri qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

67. Yo'ldoshevning qanotdan uzatmasi to'g'ri raqib posbonining qo'liga borib tushdi.

67. Ikki Jamshid jamoasining navbatdagi hujumida bir-birini tushunmadi. 

62. Sobirjonov maydonga tushirildi, Abdumannopov zaxiraga olindi.

58. Xavfli vaziyat! Boltaboevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng raqib himoyachisi jamoasi joniga oro kirdi.

56. "Nassaji"ning ikki futbolchisi maydonda yotib olgan.

52. Boltaboevga nisbatan qo'pol o'ynagan Saber Hardani maydondan chetlatildi!

50. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, keyingi urinishda esa raqib futbolchilari tomonidan Boltaboevga zarba berishga imkon berilmadi. Ustiga-ustak o'yindan tashqari holat qayd etilgan ekan. Hakam qizil kartochka bo'yicha VARga murojaat qildi.

49. Abduxoliqovning qanotdan uzatmasi mo'ljalga aniq etib bormadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'runov Ahmedovni almashtirdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. GOL! Ahmedov va Ivanovichning qo'pol xatosini Muhammadrizo Azadi kechirmadi va Yusupov bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi!

43. Abdumannopov raqib bilan to'qnashib ketdi. "Navbahor" futbolchisining ahvoli yaxshi.

40. Abdumannopovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

39. Mehmonlarning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi "Navbahor" himoyachisiga tegib qaytdi.

34. ZARBA! Abduxoliqovning zarbasi raqib himoyachisining oyog'iga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

31. Xavfli vaziyat! Iskanderovning jarimadan uzatmasi Yo'ldoshevning zarbasi bilan davom etdi, biroq uning shundoqqina qarshisida turgan Mazaheri to'pni qaytardi, keyinchalik Ivanovichning zarbasiga aniqlik etishmadi.

29. Bosim natijasi "Nassaji" himoyada xatoga yo'l qo'ydi. Abdumannopovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

27. Igor Golban raqib futbolchisini to'xtatib qolgan uchun sariq kartochka bilan jazolandi. Ogohlantirishlar bo'yicha ko'rsatkich 2:0 ga etdi. Hisob esa ochilmadi.

24. Majburiy o'zgarish: Abdihanan Haydarahmatini almashtirdi.

22. Haydarahmatiga nisbatan tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchi o'yinni davom ettira olmasligi mumkin. Uni zambilda maydon tashqarisiga olib chiqishdi. 11-raqamli o'yinchi Boltaboev bilan to'qnashib ketdi.

17. Ahmedov yana raqib futbolchisini yiqitdi. Hakam bu safar indamadi.

14. Abduxoliqovga uzatma amalga oshirildi, biroq Temirxo'ja to'pni qabul qilishga biroz kechikdi.

10. Abdixoliqovga nisbatan Abbosi tomonidan qo'pollik ishlatildi. 

9. Standart vaziyatda oshirilgan to'pni Yusupov egallab oldi.

7. Ahmedov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. Bundan buyog'iga namanganlik yarim himoyachi ehtiyotkor o'yin ko'rsatishiga to'g'ri keladi.

4. Abdumannopov to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi, aks holda u raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan bo'lardi.

3. Iskanderov raqib jarima maydoni yaqinida yiqitildi. To'p mezbonlarda qolgani uchun o'yin davom ettirildi.

2. Abdumannopovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi, biroq yarim himoyachi so'nggi pallada to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ilk daqiqadayoq ikki jamoa futbolchilari o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi. Ahmedov jabrdiyda rolida.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика