So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

OCHL. "Navbahor" Namangandagi tarixiy oqshomda "Mumbay Siti"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

OCHL. "Navbahor" Namangandagi tarixiy oqshomda "Mumbay Siti"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Osiyo CHempionlar Ligasi 2-turi doirasidagi "Navbahor" – "Mumbay Siti" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Osiyo CHempionlar Ligasi

"D" guruhi. 2-tur

"Navbahor" (O'zbekiston) – "Mumbay Siti" (Hindiston) 3:0 (TUGADI)

Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00

Bosh xakam: Muhammad Nazmi (Malayziya)

Qanot hakamlari: Muhammad Zayrul, Mohir Arif (ikkisi – Malayziya)

To'rtinchi hakam: Husayn Abo (Livan)

Komissar: Egg CHan (Gonkong)

Nazoratchi: Kamikava Toru (Yaponiya)

Gol: Jamshid Iskanderov (Jasur Yaxshiboev) 52, Jasur Yaxshiboev (Oston O'runov) 59, 2:0, Doniyor Abdumannopov (Temurxo'ja Abduxoliqov) 87

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov (19.Doniyor Abdumannopov,82), 8.Jasurbek Yaxshiboev (77.Asadbek Sobirjonov, 82), 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 91.Toma Tabatadze (21.Temurxo'ja Abduxoliqov,72)

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 16.Jahongir Bo'riev, 4.Azimjon Ahmedov, 17.Abror Ismoilov,  20.Muzaffarxon Mo'minov,  27.SHahboz Jo'rabekov, 31.Luka CHermel, 98.Davronbek Olimjonov.

"Mumbay Siti": 1.Purba Lachenpa, 4.Tiri, 5.Mehtab Singh, 6.Vikram Partap (29.Bipin Singh, 70), 7.Lalliagzuala CHhangte (23.Abdunosir El Xayati,58), 8.Van Nieff, 18.Rostin Griffits (s), 24.Greg Styuart, 30.Jorje Pereyra Dias, 31.Akash Mishra, 45.Lalengmavia (11.Gurkirai Singh, 87)

Zaxira: 22.Bhaskar Roy, 2.Rahul Bheke, 16.Rai Vinit, 17.Sanjeev Stalin, 20.Jayesh Dilip Rane, 21.Seilenthang Lotjem,  28.Ayush CHhikara,  44.Halen Nongtdu, 60.Franklin Nazareth.

Amalga oshirilmagan penalti: Greg Styuart ("Mumbay Siti") 42

Ogohlantirish: Ibrohim Yo'ldoshev ("Navbahor") 62, Jorje Pereyra Dias ("Mumbay Siti")

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. Namanganda o'tgan ilk OCHL uchrashuvida "Navbahor" g'alaba qozondi. 

90+4. ZARBAAAA. Temurxo'ja Abduxoliqov birga bir vaziyatda gol ura olmadi. 

90+2. O'ZGARISH. "Navbahor", Jamshid Iskanderov o'rniga Azim Ahmedov, Jamshid Boltaboev o'rniga Muzaffarxon Mo'minov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Navbahor" 2ta gol bilan to'xtab qolmoqchi emas. Doniyor Abdumannopov Temurxo'jadan to'pni qabul qilib oldi va raqib posboni ustidan oshirib qo'ydi.

82. O'ZGARISH. "Navbahor", Jasur Yaxshiboev o'rniga Asad Sobirjonov, Oston O'runov o'rniga Doniyor Abdumannopov tushdi. 

76. Namangandagi "Markaziy" stadionga bugun 8 230 nafar muxlis tashrif buyurdi.

72. O'ZGARISH. "Navbahor", Toma Tabatadze o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov maydonga tushdi. 

70. O'ZGARISH. "Mumbay Siti", Vikram Partap o'rniga Bipin Singh tushdi. 

66. OGOHLANTIRISH. "Mumbay Siti", Jorje Pereyra Dias

62. OGOHLANTIRISH. "Navbahor", Ibrohim Yo'ldoshev

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Oston O'runov chap qanotdan ajoyib kirib borib to'pni Yaxshiboevga qulay qilib uzatib berdi. U esa xotirjam to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Barchasi joyiga tushdi!

58. O'ZGARISH. "Mumbay Siti", Lalliagzuala CHhangte o'rniga Abdunosir El Xayati tushdi. 

55. ZARBAAAA. Iskanderovdan yana bir ajoyib zarba. Lekin gol emas. 


52. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. CHIROYLI GOOOOOOOOOOOOL. Jasur Yaxshiboev aldamchi harakat bilan to'pni Iskanderovga uzatdi. U "pushka" zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

42. YO'Q. O'tkir Yusupov 11 metrlik nuqtadan yo'llangan zarbani qaytardi. 

40. PENALTI. "Navbahor" darvozasiga penalti belgilandi. O'ng qanotdan uzatilgan to'p jarima maydonchasi ichida Ivanovichning qo'liga tegdi. 

30. "Navbahor" jarima maydonchasi ichigacha etib kelyapti-yu, lekin nima qilishni bilmayapti. 

20. Ketma-ket burchak zarbalari. Ammo samara yo'q. 


18. ZARBAAAA. Oston O'runov mumbayliklar darvozasiga zarba yo'lladi. Himoyachilar to'p yo'liga qalqon bo'la oldi. 

14. To'p nazorati mehmonlar tomoniga o'tdi. Lekin himoyachilar o'z ishini yaxshi bajarib, raqibga imkoniyat bermayapti.

9. ZARBA. Raqib futbolchisining aniq zarbasini O'tkir Yusupov ushlab oldi. 

5. Ilk daqiqalardan ustunlik "Navbahor" tomonida. 

1. ZARBA. Iskanderovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

O'yinga start berildi. 

-  Uchrashuv 19:00da boshlanadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика