So’nggi yangiliklar

20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  6 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  45 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2

OCHL. "Nasaf"ga rahmat yoxud G'arb mintaqasida guruh bosqichi yakunlandi Yangiliklar

OCHL. "Nasaf"ga rahmat yoxud G'arb mintaqasida guruh bosqichi yakunlandi

Teglar :  LokomotivNasafOCHL
Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasida guruh bosqichi o'yinlari o'z yakuniga etdi.

Bugungi uchrashuvlardan so'ng SHarqda ham keyingi bosqichga yo'l olgan jamoalar nomi malum bo'ladi. Bizning klublar G'arb mintaqasida o'ynagani bois etibor avvalo shunga qaratildi va barcha turlarni diqqat bilan kuzatib bordik. Endilikda hammasi malum bo'ldi, ikkala klubimiz ham guruhdan chiqa olmadi. Bu esa bir qator mulohazalar bildirishga sabab bo'la oladi.

Ishtirokchi jamoalar
Bu yil ham G'arb mintaqasida jami 16ta jamoa kurash olib bordi. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linishdi. Quyida qaysi davlatdan kimlar ishtirok etganini yana bir eslab o'tamiz.  

SAUDIYA ARABISTONI (2)
"Al Ahli"
"Al Hilol"

BAA (4)
"Al Jazira"
"Al Vahda"
"Al Vasl"
"Al Ayn"

QATAR (4)
"Al Garafa"
"Al Duhayl"
"Al Sadd"
"Al Rayan"

ERON (4)
"Traktorsozi"
"Zob Ahan"
"Istiqlol"
"Persepolis"

O'ZBEKISTON (2)
"Lokomotiv"
"Nasaf"


Keyingi bosqichga kimlar chiqdi?
Demak, OCHL guruh bosqichida G'arb mintaqasidan beshta davlat vakillari bahs olib borishdi. Birgina bizni hisobga olmaganda qolgan to'rtta davlat vakil(lar)i musobaqaning 1/8 finaliga yo'l olishdi.

Saudiya Arabistonidan bitta jamoa, BAA va Qatardan ikkita klub, Erondan esa uchta jamoa musobaqada o'z ishtirokini davom ettiradi.
Afsuski, ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston klubi guruhdan chiqa olmadi. O'tgan yil "Lokomotiv" bilan "Bunyodkor" guruhda qolib ketgandi. Bu yil yana "Lokomotiv", shuningdek "Nasaf" ham o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatdi.

1/8 finalga yo'l olganlar:
SAUDIYA ARABISTONI (1)
"Al Ahli"

BAA (2)
"Al Jazira"
"Al Ayn"

QATAR (2)
"Al Duhayl"
"Al Sadd"

ERON (3)
"Zob Ahan"
"Istiqlol"
"Persepolis"

1/8 final juftliklari
"Al Jazira" - "Persepolis"
"Al Sadd" - "Al Ahli"
"Zob Ahan" - "Istiqlol"
"Al Ayn" - "Al Duhayl"

Dastlabki uchrashuvlar 7-8 may, javob bahslari 14-15 may kunlari bo'lib o'tadi.


"Nasaf"ga rahmat!

Garchi guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, "Nasaf"ga alohida rahmat aytsak arziydi. Negaki yil boshida jamoaning asosiy tarkib o'yinchilari "Paxtakor"ga o'tib ketishdi. Ro'ziqul Berdievda selekciya ishlarini ko'ngildagidek olib borish imkoni bo'lmadi. SHunga qaramay "Nasaf" guruhda o'zini ko'rsata oldi.

Qura natijalaridan keyinoq "Nasaf" raqiblari orasida "Persepolis" bilan "Al Sadd"ning imkoniyatlari birmuncha yuqori baholangandi. Qolaversa, tarkib bo'yicha ular kuchli, tan olaylik. Ammo "Nasaf" o'z maydonida "Al Sadd"ni, uyda va safarda "Al Vasl"ni mag'lub eta oldi. SHuning o'ziyoq katta gap.

Eng muhimi, "Nasaf" o'z maydonida yutqazmadi. Muxlislari uchun o'ynab berdi. Natijada 10 ochko to'pladi. Lekin bu guruhdan chiqish uchun etarli bo'lmadi. Etibor bering, "Nasaf" 10 ochko to'plab ham guruhdan chiqa olmadi, boshqa guruhlarda "Al Jazira" 8, "Zob Ahan" 7, "Al Ayn" 10 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l olishdi. Nimayam derdik, bu - futbol.

Bir so'z bilan aytganda, "Nasaf" OCHLni mardonavor tark etdi. "Nasaf"dan farqli o'laroq "Lokomotiv" faqat ikkita bellashuvda g'alabaga erishdi. "Temiryo'lchilar" uyda va safarda BAAning "Al Vahda" klubini mag'lub etishdi. Jamoa "Al Duhayl"ga ikki bor mag'lub bo'ldi, qolaversa safarda "Zob Ahan"ga yutqazdi va o'z maydonida durang o'ynadi.

"Lokomotiv"ning hozirgi tarkib bilan bemalol guruhdan chiqishga qurbi etardi. Mayli, "Al Duhayl" kuchli deylik, lekin "Zob Ahan"ning "Loko"dan ustun tomoni yo'q. "Loko" kerak bo'lsa bu raqibni ikkala o'yinda ham mag'lub etadigan salohiyatga ega edi, ammo nimadir bo'ldi. Murabbiylar "Loko" qayd etayotgan natija, o'yinida yuzaga kelgan pasayish vaqtincha holat deyishdan charchamayapti. Lekin bu vaqtincha holat qachongacha davom etishini hech kim aytib bera olmaydi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика