So’nggi yangiliklar

16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  6 15:31К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  0 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  1 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  9 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1

OCHL. "Nasaf" asabiy o'tgan o'yinda "SHarja" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" asabiy o'tgan o'yinda "SHarja" bilan durang o'ynadi

Osiyo CHempionlar Ligasi 4-turi doirasidagi "Nasaf" – "SHarja" bahsi yakuniga etdi.

Osiyo CHempionlar Ligasi

4-tur

Nasaf Qarshi

Mateus - 81'

AFC Champions League Grp. B . 4-tur

06/11/2023, 18:00

1
:
1
Tugadi

Sharjah Cultural Club

Moussa Marega - 16'

45'
90'
8'  Jaba Jigauri
29'  Sherzod Nasrulloev
46'  Jaba Jigauri (Marko Stanojevic)
46'  Golib Gaybullaev (Zafarmurod Abdirahmatov)
46'  Bakhrom Abdurakhimov (Javokhir Sidikov)
50'  Zafarmurod Abdirahmatov
60'  Alibek Davronov
71'  Azizbek Amonov (Andres Chavez)
71'  Sherzod Nasrulloev (Mateus)
81'  Mateus
81'  Zafarmurod Abdirahmatov
90'  Alibek Davronov
16'  Moussa Marega
69'  Firas Ben Larbi (Majid Surour)
73'  Mohammad Abdulbasit
79'  Abdullah Ghanim Juma
85'  Adel Al Hosani
88'  Moussa Marega (Darwish Bin Habib)
90'  Saleem Sultan Al Sharjee (Abdelaziz Salim Ali)
90'  Ousmane Camara (Sebastian Tagliabue)
90'  Mohammad Abdulbasit (Khalid Bawazir)

NASAF (O'ZBEKISTON) – SHARJA (BAA) 1:1 

6 noyabr. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

Gollar: Mateus Lima (Zafarmurod Abdirahmatov) 81' – Mussa Marega 16'

Gol urilmagan penalti: Jambuli Jigauri 8' (darvozabon)

Bosh hakam: Muhammad Holid Al Hoish (Saudiya Arabistoni)

Yordamchi hakamlar: Halaf Zaid Al SHammari, Yosir Abdulloh Alsulton (ikkalasi Saudiya Arabistoni)

Zaxira hakami: SHukri Husayn Alhunfush (Saudiya Arabistoni)

VAR: Abdullo Dhafer Al SHehri (Saudiya Arabistoni)

AVAR: Ibrohim Abdulloh Al Dahil (Saudiya Arabistoni)

Nazoratchi: Kvon Jong CHul (Janubiy Koreya)

Komissar: Hamid Momeniroxi (Eron Islom Respublikasi)

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloev, 18.Bahrom Abdurahimov (9.Javohir Sidiqov, 46), 34.SHerzod Nasrullaev (19.Mateus Lima, 71), 70.Jambuli Jigauri (88.Marko Stanoevich, 46), 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov (10.Andres CHaves, 71).

 Zaxira: 13.Adhamjon Musulmonov, 21.Doniyorjon Narzullaev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov, 36.Azizjon Axrorov.

"SHarja": 40.Odil Alhosani (s), 7.Kayo Fernandesh, 8.Muhammad Abdulbosit (14.Holid Bavazir, 90+9), 11.Muhammad Firas (6.Majid Ibrohim, 69), 13.Salim Sulton (25.Said Alkaabi, 88), 18.Abdalla Alalavi, 19.Holid Ibrohim, 22.Markus Vinisius, 24.Majid Rashid, 30.Usmon Kamara (12.Sebastyan Talyabu, 90+9), 91.Mussa Marega (26.Darvish Muhammad, 88).

Zaxira: 1.Holid Tavid, 3.Alhasan Solih, 15.Abdulaziz Salim, 16.Hamad Fahad, 17.Dhari Fahad, 23.Salim Solih, 77.Xalifa Seumbaij.

Ogohlantirishlar: SHerzod Nasrullaev (29), Zafarmurod Abdirahmatov (50), Alibek Davronov (60), Muhammad Abdulbosit (73), Abdalla Alalavi  (79).

CHetlatishlar: Odil Alhosani (85), Alibek Davronov (90+2).


Bahs yakunlandi! Jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. 

90+9. "SHarja"da 2 ta almashtirish: Kamara o'rniga Talyabu, Abdulbosit o'rniga Bavazir tushdi.  

90+6. Mateus Limaning chap qanotga oshirgan pasidan so'ng Suhrob Nurulloev to'pni to'xtatishga qiynaldi va maydonda saqlab qololmadi. 

90+2. Alibek Davronov raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va afsuski, maydondan chetlatildi.

90. Ikkinchi taymga 10 daqiqa qo'shildi. 

88. "SHarja"da 2 ta almashtirish: Sulton o'rniga Alkaabi, Marega o'rniga Darvish Muhammad tushirildi.

88. Uning maydonni tark etishini o'ziga chamasi 6-7 daqiqa ketdi-yov. U atayin vaqtni cho'zdi.

85. "SHarja" darvozaboni Odil Alhosani Suhrob Nurulloevga qo'pollik ishlatib, uni yiqitgani uchun qizil kartochka oldi! 

81. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Zafarmurod Abdirahmatovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Mateus Lima haqiqiy hujumchilarga xors tarzda bosh bilan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi! 

79. Abdalla Alalavi Mateus Limani yiqitdi va hujumni buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

78. Mateus Lima "Nasaf" hujumi vaqtida himoyachini tepib yubordi, hakam jarima zarbasi belgiladi. 

73. Qoidani buzgan Abdulbosit sariq kartochka oldi. 

71. "Nasaf"da 2 ta o'zgarish: SHerzod Nasrullaev o'rniga Mateus Lima, Azizbek Amonov o'rniga Andres CHaves maydonga tushdi.

69. "SHarja"da almashtirish: Muhammad Firas o'rniga Majid Ibrohim o'yinga qo'shildi. 

67. SHerzod Nasrullaevning qanotdan oshirgan uzatmasini Odil Alhosani egallab oldi. 

65. Zarba! Marko Stanoevichning jarimadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali darvozabonning qo'llariga borib tushdi. 

64. Majid Rashid Suhrob Nurulloevga nisbatan qoidani buzdi, jarima zarbasi. 

62. Zarbaaa! Oybek Bozorovning pasidan so'ng Javohir Sidiqov mo'ljalni to'g'ri ola bilmadi... 

60. Alibek Davronov Kamaraga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.

59. Abduvohid Nematov bugunning o'zida bir necha marta darvozasidan chiqib kelib, jamoasi joniga ora kirmoqda. Bu gal u Maregaga imkon qoldirmay, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.   

57. Zarba! Zafarmurod Abdirahmatovning olisdan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

55. Holid Ibrohim Oybek Bozorovga nisbatan juda qo'pol harakati qildi.  

54. Bosh hakam vaqtni ko'p cho'zgan Odil Alhosanini og'zaki ogohlantirdi.  

53. Kamara hakamga nisbatan juda ko'p etiroz bildirmoqda. Bu xoh"aut" bo'lsin, xoh jarima zarbasi bo'lsin.

50. Zafarmurod Abdirahmatov qarshi hujumga qochib ketayotgan raqib azosini yiqitgani uchun ogohlantirildi.

49. Azizbek Amonov hujum vaqtida raqibga nisbatan biroz qo'pol o'ynadi, deb topmoqda referi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Nasaf"da 3 ta o'zgarish: G'aybullaev o'rniga Abdirahmatov, Abdurahimov o'rniga Sidiqov, Jigauri o'rniga Stanoevich bahsni davom ettirishadi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+2. "Nasaf" hujumda tempni oshirdi, biroq hozircha bundan samara chiqmayapti. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Mussa Marega Bahrom Abdurahimovning oyog'ini bosib oldi, jarima to'pi.

44. Zarba! Bozorovning navbatdagi zarbasi ancha muvaffaqiyatli chiqqandi, biroq himoyachi uni "bloklab qo'ydi".

43. Zarba! Oybek Bozorovning zarbasi ancha noaniq ketib qoldi, eh.

42. "SHarja" posboni to'pni maydonda olib qola olmagach, "Nasaf" burchak to'pini amalga oshiradigan bo'ldi. Mozgovoyning uzatmasidan so'ng raqib himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi. 

40. SHerzod Nasrullaevning uzatmasi raqibga tegib, maydonni tark etdi. To'p "aut" orqali o'yinga kiritildi va nazorat "Nasaf" qo'lida.

38. CHap qanotdan markaz tomon yugurgan Oybek Bozorovning o'ng qanotga oshirgan pasi raqib himoyachisini topdi.  

34. Zarba! G'olib G'aybullaevning jarimadan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

33. Raqib o'yinchisi Kayo Fernandesh Jambuli Jigauriga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

31. Usmon Kamara "Nasaf" jarima maydonchasi ichiga kirib borib, zarba yo'lladi. Qarshiliklar himoyachilari unga qarshilik qilishdi.

29. SHerzod Nasrullaev hakam tomonidan ogohlantirildi. 

28. SHerzod Nasrullaev Usmon Kamara bilan to'qnashib ketdi. Har ikki futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

23. Suhrob Nurulloevning jarimadan oshirib bergan pasi raqibga xavf tug'dirmadi, himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.

22. ZarbaaaaG'aybullaevning pasidan keyin Nasrullaev o'ng oyoqda zarba berdi, biroq raqib uni bartaraf etdi. 

20. "Nasaf" to'pga egalik qilgan holda hammasini boshqatdan boshlayapti. 

16. GOL! Malilik hujumchi Mussa Marega ilk hujumni golga aylantirdi, u birga-bir holatda Nematovni ojiz qoldirdi – 0:1!  

14. Zarba! Muhammad Firasning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

11. GOL! Hozircha Jambuli Jigaurining omadi kelmayapti. Uning bosh bilan kiritgan to'pi ofsayd tufayli inobatga olinmadi.  

8. Uuux! Jambuli Jigaurining o'ng tomonga tepgan zarbasini darvozabon qaytardi. 

7. Bosh hakam penalti belgiladi. To'p oldida Jaba. 

7. SHerzod Nasrullaev himoyachini aldab o'tayotganida to'p uning tirsagiga tegdi. 

6. Bosh hakam VAR monitori tomon yo'l oldi. 

5. VAR jarima maydonchasi ichida to'p raqib futbolchisi qo'liga tekkanligini tekshirmoqda.  

3. Uuuux! Azizbek Amonov birga-bir holatga chiqib borib, sal yo'nalishda adashdi. Uning zarbasiga raqib futbolchilari ega chiqishdi. 

1. O'yin boshlandi!  

- Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика