So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

OCHL. Musobaqani o'tkazish uchun nega Qatar tanlandi, muxlislar stadionga qo'yiladimi? Dohada markazlashgan o'yinlar oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

OCHL. Musobaqani o'tkazish uchun nega Qatar tanlandi, muxlislar stadionga qo'yiladimi? Dohada markazlashgan o'yinlar oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor Osiyo CHempionlar ligasining g'arb mintaqasidagi o'yinlar yarim finalga qadar markazlashgan holda Qatarda o'tkaziladi.

Ayni paytga kelib barcha jamoalar Dohaga etib kelishgan.

OCHL. "Al Hilol" futbolchilarida COVID-19 aniqlangani "Paxtakor" bilan o'yinga tasir qiladimi?

Bugun "Al Janub" stadionida musobaqa tashkilotchilari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda OFK (o'zbekistonlik Avaz Berdiqulov), Qatar futbol Federaciyasi va Qatar Sog'liqni Saqlash vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Quyida bugungi anjumanda nimalar haqida so'z borganini qisqacha keltirib o'tamiz.


"Katta ishonch va o'z rejalariga tayangan holda, Qatar OCHL o'yinlarini tashkillashtirish bilan oldinga siljiydi va buni katta sinovlar oldidan tayyorgarlik mashqlari sifatida qabul qiladi", - dedi mahalliy rasmiy.

Mahalliy tashkiliy qo'mita, Sog'liqni saqlash vazirligi va Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiylari matbuot anjumanida koronavirus tahdidi hali ham yuqori ekanligi takidlandi va musobaqani xavfsiz tarzda o'tkazish rejalari elon qilindi.


Mahalliy Sog'liqni saqlash vazirining katta maslahatchisi doktor Abdulvahab Almuslehning aytishicha, Qatar 14 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo'lib o'tadigan tadbirni uyushtirishni taminlash uchun katta kuch sarflamoqda.

"Biz OFK qoidalariga muvofiq tibbiy xizmat va ehtiyot choralarini ko'rdik. Bularga oltita jamoaviy mehmonxonalardagi 24x7 (haftasiga 7 kun 24 soatdan ishlaydigan) poliklinika, stadionlardagi tibbiy xizmat va joylardagi odamlarga xizmat ko'rsatish uchun mobil guruhlar kiradi", - dedi Almusleh.

Musobaqaning G'arbiy Zona o'yinlarida o'n oltita jamoa - 14 ta xorij va ikkita Qatar ishtirok etmoqda. Tashrif buyurgan jamoalar Qatarga kelishdan oldin barcha koronavirus sinovlarini o'tkazdilar, kelganda ham sinovdan o'tdilar. Sinovlar har 3-6 kunda jamoalar va rasmiylar uchun o'tkaziladi, dedi Almusleh.

"Jamoalar o'zlarining mehmonxonalarida xavfsiz sharoitda bo'lishadi, begona mehmonlar u erga kiritilmaydi va mehmonxonadan tashqariga chiqishga xam ruxsat berilmaydi. Ular tashqi hamjamiyat bilan hech qanday aloqada bo'lmaydilar, chunki biz "yopiq qobiq" tushunchasiga amal qilamiz (jamoalar bir xavfsiz muhitdan boshqasiga borishadi va qaytishadi, boshqa harakatlarga ruxsat berilmaydi)", - dedi u va jami 1000 ta koronavirus sinovlari hozirgacha musobaqa uchun o'tkazilganini aytdi.

Yuqoridagi jumla nima degani? Jamoalar butun musobaqa davomida qobiq ichida bo'lishadi: Mehmonxona - mashg'ulot maydoni - stadion. Boshqa joyga bora olishmaydi. Ular borgan joy himoyalangan va begona odamlardan holi bo'ladi.


OFK Musobaqalar va futbol tadbirlari bo'limi direktorining o'rinbosari Avazbek Berdiqulov Qatarga musobaqani o'tkazayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi va nima uchun qita tashkiloti ko'rfaz davlatini mezbon sifatida tanlaganini tushuntirdi.

"Biz sanalarni belgilab, taklifni ochganimizda Qatarning varianti eng yaxshi bo'ldi. G'arbiy Osiyodagi barcha to'rt guruhni qabul qilish uchun boshqa biron bir mamlakat chiqmadi. Biz Qatar eng yaxshi infratuzilmaga ega ekanligini bilamiz va musobaqani shu erda o'tkazayotganimizdan xursandmiz", -  dedi Berdiqulov.

OFK muxlislarni maydonlarga kiritmaslikka qaror qildi.

Berdiqulov qarorni oqladi. "Biz barcha scenariylarni ko'rib chiqdik va bunga qarshi bo'lishga qaror qildik, chunki biz futbolning virus tarqalishiga sabab bo'lishini xohlamaymiz. Bizning asosiy ustuvor vazifamiz - futbol harakatlarini davom ettirish edi", - dedi u.


Berdiqulov pandemiya paytida FIFA nizomiga binoan o'yin davomida bitta jamoaga beshta zaxira o'yinchisiga ruxsat berilishini tasdiqladi.

Qatar futbol Associaciyasi vakili Ali Al Salat bu musobaqani chin yurakdan qabul qilgan holda, bu "alohida paytlarda ajoyib musobaqa" bo'lishiga umid qildi.

"Biz OFK bilan juda yaxshi munosabatdamiz va turnirlarni tashkil qilish borasida katta tajribamiz bor. O'tgan mavsumdagi Qatar Yulduzlar ligasini Sog'liqni saqlash vazirligining kuchli ko'magi tufayli muvaffaqiyatli yakunladik. Bu musobaqani o'tkazish tajribamizni oshiradi, deb umid qilamiz. CHunki, biz 2022 yilgi Jahon chempionatini o'tkazishga tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi Al Salat.

Mana bu - jurnalistlar uchun tarjima moslamasi va uning tagida barcha malumotlar yozilgan manbaa uchun QR kod berilgan. Matbuot anjumanlari har xil tillarga tarjima qilinadi va QR kodni suratga olib shu anjuman haqida qo'shimcha malumot olish uchun (suratlar, video va hokazo) imkon beriladi.


Eslatib o'tamiz, 13 sentyabr kuni "Al Janub" stadionida "SHabab Al Ahli" - "SHahr Xodro" va "Al Hilol" - "Paxtakor" o'yinlaridan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика