OCHL. "Lokomotiv" qizil, "Al Nasr" ko'k formada o'ynaydi
03 may 2016 15:13
Yangiliklar
OCHL. "Lokomotiv" qizil, "Al Nasr" ko'k formada o'ynaydi
Ertaga, 4 may kuni "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 6-tur uchrashuvini o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar" "Bunyodkor" stadionida BAAning "Al Nasr" klubini qabul qilishadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Bugun odatga binoan o'yinoldi tadbirlar o'tkazildi. Avvaliga uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting tashkil qilingan bo'lsa, undan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bugungi rasmiy tadbir paytida har ikkala jamoa o'ynaydigan liboslarga oydinlik kiritib olindi.
Demak, mezbon jamoa "Lokomotiv" qizil rangli formada to'p tepsa, "Al Nasr" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi. Ertangi o'yinda "Loko"ning formasi qizil-oq-oq, "Al Nasr"ning formasi ko'k-ko'k-ko'k bo'ladi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar